Toshkent moliya instituti "buxgalteriya hisobi" kafedrasi


 Bankdagi maxsus schyotlardagi pul mablaglari hisobi



Download 4,86 Mb.
Pdf ko'rish
bet120/309
Sana26.02.2022
Hajmi4,86 Mb.
#469960
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   309
Bog'liq
1. BH UMK 2021 2-kurs

 
11.7. Bankdagi maxsus schyotlardagi pul mablaglari hisobi 
O‘zbekiston Respublikasi hududi va chet mamlakatlardagi akkreditivlar, chek 
daftarchalari, boshqa to‘lov hujjatlaridagi (veksellardan tashqari) pul mablag‘larining 
mavjudligi va harakati to‘g‘risida, shuningdek, maqsadli moliyalashtirish (tushumlar) 
pul mablag‘larining alohida saqlanadigan qismining harakati to‘g‘risidagi 
axborotlarni umumlashtirish quyidagi schyotlarda amalga oshiriladi: 
5510–“Akkreditivlar”; 
5520–“Chek daftarchalari”; 
5530–“Boshqa maxsus schyotlar”. 
5510 “Akkreditivlar” schyotida akkreditivdagi pul mablag‘lari hisobga olinadi. 
Akkreditivga pul mablag‘larini o‘tkazish 5510 “Akkreditivlar” schyotining debetida 
va 5110 “Hisob-kitob schyoti”, 5210 “Mamlakat ichidagi valyuta schyotlari”, 5220 
“Chet eldagi valyuta schyotlari” va boshqa schyotlarning kreditida aks ettiriladi. 
5510 “Akkreditivlar” schyoti bo‘yicha akkreditivga hisobga olingan pul 
mablag‘lari ularning ishlatilishi bo‘yicha (bank ko‘chirmalariga asosan), 6010 
“Molyetkazib beruvchilar va pudratchilarga to‘lanadigan schyotlar”ning debetiga 
hisobdan chiqariladi. Akkreditivdagi ishlatilmagan mablag‘lar, bank tomonidan ular 
qaysi schyotdan o‘tkazilgan bo‘lsa, shu schyotlarga qayta tiklanganda 5510 
“Akkreditivlar” schyotining krediti, 5110 “Hisob-kitob schyoti”, 5210 “Mamlakat 
ichidagi valyuta schyotlari”, 5220 “Chet eldagi valyuta schyotlari” va boshqa 
schyotlar bilan bog‘langan holda aks ettiriladi. 
5510 “Akkreditivlar” schyoti bo‘yicha analitik hisob korxona tomonidan 
qo‘yilgan har bir akkreditiv bo‘yicha alohida yuritiladi. 
5520 “Chek daftarchalari” schyotida chek daftarchalaridagi pul 
mablag‘larining harakati hisobga olinadi. Chek daftarchalarini berishda pul 
mablag‘larini deponentlash 5520 “Chek daftarchalari” schyotining debeti va 5110 
“Hisob-kitob schyoti”, 5210 “Mamlakat ichida valyuta schyotlari”, 5220 “Chet eldagi 
valyuta schyotlari”, 6810 “Qisqa muddatli bank kreditlari” va boshqa schyotlarning 
kreditida aks ettiriladi. Korxona tomonidan berilgan cheklarning to‘lovi doirasidagi 
summa 5520 “Chek daftarchalari” schyotining kreditidan xarajat va qarzlarni hisobga 
oluvchi schyotlar bilan bog‘langan holda hisobdan chiqariladi. Chek bilan berilgan, 
lekin bank tomonidan to‘lanmagan (to‘lovga taqdim etilmagan) summa 5520 “Chek 
daftarchalari” schyotida qoladi va ushbu 5520 “Chek daftarchalari” schyotining 
qoldig‘i bank ko‘chirmalari bilan mos kelishi lozim. Bankka qaytarilgan cheklarning 


185 
(foydalanilmay qolgan) summasi 5520 “Chek daftarchalari” schyotining kreditida 
5110 “Hisob-kitob schyoti”, 5210 “Mamlakat ichida valyuta schyotlari”, 5220 “Chet 
eldagi valyuta schyotlari” va boshqa schyotlar bilan bog‘langan holda aks ettiriladi. 
Kreditor korxonalar bilan hisob-kitob qilish uchun korxona xodimlariga 
hisobdorlikka berilgan chek daftarchalaridagi mablag‘larning harakati ustidan nazorat 
tezkor ravishda yuritiladi. 
5520 “Chek daftarchalari” schyoti bo‘yicha analitik hisob har bir olingan chek 
daftarchalari bo‘yicha yuritiladi. 
5530-“Boshqa maxsus schyotlar”da bankda maxsus saqlanadigan maqsadli 
moliyalashtiriladigan (tushumlar) mablag‘lar, shu jumladan ijtimoiy muassasalar
obyektlar (bolalar bog‘chasi va boshqalar)ni saqlash uchun ota-onalardan, o‘zga 
foydalanuvchilar va boshqa manbalardan kelib tushgan pul mablag‘lari; korxonaning 
talabiga ko‘ra alohida schyotda yig‘iladigan va sarflanadigan kapital qo‘yilmalarni 
moliyalashtirish mablag‘lari; davlat idoralarining subsidiyalari va shu kabilarning 
harakati hisobga olinadi. 
Korporativ kartochkalar bo‘yicha hisob-kitoblarning buxgalteriya hisobi 5530 
“Boshqa maxsus schyotlar” pul mablag‘larini hisobga olishning maxsus 
hisobvarag‘ida yuritiladi. Korporativ kartochka tutib turuvchisi uni olgan kundan 
boshlab 10 kundan kechiktirmay buxgalteriya oldida undan sarflangan mablag‘lar 
to‘g‘risida hisobot berishi shart. Buyruq bilan hisobot uchun kam muddat, masalan, - 
har kun har bir ish kuni oxirida deb ham belgilash mumkin. 
Agar kartochkadan xizmat safari xarajatlari to‘lansa, hisobot xodim xizmat 
safaridan qaytganidan keyin 3 kun mobaynida taqdim etiladi. 
4230-hisobvaraq kartaning mas’ul tutuvchisi (kompaniyaning shtatdagi 
xodimi) qilingan xarajatlar bo‘yicha hisobot berganidan keyin yopiladi (debetlanadi). 
Bunda ayni nimaga haq to‘langanligiga qarab turli hisobvaraqlar debetlanadi. 
Misol uchun, kantselyariya tovarlari xarid qilinganda 1080 “Inventar va 
xo‘jalik anjomlari” hisobvarag‘i debetlanadi, agar printer uchun tonerni almashtirish 
bo‘yicha xizmatlar uchun haq to‘langan bo‘lsa, 9420 “Ma’muriy xarajatlar” 
hisobvarag‘i debetlanadi. 
Korxonaning ajratilgan bo‘linmalarga bankda joriy xarajatlarni (mehnat haqi, 
alohida xo‘jalik xarajatlari, xizmat safarlari va shu kabilar) amalga oshirish uchun 
ochilgan joriy schyotlarda ushbu ko‘rsatilgan mablag‘larning harakati alohida 
schyotda aks ettiriladi. 
5530 “Boshqa maxsus schyotlar” bo‘yicha analitik hisobni tashkil etish 
O‘zbekiston Respublikasi hududi va chet eldagi boshqa maxsus schyotlardagi pul 
mablag‘larining naqdligi va harakati to‘g‘risidagi ma’lumotlarni olish imkoniyatini 
ta’minlashi lozim. 

Download 4,86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   309




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish