Toshkent moliya instituti "buxgalteriya hisobi" kafedrasi


 Ta’minot jarayonining hisobi



Download 4,86 Mb.
Pdf ko'rish
bet56/309
Sana26.02.2022
Hajmi4,86 Mb.
#469960
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   309
Bog'liq
1. BH UMK 2021 2-kurs

5.3. Ta’minot jarayonining hisobi 
Ta’minot jarayoni korxona rejasiga asosan amalga oshiriladi. Ta’minot 
jarayoni hisobining asosiy vazifalari esa, quyidagilardan iborat:
Ta’minot haqiqiy hajmini aniqlash. Buxgalteriya hisobot davrida qabul 
qilingan mehnat buyuumlarining miqdori va turi haqidagi haqiqiy ma’lumotni beradi. 
Ushbu ma’lumotlar ham natura, ham pul o‘lchov birligida ifodalanadi. Buxgalteriya 
hisobining hisobot davrida qabul qilingan mehnat buyumlari haqidagi ushbu 
ma’lumotlari yordamida, ularni har bir turlari bo‘yicha ta’minot jarayoni 
ko‘rsatgichlari umumiy bajarilishi haqida ma’lumotlarga ega bo‘linadi.
Qabul qilingan mehnat buyumlarining haqiqiy tannarxini hisoblash. 
Buxgalteriya hisobi mehnat buyumlari har bir turlarini tayyorlash yuzasidan 
korxonaning haqiqatdagi xarajatlarining miqdorini aniqlaydi. Bunda sotib olingan 
mehnat buyumlari tannarxining ko‘rsatkichi nafaqat xarajatlar umumiy xajmini, balki 
xarajatlar alohida turlari ko‘rsatkichlarini ham ifodalaydi. 
Ta’minot jarayonida korxona xo‘jalik faoliyatini davomiyligi va rivojlanishi 
uchun zaruriy mablag‘lar kirim qilinadi. Sanoat korxonasini faoliyati uchun zaruriy 
mablag‘lar quyidagilardan iborat:
-uzoq muddatli aktivlar (asosiy vositalar, nomoddiy aktivlar); 
-aylanma mablag‘lar (xom-ashyo, materiallar, ehtiyot qismilar, pul mablag‘lari 
va boshqalar). 
Korxonalar faoliyatida quyidagi mablag‘larga ham zaruriyat tug‘iladi: -qisqa 
va uzoq muddatli moliyaviy qo‘yilmalar (aktsiya, obligatsiya, karzlar, depozitlar. va 
x.k.). 
Korxonalarga asosiy vositalar quyidagi usullar orqali kirim qilinadi: 
a) sotib olish; 
b) ta’sischilarning hissasi tariqasida; 
c) bepulga olish; 
d) moliyaviy yoki operativ ijaraga olish. 
Asosiy vositalar hisobi 0100–“Asosiy vositalar” aktiv schyotda yuritiladi. 


74 
Demak, asosiy voitalar ta’sischilardan hissa tariqasida olinsa, uning oldin 
foydalanilgani va foydalanmaganligiga qarab buxgalteriya yozuvlari aks ettiriladi. 
Asosiy vositalarni kirim qilish AV-1, ya’ni “Asosiy vositalarni qabul qilish-
topshirish” dalolatnomasida rasmiylashtiriladi.
Ushbu hujjatda qabul qilinayotgan asosiy vositalar bilan bog‘liq ma’lumotlar 
aks ettirilgan bo‘lib, shu ma’lumot asosida buxgalteriya yozuvlari aks ettiriladi.
1-misol.
 
Yangi asosiy vositalar ta’sischilardan olindi. Boshlang‘ich qiymati 10 
000 000 so‘m.
Debet 0110-0190 “Asosiy vositalar”. 
Kredit 4610 “Ustav kapitaliga ta’sischilarning ulushlari bo‘yicha qarzi”. 
2-misol. Oldin foydalanilgan asosiy vositalar ta’sischilardan ulush sifatida 
olindi.
Boshlang‘ich qiymat 20 000 000 so‘m.
Eskirish summasi 4 000 000 so‘m. 
Qoldiq qiymati 16 000 000 so‘m. 
Asosiy vositaning kelishilgan qoldiq qiymatiga: 
Debet 0110-0190 16 000 000 so‘m. 
Kredit 4610 16 000 000 so‘m. 
Asosiy vosita xarid qilinganda, uni sotib olish, keltirish, o‘rnatish va umuman 
foydalanish xolatiga keltirish bilan bog‘liq hamma xarajatlar 0800–“Kapital 
qo‘yilmalar” schyotida yig‘iladi, hamda asosiy vosita qiymatini oshiruvchi xarajatlar 
hisoblanadi va ushbu xarajatlar yig‘indisi asosiy vositasining boshlang‘ich qiymatini 
tashqil etadi.
3-misol. a) Kompyuter xarid qilindi 5 000 000 so‘m. 
Debet 0820– “Asosiy vositalarni xarid qilish”. 
Kredit 6010–“Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga to‘lanadigan 
schyotlar”. 
b) Transport tashkilotiga asosiy vositani keltirish yuzasidan to‘lov hisoblandi 
100 000 so‘m. 
Debet 0820– “Asosiy vositalarni xarid qilish”. 
Kredit 6990–“Boshqa majburiyatlar”.
c) Kompyuterni tayyor holatga keltirish yuzasidan xizmat ko‘rsatuvchi firmaga 
to‘lov hisoblandi 60 000 so‘m. 
Debet 0820– “Asosiy vositalarni xarid qilish”.
Kredit 6990–“Boshqa majburiyatlar”. 
d) Kompyuter uchun to‘lov o‘tkazildi 5 000 000 so‘m.
Debet 6010–“Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga to‘lanadigan 
schyotlar”.
Kredit 5110–“Hisob-kitob schyoti”.
e) Trasport tashkilotiga to‘lov o‘tkazildi 100 000 so‘m. 
Debet 6990–“Boshqa majburiyatlar”.
Kredit 5110–“Hisob-kitob schyoti”.
f) O‘rnatish xizmati uchun firmaga to‘lov o‘tkazildi 60 000 so‘m. 
Debet 6990–“Boshqa majburiyatlar”. 
Kredit 5110–“Hisob-kitob schyoti”.


75 
g) Asosiy vositalarni qabul qilish topshirish dalolatnomasi (AV-1) asosida 
asosiy vosita foydalanishga topshirildi.
Debet 0150 5 160 000 so‘m. 
Kredit 0820 5 160 000 so‘m. 
Korxonada mehnat buyumlarining ta’minoti ham zaruriy ta’minot 
jarayonlaridan biri hisoblanadi. mehnat buyumlariga xom-ashyolar, materiallar, 
yoqilg‘i, ehtiyot qismlar va boshqalar misol bo‘lib, ularni xarid qilish baholari bilan 
birga tashish, keltirish, tushirish xarajatlari ham mavjudki, biz ularni trasport-
tayyorlov xarajatlari deb ataymiz. Demak, sotib olingan mehnat buyumlari tannarxini 
ularni sotib olish qiymati va tayyorlov xarajatlari yig‘inidisi tashqil etadi.
Mehnat buyumlari hisobi 1000 –“Materiallarni hisobga oluvchi schyotlar”da 
yuritiladi. mehnat buyumlari bilan haqiqiy ta’minotning miqdor ko‘rsatkichi ushbu 
schyotning debetida reja (shartnoma) tannarxida aks ettiriladi. Mehnat buyumlarining 
haqiqiy tannarxi sotib olish qiymati va transport tayyorlov xarajatlari yig‘indisi 
sifatida aniqlanadi.

Download 4,86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   309




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish