2.
Mustaqil ta’lim mashg‘ulotlari.................................................
273
3.
Glossariy......................................................................................
286
4.
Ilovalar........................................................................................
299
-
fan dasturi.................................................................................
300
-
ishchi dastur.............................................................................
318
-
tarqatma material......................................................................
336
-
testlar.......................................................................................
403
-
ishchi fan dasturiga muvofiq baholash mezonlarini qo‘llash
bo‘yicha uslubiy ko‘rsatmalar...................................................
424
-
o‘quv-uslubiy majmuaning elektron varianti..........................
5
SO‘Z BOSHI
Ma'lumki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 24 fevraldagi PQ-
4611-son “Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlariga o‘tish bo‘yicha qo‘shimcha
chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori hamda 2021 yil 25 iyundagi PQ-5161-son
“Nodavlat ta'lim tashkilotlarini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash va ta'lim
jarayonida yoshlar uchun qo‘shimcha shart-sharoitlar yaratish chora-tadbirlari
to‘g‘risida” qarori ijrosi bo‘yicha chora-tadbirlar asosida ishlab chiqilgan “Yo‘l
xaritasi”ning 12-bandida “Buxgalteriya hisobi” fani bo‘yicha o‘quv va o‘quv-uslubiy
adabiyotlarni takomillashtirish hamda MHXS sohasidagi xalqaro tashkilotlarning
ilg‘or tajribalarini o‘rganish asosida «Buxgalteriya hisobi va audit» ta'lim
yo‘nalishlari hamda mutaxassisliklari bo‘yicha o‘quv rejalari va fan dasturlarini qayta
ko‘rib chiqish vazifasi belgilab berilgan. Ushbu qaror ijrosini ta'minlashda Toshkent
moliya institutining kredit-modul tizimida tahsil olayotgan 2-kurs mutaxassislik
talabalari uchun “Buxgalteriya hisobi” fani darsligi asosida mazkur o‘quv-uslubiy
majmua yaratildi.
Mazkur o‘quv-uslubiy majmua O‘zbekiston Respublikasi Prezidentning 2019 yil
8 oktyabrdagi farmoni bilan tasdiqlangan «O‘zbekiston Respublikasi oliy ta'lim
tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi» bo‘yicha ECTS kredit-modul
tizimi hamda Oliy ta'lim Davlat ta'lim standartlari asosida “Buxgalteriya hisobi”dagi
so‘nggi yangiliklar, ya'ni moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari talablari hamda
xorijning ilhor tajribalarini inobatga olgan holad tuzilgan bo‘lib, yuqoridagi PQ-
4611-son “Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlariga o‘tish bo‘yicha qo‘shimcha
chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori ijrosini ta'minlashga hixmat qiladi.
O‘quv-uslubiy majmua ikki qismdan iborat bo‘lib, uning birinchi qismida fan
bo‘yicha o‘quv dasturiga muvofiq o‘quv jarayonini 1-semestrini va uning ikkinchi
qismi esa, 2-semestrdagi mavzularni qamrab oladi. O‘quv-uslubiy majmuaning
birinchi qismi jami 10 ta va ikkinchi qismi 4 ta mavzudan iborat, jumladan,
“Buxgalteriya hisobi” faniga kirish, buxgalteri balansi, biznes jaryonlari hisobi,
ikkiyoqlama yozuv va schyotlar tizimi, hujjatlashtirish va inventarizasiya,
buxgalteriya hisobi registrlari va shakllari, pul mablag‘lari hisobi, mehnat va unga
haq to‘lash hisobi, tovar-moddiy zaxiralar va investisiyalar hisobi kabi mavzular
yoritib berilgan. Shuningdek, takrorlash uchun savollar, test-savollari, foydalanilgan
adabiyotlar ro‘yxati va ilovalar tavsiya etilgan. “Buxgalteriya hisobi” fani negizida
yaratilgan o‘quv-uslubiy majmua ana'anaviy usullardan xoli bo‘lib, unda asosan,
moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari (MHXS) hamda buxgalteriya hisobining
milliy standartlari (BHMS) qoidalarini o‘z ichiga olgan holda, fan bo‘yicha
takomillashtirilgan o‘quv dasturi va ishchi dasturidagi mavzular talabalar uchun
tushunarli va aniq tarzida bayon etilgan. Bu esa o‘z navbatida talabalarni MHXSlari
bo‘yicha o‘quv ko‘nikmalarini shakllantirishga yordam beradi.
6
Do'stlaringiz bilan baham: |