«Bank ishi» fani. «Bank ishi» kafedrasi. TMI-2015. Tel:+(998)71 234-43-42, email:
kbni@tfi.uz
valyuta opsionlari bilan bog‗liq valyuta operatsiyalari;
valyuta fyucherslari bilan amalga oshiriladigan valyuta operatsiyalari.
3.
Svop turidagi valyuta operatsiyalari.
SPOT operatsiyalari yoki kassa bitimlari (naqd bitimlar).
SPOT operatsiyasi - bu bitim kunini hisobga olmagan holda ikki ish kuni
davomida valyuta ayriboshlash bo‗yicha operatsiyadir.
Spot kurs - bu spot bitim tuzilayotgan vaqtda bir mamlakat valyutasini boshqa bir
mamlakat valyutasidagi bahosidir. Spot kurs uning suzib yuruvchi yoki qat‘iy
belgilangan rejimda ishlashdan qat‘iy nazar operatsiya amalga oshirilayotgan vaqtda
milliy valyutaning chet ellardagi qadri qancha ekanligini o‗zida aks ettiradi.
Asosan spot bitimlarining kursi - bu telegraf o‗tkazmasi kursidir. spot- kurs ikki
xil yo‗l bilan aniqlanadi:
valyuta birjasida dillerlarning yuzma-yuz savdo qilishi orqali;
birjadan tashqari savdoda dilerlarning o‗zaro
telefon orqali savdosida
aniqlanadi.
Valyuta kursi sotib olish kursi (xaridor kursi) va sotish kursi (sotuvchi kursi)ga
bo‗linadi. Valyuta kotirovkasini amalga oshiruvchi bank valyuta bitimini har doim
o‗zi uchun foydali kurs bo‗yicha amalga oshiradi. Banklar xorijiy valyutani har doim
qimmatga sotib (sotish bahosi), arzonroqqa sotib olishga (sotib olish bahosi) harakat
qiladilar. Bu valyuta-tijorat operatsiyalarning asosiy tamoyilidir.
Sotish va sotib olish kurslari orasidagi farq marja deb atalib, bank xarajatlarini
qoplash va qisman valyuta riskini sug‗urtalashga yqnaltiriladi.
Agarda bank amalga
oshirilgan bitimni xuddi shu kurslar asosida taklif qilingan kontrbitim hisobiga
qoplasa, u marja hisobiga foyda kqradi. SHuning asosida banklar valyuta
operatsiyalari bo‗yicha mijozlarni ko‗proq jalb qilishdan manfaatdor.
Spot operatsiyalaridan keladigan foyda marjaga (albatta komissiya haqini
chegirib tashlasa) teng bo‗lishi ham mumkin.
Umuman olganda spot operatsiyalari bir tomondan qisqa vaqtda yuqori foyda
olishga imkoniyat bersa, ikkinchi tomondan mavjud valyuta operatsiyalari orasida risk
darajasida eng yuqori bo‗lgan valyuta operatsiyasi hisoblanadi.
Sababi shuki, spot
«Bank ishi» fani. «Bank ishi» kafedrasi. TMI-2015. Tel:+(998)71 234-43-42, email:
kbni@tfi.uz
operatsiyalarini amalga oshirish vaqti qisqa bo‗lganligi tufayli odatda u sug‗urta
qilinmaydi. SHuning uchun banklar payshanba va juma kunlari spot operatsiyalarini
katta hajmda amalga oshirmaydilar, chunki bunda spot operatsiyasi muddati uzayib
ketadi. Xuddi shu sababga asosan, banklar uzun va qisqa valyuta pozitsiyalarini ham
maksimal darajada qasqartirishga harakat qiladilar.
Bu valyutalardan biri bank uchun yaxshi boshqasi yomon deb bo‗lmaydi.
CHunki agarda bank misol uchun AQSH dollariga nisbatan «qisqa» pozitsiga ega
bo‗lsa va USD
kursi tqsatdan kqtarilib ketsa, bank zarar kqrishi aniq. Kurs oshishi
prognoz qilinayotgan vaqtda pozitsiyaning «uzun» bo‗lgani ma‘qul.
Agarda valyuta kursi tushib ketishi (USD) prognoz qilinganda «uzun» pozitsiya
ijobiy natija bermasligi mumkin. Albatta, o‗z mablag‗larini garovga tikkisi kelmagan
banklar valyuta pozitsiyalarini «yopiq» ushlashlari mumkin, lekin bunda ular kurs
o‗zgarishdan kelishi mumkin bo‗lgan foydadan ham mahrum bo‗ladilar.
Ikkinchi jahon urushidan keyin valyuta bozorlarida amalga oshiriladigan
valyuta operatsiyalarining turlari rivojlanib ketdi. Amalga oshirilishiga kqra valyuta
operatsiyalari naqd va muddatli bitimlarga bo‗linadi.
Naqd
valyuta
operatsiyalari
asosan
«spot»
shartlarida
amalga
oshiriladi.
Buning
mohiyati
shundaki,
valyuta
sotish-sotib
olish
bitimi tuzilgandan keyin tuzilayotgan vaqtdagi kurs bo‗yicha
ikkinchi ish kunida
naqd valyuta etkazib beriladi. Bu operatsiyalar eng keng
tarqalgan bo‗lib, butun
valyuta bitimlarining 90 foiziga yaqinini tashqil etadi.
Spot turidagi valyuta bitimlari o‗zida mablag‗ni etkazib berish vaqti bo‗yicha
farqlanuvchi uch turdagi bitimni mujassamlashtiradi. Bu operatsiyalar quyidagi
jadvalda keltirilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: