O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI
BANK ISHI FAKULTETI
KURS ISHI
Mavzu: Banklarda ochiladigan hisob varaqalar turlari va ularning yuritilishi
Bajardi: BI – 60 talabasi
Davletov Sherzod
Ilmiy rahbar:Ahmedova Dilafruz
REJA:
KIRISH
1.Banklarda ochiladigan hisobvaraqalar va ularning turlari.
2. Hisobvaraqalar bo’yicha shartnoma va ularning mazmuni.
3. Tijorat banklarida ochiladigan hisobvaraqalarni yopish tartibi.
Xulosa
Foydanalingan adabiyotlar ro’yxati.
Kirish
Iqtisodiyot rivojlanib borgan sari turli mulkchilik shakllariga tegishli bo‘lgan korxona va tashkilotlar soni oshib, ular o‘rtasidagi iqtisodiy va boshqa munosabatlar ham ko‘payadi. Natijada ularga, xizmat ko‘rsatuvchi muassasalar salmog‘i ham o‘sib borishi tabiiy xoldir. Korxona va tashkilotlar o‘rtasidagi munosabatlarda vositachilik xizmatlarini bajarish banklar zimmasiga yuklatilgan. Buning uchun banklarimiz mijozlarga hisobvaraqlar ochib ularga tez va samarali xizmat ko‘rsatadilar.
Xozirgi kunda respublikamiz bank tizimi o‘z ichiga bir necha turdagi banklarni oladi. Bular aksiyador, xususiy, qo‘shma va davlat banklaridir. Bu tijorat banklarining har biri turli mulkchilik shakllariga tegishli bo‘lgan korxona, tashkilot, muassasalarga xamda yuridik maqomga ega bo‘lmagan tadbirkorlar va jismoniy shaxslarga xizmat ko‘satadi. Banklar tomonidan iqtisodiyotga xizmat ko‘rsatish jarayonida banklararo munosabatlar vujudga keladi. Banklararo munosabatlar banklararo xisob-kitoblar (oborotlar) orqali olib boriladi. Banklararo oborotlarni amalga oshirish uchun har mijozning alohida-alohida hisobvarag‘i bo‘lishi lozim. Buning natijasida bir bank xizmatidan foydalanuvchi korxonaning talab qiluvchiga saqlanadigan xisobvarag‘idan boshqa xisob varag‘iga xujjatda ko‘rsatilgan summa buxgalteriya yozuvlari orqali o‘tkaziladi.
Prezidentimiz I.A.Karimovning “Mamlakatimizni 2013 yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2014 yilga mo‘ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo‘nalishlari”ga bag‘ishlangan Vazirlar Mahkamasining majlisidagi ma'ruzasida bank tizimini rivojlanishiga alohida to‘xtalib quyidagi fikrlarni bildirib o‘tdi. “Ayniqsa, bank xizmatlaridan foydalanish darajasini alohida e'tirof etish o‘rinlidir. Masalan, yurtimizda har yuz mingta katta yoshdagi aholiga 49,7 ta bank muassasasi to‘g‘ri kelayotgani, har ming kishi nomiga 1 ming 28 ta bank hisob raqami ochilgani halqaro normalar bo‘yicha “yuqori” degan baho ko‘rsatkichiga mos keladi...”1
Respublikamizda bank infratuzilmasining kengayib borishi banklar o‘rtasidagi raqobat muhitining kuchayishi hamda bank xizmat turlari sifati va ko‘lamining oshishiga xizmat qilmoqda.
Banklar tomonidan ko‘rsatilayotgan xizmatlar turlarini yanada kengaytirish hamda sifatini yaxshilash borasida amalga oshirib kelinayotgan chora-tadbirlar davom ettirilmoqda.
Bunda asosiy e'tibor qishloq joylarida bank infratuzilmalari tarmog‘ini kengaytirish, axborot-kommunikasiya texnologiyalarini keng qo‘llagan holda masofadan turib xizmatlar ko‘rsatish, jumladan, bank hisobvaraqlarini masofadan boshqarish xizmatlari («bank-mijoz», «internet-banking», «mobil-banking», «SMS-banking») ko‘rsatish ko‘lamlarini yanada kengaytirish bilan bog‘liq ishlar amalga oshiriladi.
Shu bilan birga, bank plastik kartochkalarini muomalaga chiqarish hajmlarini oshirish va ulardan samarali foydalanish orqali naqd pulsiz hisob-kitoblar tizimi yanada kengaytiriladi.
Umumiy foydalanishdagi telekommunikasiya tarmoqlarini qo‘llagan holda plastik kartochkalar yordamida amalga oshiriladigan hisob-kitoblar ko‘lamlarini kengaytirib borishda xavfsizlik darajasini oshirishga alohida e'tibor qaratiladi.
Bu esa, o‘z navbatida, moliya bozorida raqobat muhitining kuchayishi hamda bank xizmatlari sifatining oshishiga xizmat qildi.
Yuqorida bayon etilgan holatlar tijorat banklarining milliy iqtisodiyotda yuksak va ma'suliyatli mavqega ega ekanligidan dalolat beradi. Lekin shu bilan birga tijorat banklarida mijozlarga xisob varaqlar ochish va ularga xizmat ko‘rsatish jarayonida ayrim muammolar
borligini ham unutmasligimiz lozim.
Mazkur kurs ishida asosiy e'tibor qayd etilgan muammolarning mohiyatini ochib berish va ularni hal etishga qaratiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |