Toshkent moliya instituti bank ishi fakulteti


Mijozlar shaxsiy hisobvarag‘i strukturasi quyidagi ko‘rsatkichlardan tarkib topadi



Download 264,7 Kb.
bet3/3
Sana15.07.2021
Hajmi264,7 Kb.
#120266
1   2   3
Bog'liq
kurs ishi davletov Sherzod

Mijozlar shaxsiy hisobvarag‘i strukturasi quyidagi ko‘rsatkichlardan tarkib topadi

CCCCC




VVV




K




SSSSSSSS




NNN
















































































Hisobvaraqning tartib raqami







































































Bank kodi yoki mijoz kodi
































































Nazorat kaliti























































Valyuta kodi












Balans hisobvarag‘i



CCCCC VVV K SSSSSSSS NNN

Bunda,


CCCCC- bosh kitob balans hisobvarag‘i

VVV - valyuta kodi

K - nazorat kaliti

SSSSSSSS- mijozning BDMABdagi ro‘yxat raqami (mijoz xosraqami)

NNN- shu balans hisobvarag‘i bo‘yicha mijozning shaxsiy hisobvaraq tartib raqami

Bosh kitob balans hisobvarag‘i raqami hisobvaraqlar rejasiga muvofiq aniqlanadi, valyuta kodi “Jaxon mamlakatlari va valyutalari tasniflagichi” asosida belgilanadi. Nazorat kaliti, xosraqam va tartib raqami BDMAB xizmat ko‘rsatish markazida beriladi. O‘zbekiston Respublikasi banklarida axborotga komp'yuterlarda ishlov berish, hisob yuritish va hisobot ishlarini soddalashtirish maqsadida shaxsiy hisobvaraqlarga raqamlar yagona qoidalar asosida belgilanadi. Asosiy shaxsiy hisobvaraqda uning tartib raqami 001 dan 999 gacha bo‘lishi mumkin.

BDMABda mijozning mulkchilik shakliga qarab talab qilib olinguncha depozit hisobvaraq ochiladi. Ya'ni 1-ilovada keltirilgan tarzda bo‘ladi.

Talab qilib olinguncha saqlanadigan shaxsiy hisobvaraqlarning raqamlanishini misollarda ko‘rib chiqamiz. Toshkent shahar “Energotarmoq” xizmat ko‘rsatish korxonasiga “Asaka bank”ning shaxar bo‘limida talab qilinguncha saqlanadigan depozit hisobvarag‘i ochilgan. Unga 20210000100126958001 raqami berildi. Bu korxona davlat tasarrufidagi korxona bo‘lganligi sababli uning hisobvaraq raqami 20210 bilan boshlanadi. Yuqoridagi 20 ta raqamdan iborat hisobvaraq raqamini quyidagicha izoxlaymiz.

20210- Davlat tasarrufidagi korxonalarga ochiladigan talab qilinguncha saqlanadigan depozit bo‘yicha asosiy balans hisobvarag‘i raqami.

000- valyuta kodi - “so‘m”da

1- ushbu mijozga ochilgan hisobvaraqning nazorat kaliti

00126958- BMDABda ushbu mijozga berilgan xosraqam

001- ushbu balans hisobvarag‘i bo‘yicha mijozning tartib raqami.

Barcha hisobvaraq raqamlari bankda 61 shakldagi daftarda qayd etiladi. Shaxsiy hisobvaraq raqamlari bank bosh buxgalteri tomonidan imzolar va muhr nomunalari tushirilgan varaqchalarga hamda hisobvaraq ochish haqidagi mijozning arizasiga yozib qo‘yiladi.



Mijozlarning talab qilinguncha saqlanadigan depozit hisobvaraqlardagi mablag‘lari bank uchun mablag‘larining manbalari bo‘lib hisoblanadi. Ulardagi mablag‘lar bank balansining passiv qismida hisobga olib boriladi. Mijozlarning depozitlari bo‘yicha hisobvaraqlari mazmunan passiv hisobvaraqdir. Shuning uchun hisobvaraqning sal'dosi (qoldig‘i) uning kredit tomonida bo‘lib, mablag‘larning kelib tushishi ham kreditda, mablag‘larning kamayishi hisobvaraqning debet tomonida aks ettiriladi. Mijozlarning depozit bo‘yicha hisobvaraqlaridan to‘lovlar shu hisobvaraq qoldig‘i chegarasida o‘tkazilishi lozim.

Talab qilinguncha saqlanadigan depozit hisobvaraqlari orqali quyidagi operatsiyalar o‘tkazilishi mumkin

1-jadval



Debet



Kredit

1

Tovarlar uchun to‘lovlar

1

Sotilgan mahsulot uchun tushum

2

Xizmatlar uchun to‘lovlar

2

Ko‘rsatilgan xizmatlar uchun tushgan to‘lovlar

3

Soliqlarni to‘lash

3

qurilish montaj ishlari uchun kelib tushgan to‘lovla

4

Turli byudjetdan tashqari fondlarga to‘lovlar

4

Olingan kredit

5

5 Kreditlarni qaytarishi

5

Undirilgan jarima va penyalar

6

Kreditlar uchun foizlar

6

Boshqalar

7

Ish xaqi, nafaqa

7




8

Mukofotlar

8




9

Komandirovka xarajatlari

9




10

Boshqalar

10




Manba: muallif tomonidan yo‘riqnomalar asosida ishlab chiqildi.

Bank amaliyotida hisobvaraqlardan turli operatsiyalarning o‘tkazilishi doimiy jarayon bo‘lib, to‘xtovsiz davom etib turadi.

Mijozning hisobvarag‘ini yurituvchi mas'ul ijrochi doimo mijozning hisobvarag‘ida operatsiyalarning o‘tkazilishi uchun pul mablag‘larining yetarli miqdorda ekanligini nazorat qilib, mablag‘larning kamayishi bilan bog‘liq bo‘lgan operatsiyalarni ushbu hisobvaraqdagi mablag‘lar chegarasida o‘tkazishi lozim.

Mijoz hisobvarag‘i bo‘yicha operatsiyalarni o‘tkazish tartibini quyidagi masala asosida ko‘rib chiqamiz.



2014 yil 20 mart kuni “Yulduz” xususiy korxonasi talab qilinguncha saqlanadigan depozit hisobvarag‘i bo‘yicha quyidagi operatsiyalar o‘tkaziladi

2- Jadval



Operatsiya nomi Summa (so‘m)da

(so‘m)da

1

Toshkent Asbobsozlik zavodidan olingan asboblar uchun to‘lov to‘landi

25000 so'm

2

Yunus-obod soliq nazorati organiga daromad soliyoi to‘landi

120000 so'm

3

Sotilgan tovarlar uchun “Osiyo” xususiy firmasidan pul kelib tushdi

18000 so'm

4

Korxona o‘z ishchi-xizmatchilariga ish xaqi to‘lash uchun bankdan naqd pul oldi

200000 so'm

5

Ishchi-xizmatchilarning ish haqidan daromad soliyoi davlat soliq organlari hisobvarag‘iga o‘tkazildi

95000 so'm

6

Korxonaning firma do‘konidan naqd pul tushumi kelib tushdi

370000 so'm

Korxonaning bankda talab qilinguncha saqlanadigan depozit hisobvarag‘i ochilgan bo‘lib, unda 20 mart holatiga 31000 ming so‘m mablag‘i mavjud.

Масаланинг ечими қуйидагича бўлади:


Debet 20208000300234723001 Kredit

Boshlang‘ich qoldiq (sal'do): 31000-00

1) 25000-00

2) 12000-00

3) 18000-00

4) 20000-00 b) 37000-00

5) 9500-00






debet oboroti 66500-00 kredit oboroti 55000-00

Oxirgi qoldiq: 19500-00
Masala shartlarini yechish orqali korxona hisobvarag‘iniing debet tomonidan 66500,00 so‘m, kredit tomonidan esa 55000,00 so‘m pul mablag‘lari o‘tkazildi. Hisobvaraqning kun boshiga bo‘lgan qoldig‘i 31000,00 so‘m bo‘lganligini hisobga olgan holda, kun oxiriga bo‘lgan qoldiqni topdik. Bu qoldiq 19500,00 so‘mni tashkil etdi.

Yuqorida, mijozlarning talab qilinguncha saqlanadigan depozit hisobvaraqlarini ochish, uni raqamlash va yuritish tartibi bilan tanishtirdik. Korxonaning barcha asosiy operatsiyalari ushbu hisobvaraqlardan o‘tkaziladi. Lekin korxona va tashkilotlar o‘z xoxishlariga ko‘ra talab qilinguncha saqlanadigan depozitlardan tashqari jamg‘armali va muddatli depozit hisobvaraqlarini ochishlari hamda ularda o‘zlarining ortiqcha pul mablag‘larini saqlashlari mumkin



2. Hisobvaraqalar bo’yicha shartnoma va ularning mazmuni.

Bank Depozitorlarining Milliy Axborotlar Bazasi (keyingi matnda BDMAB) O‘zbekiston Respublikasi banklari tomonidan yuridik shaxslarga, shuningdek, yuridik shaxs tashkil etmasdan faoliyat ko‘rsatayotgan dehqon xo‘jaliklari va yakka tartibdagi tadbirkorlarga birinchi marotaba bank hisobvaraqlari ochishda ularga xos raqam berish, ularning hisobvaraqlari ro‘yxatini yuritish hamda mijozlar hisobvaraqlari to‘g‘risida ma'lumotlar olishni ta'minlovchi axborotlar bazasi bo‘lib hisoblanadi.

BDMABga Axborotlashtirish Bosh Markazi tomonidan xizmat ko‘rsatiladi hamda uning faoliyati ustidan nazorat Markaziy bank tomonidan olib boriladi.

BDMAB bank mijozlari va ularning bank hisobvaraqlari to‘g‘risidagi ma'lumotlarni, qoldiq summalarini qayd qilmagan holda saqlaydi.

Agar yuridik shaxslar tomonidan tashkil etilgan filiallar (vakolatxonalar) yuridik shaxs sifatida amal qilayotgan bo‘lsa, ushbu filiallar (vakolatxonalar)ga ham alohida xos raqam beriladi.

BDMABda mijozlarga berilgan xos raqamlar ularning xo‘jalik faoliyati tugatilgan vaqtdan boshlab, 3 yil mobaynida saqlanadi va bu davr ichida mazkur xos raqam boshqa mijozlarga berilmaydi.

Mijozlarning hisobvaraqlari BDMABda, har bir balans hisobvaraqlari uchun valyutalar kodlari bo‘yicha ketma-ket raqamlash tamoyili asosida dasturiy ravishda shakllantiriladi, byudjet tashkiloti bundan mustasnodir. Byudjet tashkilotlarining hisobvaraqlarini shakllantirishda hisobvaraq tartib raqami o‘rniga daromad (xarajat) moddasi (bo‘limi) ko‘rsatiladi. Mijozning BDMABda shakllantirilgan bank hisobvarag‘i bankning ma'lumotlar bazasiga kiritiladi va ularni bankda o‘zgartirish mumkin emas.

Mijozga asosiy talab qilib olinguncha depozit hisobvaraq ochish jarayonida bank BDMABdan mijozga xos raqam berilganligi to‘g‘risidagi xabarni olgandan keyin bu to‘g‘risida o‘z mijoziga xabar beradi va shundan keyingina, mijoz ushbu hisobvaraq bo‘yicha bank operatsiyalarini amalga oshirish huquqiga ega bo‘ladi.

Mijozga dastlabki ochilgan yoki boshqa bankdan o‘tkazilgan bank hisobvaraqlari bo‘yicha barcha hisob-kitoblar keyingi ish kunidan boshlab amalga oshiriladi.

BDMABda hisobvaraqlarni ochish, boshqa bankka o‘tkazish, yopish, vaqtincha yopish va vaqtincha yopilgan hisobvaraqlarni ochish sanalari shakllantiriladi va banklarga uzatiladi. Ular bankning ma'lumotlar bazasiga dasturiy ravishda kiritiladi va bank tomonidan o‘zgartirishga ruxsat etilmaydi.

O‘zbekiston Respublikasi banklari bilan BDMAB o‘rtasidagi axborot almashinish so‘rov–fayli tamoyiliga asoslanadi va ABMning elektron pochta tizimi orqali amalga oshiriladi.

BDMABga so‘rovlar jo‘natilgandan keyin, ABM faylning BDMABga uzatilganligi to‘g‘risidagi tasdiqnomani bankka jo‘natadi.

Banklardan BDMABga kelib tushadigan barcha so‘rov turlari dasturiy ravishda shu kunning o‘zidayoq qayta ishlanadi.

BDMABdan kelib tushgan javob fayllarining barcha ma'lumotlari bankda mijoz taqdim etgan hujjatlar asli bilan takroran solishtiriladi. Agar xatolar aniqlansa, xato ma'lumotlar bartaraf qilingan holda BDMABga qayta so‘rov jo‘natiladi.

Bank yoki bank filialining faoliyati tugatilayotganda, mijozlarning barcha hisobvaraqlari oldindan yopilishi yoki bank faoliyati tugatilgunga qadar BDMAB orqali boshqa bankka o‘tkazilishi shart.

So‘rovlar bo‘yicha ko‘rsatilgan xizmat haqi ABM va bank o‘rtasida tuzilgan shartnomada ko‘rsatib o‘tiladi.

BDMABdagi ma'lumotlarni, shu jumladan bank siri hisoblangan ma'lumotlarni, qonunchilikka zid ravishda oshkor qilishda aybdor shaxslar belgilangan tartibda javobgar bo‘ladilar.

BDMAB bank mijozlarining haqqoniy ma'lumotlarini saqlaydi va quyidagi tarkibdagi ma'lumotlar bilan shakllanadi:

a) soliq to‘lovchining identifikasiya raqami (STIR);

b) mijozning nomi;

v) mijoz maqomi;

g) mijoz turi;

d) ro‘yxatdan o‘tkazilganlik to‘g‘risidagi guvohnoma raqami;

ye) ro‘yxatdan o‘tkazilgan guvohnoma sanasi;

j) ro‘yxatga olgan tashkilot nomi;

z) tashkiliy-huquqiy shakli kodi;

i) mulkchilik shakli kodi;

k) manzil kodi;

l) yuridik shaxs kodi;

m) tarmoq kodi;

n) rezidentlik belgisi (rezident yoki norezident);

o) mijozning mamlakat kodi;

p) mijozning xos raqami;

r) bosh korxonaning STIRi (alohida yuridik shaxs sifatidagi filiallar va vakolatxonalar uchun);

s) bosh korxonaning BDMABdagi xos raqami (alohida yuridik shaxs sifatidagi filiallar va vakolatxonalar uchun);

t) bosh korxonaning nomi (alohida yuridik shaxs sifatidagi filiallar va vakolatxonalar uchun);

u) mijozga bank hisobvarag‘i ochgan bank kodi;

f) mijozning hisobvarag‘i.

BDMAB banklarga quyidagi so‘rov turlari bo‘yicha xizmat ko‘rsatadi:

a) mijozni identifikasiyalash (0-so‘rov turi);

b) mijozlarga xos raqam berish va asosiy depozit hisobvaraq ochish (1-so‘rov turi);

v) mijozlarga ularning xos raqami bilan hisobvaraqlar ochish (2-so‘rov turi);

g) hisobvaraqlardan hisobdan chiqarish amallarini vaqtincha to‘xtatib turish (3-so‘rov turi);

d) hisobdan chiqarish amallari vaqtincha to‘xtatib turilgan hisobvaraqlarni harakatga keltirish (4-so‘rov turi);

ye) mijozlarning haqqoniy ma'lumotlarini o‘zgartirish (5-so‘rov turi);

j) asosiy hisobvaraqni boshqa bankka ko‘chirish (6-so‘rov turi);

z) mijozlarning hisobvaraqlarini yopish (7-so‘rov turi);

i) mijozlarning boshqa banklarda ochgan hisobvaraqlari ro‘yxatini olish (8-so‘rov turi);

k) mijozning xos raqami faolligini tugatish (9- so‘rov turi).

0-so‘rov turi “Mijozni identifikasiyalash”

0-so‘rov turi BDMABda mijozni STIRi orqali aniqlash uchun belgilangan. Bu so‘rov mijozga xos raqam berishdan oldin va unga hisobvaraq ochilayotganda shakllantiriladi hamda mijozni oldin boshqa biror bir bank filialida bank hisobvarag‘i ochgan yoki ochmaganligini aniqlash uchun qo‘llaniladi.

Mijoz oldin xos raqam olgan bo‘lsa, unda BDMABdan mijoz haqidagi haqqoniy ma'lumotlar ko‘rsatilgan holda, javob qaytariladi. Bank xodimi BDMABdan olingan ma'lumotni mijoz haqidagi ma'lumot bilan taqqoslaydi, ular mos kelgan holda, 2-so‘rov turi yordamida mijozga hisobvaraqlar ochadi.

1-so‘rov turi “Mijozlarga xos raqam berish va asosiy depozit hisobvaraq ochish”

1-so‘rov turi bank mijozlariga milliy valyutada dastlabki asosiy depozit hisobvarag‘i ochishda ularga BDMABda xos raqam berish uchun mo‘ljallangan. Ushbu so‘rov faqat mijoz oldin BDMABdan xos raqam olmagan bo‘lsagina shakllantiriladi.

Agarda filiallar (vakolatxonalar) yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lsa, BDMABga 1-so‘rov turini shakllantirishda bosh korxonaning nomi, xos raqami va STIRi ko‘rsatilishi shart. Qolgan hollarda filiallar (vakolatxonalar) uchun BDMABga 2-so‘rov turi shakllantiriladi va bosh korxonaning xos raqami va STIRi bilan hisobvaraq ochiladi.

2–so‘rov turi “Mijozlarga ularning xos raqami bilan hisobvaraqlar ochish”

2-so‘rov turi bankda mijozlarga ularning xos raqami bilan hisobvaraqlar ochishda qo‘llaniladi.

BDMABda mijozlarning mavjudligi tekshiriladi va so‘rovda ko‘rsatilgan balans hisobvarag‘i va valyuta kodi bo‘yicha ochilgan mijozning barcha hisobvaraqlari tahlil qilinadi hamda hisobvaraq shakllantirilib, javob faylida bankka qaytariladi.

Agar mijozning asosiy depozit hisobvarag‘i yopilgan yoki vaqtincha to‘xtatilgan bo‘lsa, u holda mijozga ikkilamchi depozit hisobvaraq (ssuda va boshqa hisobvaraqlar) ochilmaydi va bankka bajarilmaganlik belgisi bilan javob qaytariladi.

3-so‘rov turi “Hisobvaraqlardan hisobdan chiqarish amallarini vaqtincha to‘xtatib turish”

3-so‘rov turi qonunchilikda ko‘zda tutilgan hujjatlarga asoslangan holda, mijozning hisobvarag‘i bo‘yicha mablag‘larni hisobdan chiqarish amallarini vaqtincha to‘xtatib turish uchun bank tomonidan shakllantiriladi. Mijozning barcha hisobvaraqlaridan mablag‘larni hisobdan chiqarish amallarini vaqtincha to‘xtatib turish bo‘yicha so‘rov faqat asosiy depozit hisobvarag‘ini ochgan bank tomonidan shakllantiriladi.

Aniq bir hisobvaraqdan hisobdan chiqarish amallarini vaqtincha to‘xtatib turish so‘rov turini shu hisobvaraqni ochgan bankning o‘zi shakllantirishi mumkin.

Mijozning aniq bir hisobvarag‘idan hisobdan chiqarish amallarini vaqtincha to‘xtatib turishga 3-so‘rov turida ko‘rsatilgan barcha ma'lumotlar ko‘rsatiladi.

Aniq bir balans hisobvarag‘i bo‘yicha mijozning barcha hisobvaraqlaridan hisobdan chiqarish amallarini vaqtincha to‘xtatib turishda hisobvaraqning tartib raqami o‘rniga uchta nol  “000” kiritiladi. Agar mijozning barcha valyutalar bo‘yicha hisobvaraqlaridan hisobdan chiqarish amallarini vaqtincha to‘xtatib turish zarur bo‘lsa, u holda valyuta kodi o‘rniga – “VVV” uzatiladi.

Mijozning hamma valyutalar bo‘yicha barcha hisobvaraqlaridan hisobdan chiqarish amallarini vaqtincha to‘xtatib turishda balans hisobvarag‘i o‘rniga beshta nol  “00000”, valyuta kodi o‘rniga “VVV” va hisobvaraqning tartib raqami o‘rniga uchta nol “000” beriladi.

BDMABning ma'lumotlar bazasida 3-so‘rov turi qayta ishlangandan keyin, hisobvaraqlar vaziyatining “harakatda”gi maqomi “vaqtincha to‘xtatilgan” maqomiga o‘zgaradi. BDMAB 3-so‘rov turini shakllantirgan bankka hisobvaraqlar va banklar ro‘yxatini tegishli javob bilan qaytaradi va hisobvaraqdan hisobdan chiqarish amallari to‘xtatiladi. Shu bilan bir vaqtning o‘zida boshqa bir bankning so‘rovi bo‘yicha hisobvaraqlardan vaqtincha hisobdan chiqarish amallari to‘xtatilgan banklarga quyidagilarni o‘z ichiga olgan javob fayllari (banklar ma'lumotlar bazasini yangilash uchun) jo‘natiladi:

a) hisobvaraqdan hisobdan chiqarish amallarini vaqtincha to‘xtatish uchun so‘rovni jo‘natgan bank kodi;

b) hisobvaraqdan hisobdan chiqarish amallarini vaqtincha to‘xtatish uchun asos; v) asos berilgan sana; g) mijozning hisobvarag‘i;

d) hisobvaraqdan hisobdan chiqarish amallari vaqtincha to‘xtatilgan sana.

BDMABdan mijozning bank hisobvarag‘idan hisobdan chiqarish amallarini vaqtincha to‘xtatilganligi to‘g‘risidagi xabar olinganda, hisobvaraqdan hisobdan chiqarish amallari vaqtincha to‘xtatilgan sanasi bankning ma'lumotlar bazasiga kiritiladi va ushbu hisobvaraqlar bo‘yicha hisobdan chiqarish amallari hisobvaraqlarni harakatga keltirish to‘g‘risida, ma'lumot olingunga qadar, vaqtincha to‘xtatiladi.

4-so‘rov turi “Hisobdan chiqarish amallari vaqtincha to‘xtatib turilgan hisobvaraqlarni harakatga keltirish“

4-so‘rov turi bank tomonidan mijozning hisobvarag‘idan hisobdan chiqarish amallarini vaqtincha to‘xtatilgan holatdan, hisobdan chiqarishga ruxsat etilishida ya'ni harakatga keltirishda shakllantiriladi. Ushbu so‘rov turi faqat BDMABga 3-so‘rov turini jo‘natgan banklar tomonidan shakllantiriladi. Mijozning aniq bir hisobvarag‘idan hisobdan chiqarish amallari vaqtincha to‘xtatilgan hisobvaraqni harakatga keltirishda, hamma ko‘rsatilgan rekvizitlar 4-so‘rov turiga kiritiladi.

Aniq bir balans hisobvarag‘i bo‘yicha mijozning barcha hisobdan chiqarish amallari vaqtincha to‘xtatilgan hisobvaraqlarni harakatga keltirishda hisobvaraqning tartib raqami o‘rniga uchta nol  “000” kiritiladi. Agar mijozning barcha valyuta bo‘yicha ko‘rsatilgan hisobvaraqlarini harakatga keltirish zarur bo‘lsa, u holda valyuta kodi o‘rniga – “VVV” uzatiladi.

Mijozning barcha valyutalar bo‘yicha hisobdan chiqarish amallari vaqtincha to‘xtatilgan hamma hisobvaraqlarini harakatga keltirishda balans hisobvarag‘i o‘rniga beshta nol  “00000”, valyuta kodi o‘rniga  “VVV”, hisobvaraqning tartib raqami o‘rniga uchta nol – “000” beriladi.

BDMABning ma'lumotlar bazasida 4-so‘rov turi qayta ishlangandan keyin hisobvaraqlar “vaqtincha to‘xtatilgan” maqomidan “harakatda”gi maqomiga almashtiriladi va bankka hisobdan chiqarish amallari vaqtincha to‘xtatilgan hisobvaraqlarni harakatga keltirilganligi to‘g‘risida banklar ro‘yxati bilan javob qaytariladi hamda hisobdan chiqarish amallari vaqtincha to‘xtatilgan hisobvaraqlar harakatga keltiriladi. Shu bilan bir vaqtning o‘zida boshqa bir bankning so‘rovi bo‘yicha hisobdan chiqarish vaqtincha to‘xtatilgan hisobvaraqlarni harakatga keltirilganligi to‘g‘risida banklarga quyidagi ma'lumotlarni o‘z ichiga olgan javob fayllari (banklar ma'lumotlar bazasini yangilash uchun) jo‘natiladi:

a) hisobdan chiqarish amallari vaqtincha to‘xtatilgan hisobvaraqlarni harakatga keltirish uchun so‘rovni jo‘natgan bank kodi;

b) hisobdan chiqarish amallari vaqtincha to‘xtatilgan hisobvaraqlarni harakatga keltirish uchun asos;

v) asos berilgan sana;

g) mijozning hisobvarag‘i;

d) hisobvaraqlardan hisobdan chiqarish amallari vaqtincha to‘xtatilgan sana;

ye) hisobdan chiqarish amallari vaqtincha to‘xtatilgan hisobvaraqlarning harakatga keltirilgan sanasi.

BDMABdan mijozning hisobdan chiqarish amallari vaqtincha to‘xtatilgan hisobvaraqlarni harakatga keltirish to‘g‘risidagi xabar olinganda, hisobdan chiqarish amallari vaqtincha to‘xtatilgan hisobvaraqlarni harakatga keltirish sanasi bankning ma'lumotlar bazasiga kiritiladi va ushbu hisobvaraqlar bo‘yicha hisobdan chiqarish amallarini bajarishga ruxsat etiladi.

5–so‘rov turi “Mijozning haqqoniy ma'lumotlarini o‘zgartirish”

5-so‘rov turi faqat mijozning asosiy depozit hisobvarag‘i ochilgan bank tomonidan ko‘rsatilgan ma'lumotlardan birontasi o‘zgarganda shakllantiriladi.

BDMABda 5-so‘rov turi orqali mijozning barcha oldingi tarixiy tavsifnomalari saqlangan holda ma'lumotlari yangilanadi.

6-so‘rov turi “Asosiy hisobvaraqni boshqa bankka ko‘chirish”

6-so‘rov turi mijozning asosiy depozit hisobvarag‘ini xizmat ko‘rsatuvchi boshqa bankka ko‘chirishda bank tomonidan shakllantiriladi.

Mijozning asosiy depozit hisobvarag‘ini xizmat ko‘rsatuvchi boshqa bankka ko‘chirilishida:

a) mijoz boshqa bankka o‘tayotganda, bank mijozning arizasi va topshirig‘iga asosan, uning acosiy depozit hisobvarag‘idagi qoldiqni boshqa bankka mijozning arizasida ko‘rsatilgan bankda ochilgan 29801 - “Mijozlarga to‘lanishi lozim bo‘lgan mablag‘lar hisob-kitobi” ichki hisobvarag‘iga o‘tkazadi va o‘zida asosiy depozit hisobvaraqni 6-so‘rov turi bilan shu kunning o‘zidayoq yopadi;

b) mijozni qabul qilayotgan bank o‘zida mijozning yopiladigan hisobvarag‘idagi qoldiqni qabul qilish uchun bankda 29801 - “Mijozlarga to‘lanishi lozim bo‘lgan mablag‘lar hisob-kitobi” ichki hisobvarag‘ini ochishi kerak. Qoldiqlar ushbu hisobvaraqqa o‘tkazilgandan keyin, keyingi ish kuni BDMABga mijozning xos raqami bo‘yicha unga asosiy depozit hisobvaraq ochish uchun 2-so‘rov turi jo‘natiladi. Bunda BDMABda so‘raladigan rekvizit bo‘yicha hisobvaraqning mavjudligi “ko‘chirilgan” belgi, ya'ni “1” belgi bilan tekshiriladi va ushbu rekvizit bo‘yicha nazorat kalitidan tashqari yangi hisobvaraq ochiladi;

v) BDMABga 6-so‘rov turi kelib tushganda hisobvaraq maqomi “aktiv”dan “boshqa bankka ko‘chirildi”ga o‘zgartiriladi. Mijozning asosiy depozit hisobvarag‘i bankdan bankka ko‘chirilganda, ikkilamchi depozit hisobvaraqlar yopilmaydi va asosiy depozit hisobvaraqning tartib raqami saqlanib qolinadi.

BDMABdan javob fayli olinganda ushbu hisobvaraq bo‘yicha so‘rov jo‘natgan bankda hisobvaraqning ko‘chirilgan sanasi dasturiy ravishda bankning ma'lumotlar bazasiga kiritiladi va barcha amallar to‘xtatiladi.

7-so‘rov turi “Mijozning hisobvarag‘ini yopish”

7-so‘rov turi mijozning hisobvarag‘ini yopish uchun bank tomonidan shakllantiriladi.

Agar mijozning asosiy depozit hisobvarag‘i yopilayotgan bo‘lsa, qaysi valyutada bo‘lishidan qat'i nazar, mijozning barcha ikkilamchi hisobvaraqlari yopilishi kerak, aks holda, mijozning asosiy depozit hisobvarag‘i yopilmaydi.

7-so‘rov turi olinganda BDMABda ko‘rsatilgan hisobvaraq maqomi “harakatdagi”dan “yopilgan”ga o‘zgaradi.

8-so‘rov turi “Mijozning boshqa banklarda ochgan hisobvaraqlari ro‘yxatini olish”

8-so‘rov turi mijozning boshqa banklarda barcha valyuta kodlari bo‘yicha ochgan hisobvaraqlari ro‘yxatini olish uchun mo‘ljallangan bo‘lib,

u ma'lumotlar olish uchun xizmat qiladi. Mijozning depozit hisobvaraqlari ro‘yxatini olish uchun so‘rov turini faqatgina mijozning asosiy depozit hisobvarag‘ini ochgan bankning o‘zigina shakllantirishi mumkin.

Ssuda hisobvaraqlari ro‘yxatini olish uchun 8-so‘rov turini shu mijozga xizmat ko‘rsatuvchi barcha bank yuborishi mumkin.

Aniq bir balans hisobvarag‘i (talab qilib olinguncha depozit, ssuda va boshqa hisobvaraqlar) ro‘yxatini olish uchun so‘rovda shu balans hisobvaraq raqami ko‘rsatiladi.

Mijozlarning boshqa banklarda ochilgan barcha bank hisobvaraqlari ro‘yxatini olish uchun balans hisobvarag‘i o‘rniga beshta nol  “00000” beriladi.

So‘rov turi BDMABda tahlil qilinadi va so‘ralgan mijozning hisobvaraqlari bilan banklar kodini ko‘rsatgan holda, bankka javob qaytariladi.

9-so‘rov turi “Mijozning xosobraqami faolligini tugatish ”

9-so‘rov turi bank tomonidan xo‘jalik yurituvchi sub'ektlar faoliyatini tugatish vaqtida shakllantiriladi. Bunday hollarda, banklar tegishli hujjatga asoslangan holda, mijozining xos raqami faolligini to‘xtatadi va ushbu holat BDMABda qayd etiladi.

Bunda mijozning barcha hisobvaraqlari BDMABda quyidagi tartibda yopiladi.

a) mijozning asosiy depozit hisobvarag‘ini ochgan bank uning boshqa banklarda ochilgan barcha hisobvaraqlari ro‘yxatini 8-so‘rov turi bilan olishi kerak;

b) mijozning xos raqami faolligining tugatilishi yoki qayta tashkil etilishi munosabati bilan banklarga mijozning ikkilamchi depozit va boshqa hisobvaraqlaridagi qoldiqlarini (agar bor bo‘lsa) asosiy depozit hisobvarag‘iga o‘tkazib yopishi to‘g‘risida asosiy depozit hisobvarag‘iga xizmat ko‘rsatuvchi bank xabardor qilishi kerak.

v) mijozning depozit va boshqa hisobvaraqlarini yopish 7-so‘rov turi bilan amalga oshiriladi;

g) mijozning xos raqami faolligi 9-so‘rov turi bilan to‘xtatiladi.

Mijozning xos raqami faolligini to‘xtatishda uning barcha haqqoniy ma'lumotlari dasturiy ravishda BDMABning ma'lumotlar bazasidan elektron arxiv bazasiga o‘tkaziladi.

Jadval-33



Quyida 3-jadvalda keltirilgan ma'lumotlar shuni ko‘rsatmoqdaki mamlakatimizda tijorat banklarda mijozlarga xisob varaqlar ochish ko‘payib bormoqda. Xususan BDMABda ro‘yxatdan o‘tgan mijozlar soni 2004 yilda 583889 tani bank xisobvaraqlari ochgan mijozlar soni 1488270 tani tashkil etgan bo‘lsa bu ko‘rsatkich 10 yildan so‘ng mijozlar soni 1359831 tani, bank hisobvaraqlari soni 4622770 tani tashkil etgani yoki mijozlar soni 2,3 baravarga, xisobvaraqlar soni 3,1 barovarga ortganini e'tirof etishimiz mumkin.  



3. Tijorat banklarida ochiladigan hisobvaraqalarni yopish tartibi.

Turli mulkchilik shaklariga tegishli bo‘lgan korxonalar o‘z faoliyatlari jarayonida qayta tashkil etilishi ya'ni qo‘shib olinishi, bo‘linishi yoki biror korxonadan ajralib chiqishi mumkin. Shu munosabat bilan mijoz qayta ro‘yxatdan o‘tkazilayotganda bankka yangi tashkil etilgan paytdagi kabi hujjatlarni taqdim etadi. Korxonaning qayta tashkil etish bilan bog‘liq bo‘lmagan holda nomi o‘zgaradigan bo‘lsa, yoki korxonaning bo‘ysunishi o‘zgarganda bankka hisobvaraq egasining o‘zgarishlar to‘g‘risidagi arizasi va tegishli tashkilot qarorining bir nusxasi topshiriladi.

Korxona faoliyatining xarakteri o‘zgarganda yoki uning Nizomiga biror boshqa o‘zgarishlar kiritilganida yangi Nizomning nusxasi taqdim qilinadi. Bu hujjatlar qayta nomlanishi korxona boshqa tashkilot ixtiyoriga o‘tkazilishi va boshqa sabablarga ko‘ra qayta ro‘yxatdan o‘tkazilgan kundan boshlab bir xafta ichida bankka topshiriladi. Bunday xollarda hisobvaraq egasining imzolar va muxr namunasi tushirilgan varaqchalar ham yangilanishi lozim bo‘ladi.

Ba'zan shunday xollar ham bo‘ladiki, yuridik shaxsning nomi o‘zgarishi yoki bo‘ynsinushning o‘zgarishi O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, Vazirlar Maxkamasining qarorlari asosida yuz berishi mumkin. Bu holda bank muassasasi mijozlarning hisobvaraqlarini qayta rasmiylashtirishni o‘z farmoyishi asosida amalga oshiradi.

Nomi o‘zgargan taqdirda, mijoz bankka ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ tomonidan berilgan, nomi o‘zgarganligini tasdiqlovchi hujjatning nusxasini taqdim qiladi.

Yuridik shaxsga nisbatan sanasiya e'lon qilinganda, uning hisobvaraqlari bo‘yicha yuzaga keladigan munosabatlar “Sanasiya qilinayotgan korxona maxsus sanasiya hisobvarag‘ining ishlash tartibi to‘g‘risida”gi nizom (ro‘yxat raqami 1636, 2006 yil 3 noyabr') asosida tartibga solinadi.

Bozor iqtisodiyoti sharoitida juda ko‘plab tijorat banklari faoliyat ko‘rsatib ular o‘rtasida kuchli raqobat boradi. Korxonalar bank muassasalarini mustaqil ravishda tanlaydilar. Korxonalar o‘zlariga xizmat ko‘rsatayotgan bank muassasasi xizmatidan qoniqmasalar boshqa banklarga o‘tib uning xizmatlaridan foydalanishlari mumkin. Lekin boshqa bankka o‘tish haqida korxona o‘z bankiga, agar shartnomada boshqa shartlar ko‘rsatilmagan bo‘lsa, kamida bir oy avval xabar berishi lozim.

Xo‘jalik yurituvchi sub'ekt asosiy hisobvarag‘ini boshqa bankka o‘tkazishi uchun u davlat soliq xizmati organining soliqlar hamda boshqa to‘lovlar bo‘yicha o‘zining davlat byudjeti va byudjetdan tashqari jamg‘armalar oldida qarzdorligi mavjud emasligi to‘g‘risida yozma ma'lumotnomasini taqdim etishi shart. Aks holda asosiy hisobvaraqni boshqa bankka o‘tkazishga yo‘l qo‘yilmaydi.

Asosiy hisobvaraqni boshqa bankka o‘tkazish uchun mijoz tomonidan xizmat ko‘rsatuvchi bankka ariza taqdim etiladi va chek daftarchalari qaytariladi. Shundan so‘ng bank mijozning hisobvarag‘idagi qoldiqni yozma ravishda tasdiqlaydi.

Mijoz asosiy hisobvarag‘i yopilayotgan bankdan olingan tasdiqnomani ariza bilan birga asosiy hisobvaraq ochilayotgan bankka taqdim etadi. Ushbu arizaga asosan, asosiy hisobvaraq ochilayotgan bank mijozga vaqtinchalik 29801-“Mijozlar bilan hisob-kitoblar” hisobvarag‘ini ochadi va bu to‘g‘risida mijoz hamda hisobvaraq yopilayotgan bankka yozma ravishda xabar beradi.

Mijoz vaqtinchalik hisobvaraq ochilganligi to‘g‘risidagi xabarni olgandan so‘ng asosiy hisobvaraq yopilayotgan bankka asosiy hisobvaraqdagi mavjud mablag‘lar qoldig‘ini asosiy hisobvaraq ochilayotgan bankdagi vaqtinchalik ochilgan hisobvaraqqa o‘tkazish to‘g‘risida to‘lov topshiriqnomasi taqdim etadi. Asosiy hisobvaraqni yopayotgan bank mijoz yuridik yig‘majildidagi hujjatlar va 2-sonli kartotekadagi (agar, mavjud bo‘lsa) to‘lov hujjatlari ro‘yxatini kiritib, ushbu hujjatlar asosiy hisobvaraq ochayotgan bankka topshirilganligi haqida ikki nusxada dalolatnoma tuzadi. Dalolatnoma bank boshqaruvchisi va bosh buxgalteri tomonidan imzolanib, asosiy muhr qo‘yiladi.

Dalolatnomaning har ikki nusxasiga mijozning yuridik yig‘majildidagi hujjatlar va 2-sonli kartotekadagi to‘lov hujjatlarining asl nusxalari ilova qilinib, pochta, fel'd'eger aloqasi yoki kur'er orqali asosiy hisobvaraq ochilayotgan bankka yetkazib beriladi.

Asosiy hisobvaraqni ochayotgan bank ushbu dalolatnomaga ilova qilingan hujjatlarni qabul qilib olgandan keyin mazkur dalolatnomaga ilova qilingan yuridik yig‘majilddagi hujjatlar va 2-sonli kartotekadagi to‘lov hujjatlarining asl nusxalarini olganligini tasdiqlab, bank boshqaruvchisi va bosh buxgalteri tomonidan imzolanib, asosiy muhr qo‘yiladi. Dalolatnomaning bir nusxasi pochta, fel'd'eger aloqasi yoki kur'er orqali asosiy hisobvaraq yopilayotgan bankka yetkazib beriladi.

Ushbu hujjatlarni hisobvaraq egasi yoki uchinchi shaxslar orqali berib yuborish qat'iyan taqiqlanadi.

Dalolatnomaning asosiy hisobvaraq ochayotgan bank boshqaruvchisi va bosh buxgalteri tomonidan imzolangan va muhr qo‘yilgan nusxasi olingandan keyin mijoz tomonidan yopilayotgan asosiy hisobvaraqdagi mablag‘larni ushbu hisobvaraq ochilayotgan bankda ochilgan vaqtinchalik hisobvaraqqa o‘tkazish to‘g‘risidagi to‘lov topshiriqnomasi ijro qilinadi.

Asosiy hisobvaraqni yopayotgan bank berib yuborilgan barcha hujjatlardan nusxa ko‘chirib, belgilangan tartibda o‘z arxivida saqlaydi.

Asosiy hisobvaraqni ochayotgan bank ushbu hisobvaraqni yopayotgan bankdan hujjatlar va mablag‘larni olgandan keyin mijozga yangi asosiy hisobvaraqni ochadi, unga vaqtinchalik hisobvarag‘idagi qoldiqni o‘tkazadi va mazkur vaqtinchalik hisobvaraqni yopadi.

Asosiy hisobvaraq o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi ma'lumot axborotlar bazasida ikki oy davomida saqlanadi. Ushbu muddat tugagandan so‘ng o‘tkazilgan asosiy hisobvaraq to‘g‘risidagi ma'lumot arxivlanadi va belgilangan tartibda saqlanadi,

shu bilan bir vaqtda, mazkur hisobvaraq to‘g‘risidagi ma'lumot bazadan o‘chiriladi.

O‘tkazilgan asosiy hisobvaraq bo‘yicha kelib tushgan to‘lov hisob-kitob hujjatlari ro‘yxatdan o‘tkazilgach, quyidagi mazmundagi xabar bilan jo‘natuvchiga qaytariladi: “Hisobvaraq yopildi. __________ bankning __________ filialiga murojaat qiling”.

Asosiy hisobvaraq bo‘yicha operatsiyalar faqat hisobvaraq egasining farmoyishiga ko‘ra yoki hisobvaraqdagi pul mablag‘lari surishtiruvchi, tergovchi qarori bo‘yicha yoxud sud ajrimiga ko‘ra xatlanganda, shuningdek, qonun hujjatlarida ko‘zda tutilgan boshqa hollarda to‘xtatib qo‘yilishi mumkin. Bunday holda, pul mablag‘lari faqat qaror yoki ajrimda ko‘rsatilgan summaga xatlanadi.

Tadbirkorlik faoliyati sub'ektlarining banklardagi hisobvaraqlari bo‘yicha operatsiyalarni to‘xtatib qo‘yish sud tartibida amalga oshiriladi, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish va terrorizmni moliyalashtirish aniqlangan hollar bundan mustasno.

Yuqoridagi tartibda xatlangan yoki to‘xtatilgan hisobvaraqlarni (ham asosiy, ham ikkilamchi) boshqa banklarga o‘tkazish hamda ushbu hisobvaraqlar egalarining boshqa hisobvaraqlarni ochishiga yo‘l qo‘yilmaydi.

Bank hisobvarag‘i shartnomasi hisobvaraq egasining arizasiga yoki bankning talabiga ko‘ra bekor qilinadi.

Bankning talabiga ko‘ra bank hisobvarag‘i shartnomasi sud orqali quyidagi hollarda bekor qilinishi mumkin:

1) mijozning hisobvarag‘ida saqlanayotgan pul mablag‘lari summasi bank qoidalarida yoki shartnomada ko‘zda tutilgan eng kam miqdordan oz bo‘lsa, agar bunday summa bank tomonidan bu haqda mijozni ogohlantirgan kundan boshlab bir oyda tiklanmasa;

2) bank hisobvarag‘i shartnomasida boshqa muddat nazarda tutilgan bo‘lmasa, ushbu hisobvaraq bo‘yicha bir yil davomida operatsiyalar amalga oshirilmagan bo‘lsa.

Hisobvaraqdagi pul mablag‘larining qoldig‘i mijozning tegishli yozma arizasi olingandan keyin kechi bilan yetti kun ichida mijozga beriladi yoki uning ko‘rsatmasiga muvofiq boshqa hisobvaraqqa o‘tkaziladi.

Bank hisobvarag‘i shartnomasining bekor qilinishi mijozning hisobvarag‘ini yopish uchun asos bo‘ladi.

Tadbirkorlik faoliyati sub'ektlari - yuridik shaxslar ixtiyoriy tugatilayotganda, xabardor qilish muddatidan boshlab:

a) ularning milliy valyutadagi ikkilamchi depozit hisobvaraqlari, jamg‘ariladigan depozit hisobvaraqlari hamda muddatli depozit hisobvaraqlariga xizmat ko‘rsatuvchi banklar - tugatuvchining ularni yopish haqidagi arizasi asosida mazkur hisobvaraqlarni yopadilar va uning to‘lov topshiriqnomasi asosida ulardagi mavjud mablag‘lar qoldiqlarini tugatilayotgan yuridik shaxslarning asosiy hisobvarag‘iga o‘tkazadilar;

b) ularning xorijiy valyutadagi ikkilamchi depozit hisobvaraqlari, jamg‘ariladigan depozit hisobvaraqlari hamda muddatli depozit hisobvaraqlariga xizmat ko‘rsatuvchi banklar - tugatuvchining ularni yopish haqidagi arizasi asosida mazkur hisobvaraqlarni yopadilar va uning to‘lov topshiriqnomasi asosida mavjud mablag‘lar qoldiqlarini tugatilayotgan yuridik shaxslarning uning milliy valyutadagi asosiy hisobvarag‘i ochilgan joyda ochilgan xorijiy valyutadagi talab qilib olinguncha depozit hisobvarag‘iga yoki boshqa vakolatli bankdagi xorijiy valyutadagi talab qilib olinguncha depozit hisobvarag‘iga, agar ularning asosiy hisobvarag‘iga xizmat ko‘rsatuvchi bank vakolatli bank hisoblanmasa, o‘tkazadilar;

v) yuridik shaxslarning asosiy hisobvarag‘iga xizmat ko‘rsatuvchi bank tugatish jarayoni tugaganidan so‘ng tugatuvchining arizasiga asosan bir ish kuni davomida asosiy hisobvarag‘ini yopadi va tugatuvchiga asosiy hisobvaraqning yopilishi haqida ma'lumotnoma beradi.

Korxonalar olti oy mobaynida (savdo va savdo-vositachilik korxonalari - uch oy mobaynida) bank hisobvaraqlari bo‘yicha pul operatsiyalarini o‘tkazish bilan moliya-xo‘jalik faoliyatini amalga oshirmagan hollarda (dehqon va fermer xo‘jaliklari bundan mustasno), banklar uch kunlik muddat ichida bunday korxonalar haqida ular hisobga qo‘yilgan joydagi davlat soliq xizmati organiga tegishli choralar ko‘rish uchun axborot berishlari shart.

Sudning bank hisobvaraqlari bo‘yicha operatsiyalarni to‘xtatib qo‘yish to‘g‘risidagi tegishli qarori taqdim etilganda, banklar keyingi ish kunidan kechiktirmay xo‘jalik yurituvchi sub'ektlarning hisobvaraqlarini yopadilar. Bunda, korxonalarning yopiladigan hisobvaraqlaridagi mablag‘lari qoldiqlari bank tomonidan foydalanish huquqisiz maxsus hisobvaraqlarga o‘tkaziladi. Korxonalarning bankka to‘lash uchun taqdim etilgan kreditorlik qarzi esa alohida ko‘zda tutilmagan holatlar hisobvarag‘iga o‘tkaziladi.

Korxonalarning bank hisobvaraqlari yopilgandan so‘ng ularning nomiga kelib tushadigan mablag‘lar foydalanish huquqisiz maxsus hisobvaraqlarga o‘tkaziladi. Foydalanish huquqisiz maxsus hisobvaraqlarga to‘plangan mablag‘lar banklar tomonidan birinchi navbatda korxonalarning byudjet va byudjetdan tashqari jamg‘armalar oldidagi qarzlarini to‘lashga, qolgan summalar esa ularning kreditorlik qarzlarini kalendar' navbatida to‘lashga yo‘naltiriladi.

Korxonalarning yopiladigan hisobvaraqlardagi mablag‘lari bank tomonidan foydalanish huquqisiz 29842-“Harakatsiz depozit majburiyatlari” hisobvarag‘iga kirim qilinadi va bankka to‘lov uchun taqdim etilgan korxonaning kreditorlik qarzdorligi alohida ko‘zda tutilmagan holatlar hisobvarag‘iga o‘tkaziladi.

Korxonalarni tugatish bo‘yicha maxsus komissiya tomonidan korxona keyingi faoliyatining maqsadga muvofiqligi to‘g‘risida qaror qabul qilingan yoki belgilangan tartibda tugatish komissiyasi tayinlangan paytdan boshlab ushbu korxonaning hisobvaraqlari tegishlicha korxonaning o‘z tasarrufiga yoki tugatish komissiyasining tasarrufiga o‘tadi.

Xo‘jalik yurituvchi sub'ektning asosiy hisobvarag‘i yopilayotganda, oldindan u bilan bog‘liq bo‘lgan barcha hisobvaraqlar yopiladi. Bir vaqtning o‘zida hisobvaraqni yopish mo‘ljallanayotgani to‘g‘risida soliq va bojxona organlariga xabar beriladi, shuningdek, xo‘jalik yurituvchi sub'ektning byudjet oldidagi qarzlari to‘g‘risida ma'lumot so‘raladi. Soliq va bojxona organlari tomonidan bankka xo‘jalik yurituvchi sub'ektning byudjet oldida majburiyatlari yo‘qligi to‘g‘risidagi xabarnoma (ma'lumotnoma) taqdim qilingandan keyin mijozning chek daftarchasi foydalanilmagan cheklari va foydalanilgan cheklarning milklari bilan qaytariladi. Shundan keyin, mijozning foydalanilmagan cheklar raqamlari ko‘rsatilgan arizasiga asosan hisobvaraqni yopish kunida qoldiq tasdiqlangan holda hisobvaraq yopiladi.

Yopilayotgan, shuningdek, boshqa banklarga o‘tkazilayotgan hisobvaraqlar bo‘yicha foydalanilmagan cheklarni mijozlardan faqat bosh buxgalter yoki uning o‘rinbosari qabul qilish huquqiga ega. Bosh buxgalter va uning o‘rinbosari topshirilgan har bir chekning imzo qo‘yiladigan qismini qirqib olish yo‘li bilan ularni darhol so‘ndirishi zarur. Shundan keyingina cheklar unga xizmat ko‘rsatuvchi mos'ul ijrochiga beriladi. ijrochi hisobvaraqni yopish uchun taqdim qilingan to‘lov topshiriqnomasini dasturiy yo‘l bilan kiritishi hamda uni tekshirish va imzolash uchun bosh buxgalterga yoki uning o‘rinbosariga taqdim etishi shart.

Hisobvaraqlar yopilayotganda va ulardagi tegishli mablag‘lar qoldig‘i “Boshqa debitorlik hisobvaraqlar”iga kirim qilinganda, bank bosh buxgalteri yoki uning o‘rinbosari yopilayotgan hisobvaraqdan mijozga oxirgi marta ko‘chirma berilgan kundan boshlab ushbu hisobvaraqqa kiritilgan barcha yozuvlarni hujjatlar bo‘yicha sinchiklab tekshirishi, ssuda va bank xizmatlari uchun hisoblangan hamda to‘langan foizlarni inobatga olgan holda chiqarilgan oxirgi qoldiqning to‘g‘riligiga ishonch hosil qilishi va yopilayotgan hisobvaraqqa tegishli yozuvlarni kiritib, imzo chekishi shart.

Hisobvaraq yopilgandan so‘ng bank mijozga (mijoz tugatilganda - ta'sischilarga) barcha taqdim qilingan talablardan ozod bo‘lgan pul mablag‘larning qoldig‘i to‘g‘risidagi ma'lumotnomani taqdim etadi.

Boshqa depozit hisobvaraqlarning barchasi mijozning arizasiga asosan istalgan vaqtda yopiladi. Bunda, ushbu mijozga ochilgan maxsus hisobvaraqlar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda yopiladi.

Ssuda hisobvaraqlari bank rahbari yoki rahbar tomonidan vakolat berilgan shaxsning farmoyishiga asosan berilgan kreditlar va unga hisoblangan foizlar to‘lovi to‘liq amalga oshirilgandan keyin yoki ssuda hisobvarag‘ining kredit qoldig‘i ko‘zda tutilmagan holatlar hisobvarag‘iga o‘tkazilgandan keyin yopiladi.

Mijoz majburiy tugatilganda, mijozning asosiy hisobvarag‘i tugatish komissiyasi nomiga rasmiylashtiriladi va uning tasarrufiga o‘tkaziladi. Asosiy hisobvaraqqa xizmat ko‘rsatuvchi bankka mijozni tugatish to‘g‘risida qarorni, shuningdek, tugatish muddati ko‘rsatilgan va tugatish komissiyasini tuzgan tashkilot yoki shaxs tomonidan tasdiqlangan rahbar hamda bosh buxgalterning imzo namunalari va muhr izi qo‘yilgan varaqcha taqdim etiladi. Mijozning hisobvaraqlariga xizmat ko‘rsatuvchi boshqa banklarga tugatish muddati ko‘rsatilgan tugatish to‘g‘risidagi qaror nusxasi taqdim etiladi. Shundan so‘ng barcha ikkilamchi hisobvaraqlar yopiladi va ushbu hisobvaraqlardagi mablag‘lar majburiy ravishda tugatish komissiyasiga rasmiylashtirilgan asosiy hisobvaraqqa o‘tkaziladi.

Tugatish komissiyasi o‘z ishini yakunlanganidan keyin o‘z hisobvarag‘ini yopish uchun bankka quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:

a) xo‘jalik yurituvchi sub'ektlar byudjet oldidagi o‘z majburiyatlarini bajarganliklari to‘g‘risida davlat soliq xizmati organlarining xulosasi;

b) ro‘yxatdan o‘tkazgan idoraning Davlat reestridan chiqarish to‘g‘risida qarori nusxasi;

v) foydalanilmagan cheklar va foydalanilgan cheklarning milklari bilan chek daftarchasi.

Tugatish komissiyasining hisobvarag‘ida taqdim qilingan talablardan ozod bo‘lgan pul mablag‘larining kredit qoldig‘i mavjud bo‘lsa, ushbu qoldiq mijozlarning ta'sischilariga yoki tugatish komissiyasining va tugatilgan mijozning ta'sischilari majlisining qaroriga asosan boshqa hisobvaraqqa o‘tkaziladi.

Hisobvaraq yopilganligi uchun haq olinmaydi.

Xulosa


Yuqoridagilardan shunday xulosa qilishimiz mumkinki. Bank hisobvarag‘i - bank hisobvarag‘i shartonomasini tuzish orqali bank mijoz hisobvarag‘iga kelib tushgan pul mablag‘larini qabul qilish va shu hisobvarag‘ga kiritish, mijozning hisobvarag‘idagi tegishli mablag‘larini o‘tkazish hamda hisobvaraq bo‘yicha boshqa operatsiyalar bajarishi to‘g‘risidagi farmoyishlarini bajarish vazifasini o‘z zimmasiga olishi natijasida bank bilan mijoz o‘rtasida vujudga keladigan xuquqiy munosabatlardir.Mamlakatimizda hozirgi kunda bank tizimini rivojlantirishga asosiy e'tibor qaratilmoqda. Xususan o‘tgan respublika bank tizimini yanada isloh qilish va rivojlantirishda asosiy e'tibor O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2010 yil 26 noyabrdagi PQ-1438-sonli Qarori bilan tasdiqlangan «2011-2015 yillarda respublika moliya-bank tizimini yanada isloh qilish va barqarorligini oshirish hamda yuqori xalqaro reyting ko‘rsatkichlariga erishishning ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar» Dasturi hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining respublika moliya-bank tizimini rivojlantirishga oid boshqa qarorlarida belgilangan vazifalarni bajarishga qaratildi. Jumladan:O‘tgan 2013 yilda Banklar tomonidan aholiga xizmat ko‘rsatish indikatorlari, jumladan, bank xizmatlaridan foydalanish darajasi har 100 ming (katta yoshli) aholiga to‘g‘ri keladigan bank muassasalari soni 49,7 tani tashkil etib (30 tadan ko‘pi yuqori bahoga to‘g‘ri keladi), «yuqori daraja» va har mingta katta yoshli aholiga to‘g‘ri keladigan jismoniy shaxs-omonatchilar hisobvarag‘i soni 1028 birlikni tashkil etib, bu bo‘yicha ham (1000 tadan ko‘pi) «yuqori daraja» baholariga muvofiq kelmoqda.

2013 yilda tijorat banklarining respublika hududlaridagi filiallar tarmo¬g‘i yanada kengayib, 2014 yil 1 yanvar' holatiga ko‘ra, ularning soni 837 taga yetdi.

Bank muassasalarini aholi va ishlab chiqarish korxonalari hududlariga yaqinlashtirish orqali bank xizmatlaridan foydalanish sharoitlarini yanada qulaylashtirish maqsadida tashkil etilgan minibank va maxsus kassalar soni o‘tgan yilda 66 taga ko‘pa¬yib, ularning soni 4196 taga yetdi, shundan 2156 tasi qishloq joylarida joylashganligini o‘zi ham bank tizimini rivojlanayotganligidan dalolat beradi.

Bank infratuzilmasining kengayib borayotganligi, o‘z navbatida, moliya bozorida raqobat muhitining kuchayishi hamda bank xizmatlari sifatining yanada oshishiga xizmat qilmoqda.

Yuqoridagilardan kelib chiqib quyidagicha takliflar berishimiz mumkin:

1. Tijorat banklari tomonidan mijozlarga xisobvaraq ochish tartibini hozirgi kun talablariga javob beradigan darajada takomillashtirib borish;

2. Mijozlarning xisobvaraqlari bo‘yicha operatsiyalarni o‘z vaqtida o‘tkazilishini ta'minlashni jonlantirish;

3. Tijorat banklarida faoliyat yuritayotgan ma'sul-ijrochilarni xolisligini kuchaytirish;

4. Xisobvaraq ochish uchun mijozlar tomonidan taqdim etilgan ma'lumotlar haqqoniligi va ularning mir saqlanishini ta'minlash choralarini kuchaytirish;

5. Mijozlar xisobvaraqlariga xizmat ko‘rsatish tizimlarini soddalashtrib borish;

6. Mijozlarning xisobvaraqlariga xizmat ko‘rsatilganligi uchun bank xizmat haqini tabaqalashtirish;



Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati.

1. O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi. - T.: O‘zbekiston, 2003.

2.O‘zbekiston Respublikasining 1996 yil 25 apreldagi “Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida”gi Qonuni. O‘zbekiston Respublikasi moliya qonunlari.- O‘zbekiston bank tizimini isloh qilish va erkinlashtirish bo‘yicha me'yoriy hujjatlar to‘plami. Toshkent: O‘zbekiston, 2000. – 50 – 54b.b.

3. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining “Fuqarolarning banklardagi omonotlarini himoyalash kafolatlari to‘g‘risida”gi qonuni 2002 yil aprel'

4. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2002 yil 22 apreldagi 4/9-son qarori bilan tasdiqlangan (№ 509) “O‘zbekiston Respublikasi Bank Depozitorlarining Milliy Axborotlar Bazasi va unda mijozlarga xos raqam berish hamda bank hisobvaraqlari ro‘yxatini yuritish tartibi to‘g‘risida” nizom

5.Aholining va xo‘jalik yurituvchi sub'ektlarning bank tizimiga ishonchini mustahkamlashga oid keyingi chora-tadbirlar to‘g‘risida" gi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori 2007 yil 12 yanvar', PQ-565-son

6. «Karimov I.A. Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi, O‘zbekiston sharoitida uni bartaraf etishning yo‘llari va choralari / I.A.Karimov. – T: O‘zbekiston, 2009. – 56 b.

7. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning “Mamlakatimizni 2013 yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2014 yilga mo‘ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo‘nalishlari”ga bag‘ishlangan Vazirlar Mahkamasining majlisidagi ma'ruzasi 2014 yil 17 yanvar'. Bank axborotnomasi gazetasi 2014 yil 22 yanvar № 3-4(922-923) soni

8.Qoraliev T.M. Sayfiddinov I.F. Tijorat banklari faoliyati tahlili. Darslik. –T.: “Moliya va iqtisod”, 2010. -384 b.

9. Malikov T.S., Haydarov X.X. Byudjet daromadlari va harajatlari. O‘quv qo‘llanma. T. “IQTISOD-MOLIYa”, 2012 yil, 245 b

Internet saytlari:



  1. www.worldbank.org

  2. www.federalreservesystem.gov

3.www.cbu.uz



Ilovalar

1-sonli ilova

20200 TALAB QILIB OLINGUNChA SAQLANADIGAN DEPOZITLAR

20202 - Hukumatning byudjetdan tashqari mablag‘lari bo‘yicha talab qilib olinguncha saqlanadigan depozitlari

20203 - Respublika qaramog‘idagi byudjet tashkilotlarining byudjetdan tashqari mablag‘lari bo‘yicha talab qilib olinguncha saqlanadigan depozitlari

20204 - Mahalliy byudjet qaramog‘idagi byudjet tashkilotlarining byudjetdan tashqari mablag‘lari bo‘yicha talab qilib olinguncha saqlanadigan dvpozitlari

20205 - Byudjetdan tashqari fondlarning talab qilib olinguncha saqlanadigan depozitlari

20206 - Jismoniy shaxslarning talab qilib olinguncha saqlanadigan depozitlari

20207 - Respublika yo‘l jamg‘armasining talab qilib olinguncha saq-lanadigan depozitlari

20208 - Xususiy korxonalar, xo‘jalik shirkatlari va jamiyatlarning talab qilib olinguncha saqlanadigan depozitlari

20210 - Davlat korxona, tashkilot va muassasalarining talab qilib olinguncha saqlanadigan depozitlari

20212 - Nodavlat notijorat tashkilotlarining talab qilib olinguncha saqlanadigan depozitlari

20214 - Chet el kapitali ishtirokidagi korxonalarning talab qilib olinguncha saqlanadigan depozitlari

20216 - Bank bo‘lmagan moliyaviy muassasalarning talab qilib olinguncha saqlanadigan depozitlari

20218 - Yakka tartibdagi tadbirkorlarning talab qilib olinguncha saqlanadigan depozitlari

20296 - Boshqa mijozlarning talab qilib olinguncha saqlanadigan depozitlari

20400 JAMG‘ARMA DEPOZITLAR

20402 - Hukumatning byudjetdan tashqari mablag‘lari bo‘yicha jamg‘arma depozitlari

20403 - Respublika qaramog‘idagi byudjet tashkilotlarining byudjetdan tashqari mablag‘lari bo‘yicha jamg‘arma depozitlari

20404 - Mahalliy byudjet qaramog‘idagi byudjet tashkilotlarining byudjetdan tashqari mablag‘lari bo‘yicha jamg‘arma depozitlari

20405 - Byudjetdan tashqari fondlarning jamg‘arma depozitlari

20406 - Jismoniy shaxslarning jamg‘arma depozitlari

20408 - Xususiy korxonalar, xo‘jalik shirkatlari va jamiyatlarning jamg‘arma depozitlari

20410 - Davlat korxona, tashkilot va muassasalarining jamg‘arma depozitlari

20412 - Nodavlat notijorat tashkilotlarining jamg‘arma depozitlari

20414 - Chet el kapitali ishtirokidagi korxonalarning jamg‘arma depozitlari

20416 - Bank bo‘lmagan moliyaviy muassasalarning jamg‘arma depozitlari

20418 - Yakka tartibdagi tadbirkorlarning jamg‘arma depozitlari

20496 - Boshqa mijozlarning jamg‘arma depozitlari



20600 MUDDATLI DEPOZITLAR

20602 - Hukumatning byudjetdan tashqari mablag‘lari bo‘yicha muddatli depozitlari

20603 - Respublika qaramog‘idagi byudjet tashkilotlarining byudjetdan tashqari mablag‘lari bo‘yicha muddatli depozitlari

20604 - Mahalliy byudjet qaramog‘idagi byudjet tashkilotlarining byudjetdan tashqari mablag‘lari bo‘yicha muddatli depozitlari

20605 - Byudjetdan tashqari fondlarning muddatli depozitlari

20606 - Jismoniy shaxslarning muddatli depozitlari

20608 - Xususiy korxonalar, xo‘jalik shirkatlari va jamiyatlarning muddatli depozitlari

20610 - Davlat korxona, tashkilot va muassasalarining muddatli depozitlari

20612 - Nodavlat notijorat tashkilotlarining muddatli depozitlari

20614 - Chet el kapitali ishtirokidagi korxonalarning muddatli depozitlari

20616 - Bank bo‘lmagan moliyaviy muassasalarning muddatli depozitlari

20618 - Yakka tartibdagi tadbirkorlarning muddatli depozitlari

20696 - Boshqa mijozlarning muddatli depozitlari

1 O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning “Mamlakatimizni 2013 yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2014 yilga mo‘ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo‘nalishlari”ga bag‘ishlangan Vazirlar Mahkamasining majlisidagi ma'ruzasi 2014 yil 17 yanvar'. Bank axborotnomasi gazetasi 2014 yil 22 yanvar № 3-4(922-923) soni

2 O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 2009 yil 27 aprelda 1948-son bilan davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan. “O‘zbekiston Respublikasi banklarida ochiladigan bank hisobvaraqlari to‘g‘risida”gi Yo‘riqnoma ga asosant tuzildi.

3 http.www.cbu.uz


Download 264,7 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish