1-Mavzu:“Bank huquqi” fanining predmeti va vazifalari. Bank huquqi, mohiyati, tamoyillari va manbalari - 1.Banklarning paydo bo‘lishi va bank huquqining shakllanishi
- 2.Bank huquqi tushunchasi, uning predmeti va vazifalari
- 3.Bank huquqining tamoyillari va manbalari
- 4.Bank huquqining uslublari va tizimlari
- 5. Bankga oid munosabatlarda nizolar va ularni hal etilishi.
1.Banklarning paydo bo‘lishi va bank huquqining shakllanishi - O‘zbekiston Respublikasining 1991yil 15 fevralda qabul qilingan «Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida»gi qonun (keyingi qo‘shimcha va o‘zgarishlari bilan) bank soxasidagi islohotlar yo‘nalishlariga mos ravishda bank muassasalari faoliyatini bozor talablariga moslashtirish vazifalarini o‘zida aks ettirdi. Ushbu qonunga ko‘ra SSSR Davlat bankining respublikadagi mintaqaviy bo‘limi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankiga aylantirildi va pul emissiyasi, xukumat xisob varag‘lariga xizmat ko‘rsatish, oltin-valyuta zaxiralarini saqlash, tijorat banklari faoliyati ustidan nazorat olib borish, pul muomilasini va pul-kredit siyosatini amalga oshirish kabi muhim vazifalar yuklatildi.
- Mamlakatimiz mustaqil taraqqiyotida va islohotlar soxasida qo‘lga kiritilgan yutuqlar, O‘zbekistonning rubl zonasidan chiqishi va 1994 yilda o‘z milliy valyutasi – So‘mni muomalaga kiritilishi, moliya soxasidagi islohotlarni chuqurlashtirilishi, uning xuquqiy asoslarini yanada takomillashtirish zaruriyatini yuzaga keltirdi. SHunga ko‘ra 1995 yil 21 dekabrda «O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida»gi qonuni, 1996 yil 25 aprelda esa «Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida»gi qonuni qabul qilindi. Ushbu qonunlar Xalqaro valyuta fondi va Jahon banki kabi xalqaro bank muassasalari tomonidan yuqori baholandi.
O‘zbekiston Respublikasi bank qonunchiligi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, Respublikaning bank faoliyatiga doir ichki qonunchiligiga va xalqaro kelishuv va bitimlarga asoslanadi. - O‘zbekiston Respublikasi bank qonunchiligi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, Respublikaning bank faoliyatiga doir ichki qonunchiligiga va xalqaro kelishuv va bitimlarga asoslanadi.
- Bank qonunchiligining konstitutsiyaviy asoslariga ta’sir ko‘rsatish nuqtai nazaridan huquqiy nazariyalarga oid adabiyotlarda ba’zi konstitutsiyaviy tamoyillar ajratib ko‘rsatilgan bo‘lib, u faqat bitta umumiy g‘oyani o‘zidi mujassamlashtirgan prinsip - huquqiy qoidalarni o‘z ichiga oladi. Unga asosan bank qonunchiligi O‘zbekiston Respublikasi konstitutsiyasi normalari asosida shakllantiriladi va konstutitsiya normalari bank qonunchiligining asosi hisoblanadi.
- Masalan, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaning X bobi - Iqtisodiy va ijtimoiy huquqlar deb nomlanib 36-moddasida “Har bir shaxs mulkdor bo‘lishga haqli. Bankka qo‘yilgan omonatlar sir tutilishi va meros huquqi qonun bilan kafolatlanadi” deb belgilab qo‘yilgan.
- Konstitutsiyaning 53-moddasida keltirilishicha, “Bozor munosabatlarini rivojlantirishga qaratilgan O‘zbekiston iqtisodiyotining negizini xilma-xil shakllardagi mulk tashkil etadi. Davlat iste’molchilarning huquqi ustunligini hisobga olib, iqtisodiy faoliyat, tadbirkorlik va mehnat qilish erkinligini, barcha mulk shakllarining teng huquqliligini va huquqiy jihatdan bab-baravar muhofaza etilishini kafolatlaydi. Xususiy mulk boshqa mulk shakllari kabi daxlsiz va davlat himoyasidadir. Mulkdor faqat qonunda nazarda tutilgan hollarda va tartibdagina mulkidan mahrum etilishi mumkin”ligi
- 54-moddasida “Mulkdor mulkiga o‘z xohishicha egalik qiladi, undan foydalanadi va uni tasarruf etadi. Mulkdan foydalanish ekologik muhitga zarar etkazmasligi, fuqarolar, yuridik shaxslar va davlatning huquqlarini hamda qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarini buzmasligi shart” ekanligining belgilanishi ham banklar tomonidan mijozlarning iqtisodiy jihatdan mustaqil o‘z mulkiga egalik qilishi mumkinligi va banklar kredit, hisob-qitob va boshqa munosabatlarni o‘rnatganda, xizmatlar ko‘rsatish borasida faoliyat olib borish bo‘yicha o‘z qonunchilik va me’yorniy hujjzatlarini ishlab chiqish va amalga oshirishda mijozlarning konstitutsiyaviy huquqlarini inobatga olishi lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |