Monetar siyosat va pullarni nima sababdan o’rganamiz?
Pul yoki pul massasi- tovar va xizmatlarga cheklovlarsiz ayirbosh qilinadigan, qarz majburiyatlarini qoplashda qo’llaniladigan umumiy qabul qilingan to’lov vositasi. Pul massasining hajmi ko’pchilik iqtisodiy ko’rsatkichlar bilan bog’liq hamda har birimizning va umumiy iqtisodiyotning farovonligida aks etadii. Fanning ikkita yakunlovchi qismi iqtisodiyotda pullarning rolini o’rganishga bag’ishlangan.
Pul va iqtisodiy sikllar
1981-1982 yillarda AQShda jami tovar va xizmatlarni ishlab chiqarish hajmi keskin kamaydi, ishsizlik hamji esa (mavjud bo’lgan ishchi kuchiga ishsizlar sonining nisbati foizda) 10 % gacha o’sdi. 1982 yilda iqtisodiyotda tez o’sish boshlandi va 1989 yilga kelib ishsizlik hajmi 5%gacha kamaydi. 1990 yilda sakkiz yillik iqtisodiy o’sish davri tugadi va ishsizlik soni yana 7% gacha o’sdi. 1991 yilda AQSh tarixida eng uzun bo’lgan jonlanish davri bo’lib, ishsizlik ko’rsatkichi 4% gacha pasaydi. 2001 yilning martida iqtisodiyotda faollikning pasayish davri boshlandi va ishsizlikning hajmi 6%gacha ko’tarildi. Ishsizlik darajasi 4,4% gacha pasayish orqali iqtisodiyot 2001 yil noyabr oyidan boshlab tiklanishni boshladi. 2007 yil dekabr oyidan boshlab iqtisodiyot retsessiya holatiga tushdi va 2009 yil iyun oyida iqtisodiyot sekinlik bilan tiklanishdan oldin ishsizlik darajasi 10%dan oshib ketdi.
Nima sababdan AQSh iqtisodiyoti shunday keskin o’zgarishlarni boshdan kechirdi? Faktlar shundan dalolat beradiki, iqtisodiyotda tovar va xizmatlar hajmining kamayishi yoki ortishi orqali pullar iqtisodiy tsikllarini shakllantirishda asosiy rolni o’ynaydi. Iqtisodiy tsikllar har birimizning farovonligimizga ta’sir ko’rsatadi. Masalan, ishlab chiqarish oshsa, ish topish oson bo’ladi, aksincha, ishlab chiqarish pasaysa, ish topish qiyinlashishi mumkin. 3-rasmdagi grafik 1950 yildan 2011 yillar oralig’ida pul massasining o’sishi dinamikasi ko’rsatilgan. Shtrixlangan ma’lumotlar tovar va xizmatlarni ishlab chiqarish hajmini tushishiga to’g’ri kelib, retsessiya holatini ko’rsatadi. Ko’rishimiz mumkinki, pul massasining o’sishi iqtisodiy tsikllarni xarakatga keltiruvchi kuch ekanligi retsessiya sodir bo’lishidan oldin pul massasi kamayganligida ko’ringandir. Lekin xar bir pul massasining pasayish davri iqtisodiy tushish davri bilan mos kelmagan. Ushbu fanda pul va monetar siyosat qanday qilib iqtisodiyotga ta’sir qilishi mumkinligini tadqiq qilamiz, shuningdek, pul miqdori va monetar siyosatdagi o’zgarishlar yalpi iqtisodiy faoliyat va inflyatsiyaga bog’liqligini ko’rsatuvchi monetar nazariyani o’rganamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |