1 2 3 4
5 6 7 8
9 10 11
5.1-rasm. Marketing boskichlari.
6-boskich - maxsulotni bozorga kiritish. Buning eng muxim sharti bozorga chikishning eng makbul yulini tanlash bilan birga, narx siyosatini xam belgilashdir.
7-boskich - reklamayu bozorda uylab samarali ish yuritmay muvaffakiyatga erishib bulmaydi. Tovar xakida xaridorlarga axborot berish va uni sotib olishga undash - murakkab va ma’suliyatli vazifa bulib, u bilan bir vaktda savdoni ragbatlantirish xakida xam gamxurlik kilish kerak.
8-boskich - maxsulot assortimentini boshkarish. Talab xaridorning assortiment uzgarishiga talabi uzgarishini urganish. Assortimentni uzgartirish, bozorga taklif etilgan dastlabki variantga tuzatish kiritish.
9-boskich - savdo faoliyatini boshkarish. Savdo, ikni tashish, yuklarni kadoklashga aloxida e’tibor beriladi.
10-boskich - savdodan keyingi xizmat kursatish, iste’molchiga servis xizmati kursatish, tovardan foydalanishda kumaklashish.
11-boskich - marketing faoliyatini nazorat kilish. Butun faoliyat dasturini nazorat kilish. Oxirgi boskichning tugashi, birinchi boskichning boshlanishini bildiradi.
Marketing strategiyasini bilish «marketingni boshkarish» tushunchasiga ta’rif berishga imkon yaratadi. Marketingni boshkarish - bu ishlab chikarish va bozorni foyda olish, savdo xajmini oshirish, bozordagi xissasini oshirish maksadida xaridorlar bilan foydali ayirboshlashni ta’minlash, mustaxkamlash maksadida urganish va taxlil etishdir.
Biznes rejalarda marketing strategiyasini shakllantirish maksadida kuyidagi savollarni yoritilishi shartdir:
-Tanlangan bozor xakida ma’lumotlar;
-Tanlangan bozor segmentlari;
-Tanlangan bozor xajmi va usishi sur’atlari;
-Tanlangan bozor rivojlanish tendentsiyasi
-Rakiblar: nomi; xajmi; bozordagi xissasi; afzalligi va kamchiliklari; biznes tendentsiyasi ,tugri va yondashma rakobatni baxolash; Bular korxonaning kay darajada rakobatbardoshligani bildiradi.
-Xaridorlar, ularning maxsulot tugrisidagi fikrlari, sotib olishning asosiy sabablari;
-Xaridorlar, bozor segmenti buyicha maxsulot realizatsiya xajmi va foyda taxlili;
-Korxonaning xozirgi kundagi va kelgusida kuzlangan bozordagi xissasi;
-Kafolat va sotishdan keyingi xizmatlar soxasidagi siyosati;
-Baxo va kredit siyosati;
-Reklama strategiyasi va uni, bozorda xarakat kilish usuli;
-Maxsulot (kursatilgan xizmat)lar uchun marketing sarflari;
-Joylarni tanlash taxlili;
-Marketinning tadkikotlar utkazishning anik usullari;
-Baxoni shakllanishi, bozor taxlilidan kelib chikib uni belgilash, ishlab chikarilayotgan maxsulot va kursatilaetgan xizmat xarajatlariga asoslash;
-Tovarlar tashki kurinishi, maxsulotlar sifatga tavsifnomasi;
-Maxsulotni taksimlash usuli va yullari.
-Sotish strategiyasi;
-Imkoniyatli xaridorlar soni va ularni kaerda joylanishi;
-kaysi bozorlarni tugridan-tugri sotish buyicha kamrab olish mumkin, kaysilarini tovar xom ashyo birjalari, brokerlar va distribyutorlar orkali;
-kay tartibda reklama tanlangan va bozorga moslashtirilganmi.
Yukoridagi ma’lumotlar ilmiy jixatdan asoslangan bulishi foydadan xoli emas.
Bozorni tadqiq qilish - marketing tadqiqotlarining ma’lum bir qismidir, xolos. Faqatgina shartli ravishdagina ularni marketing tadqiqotlarining asosi deb kabul qilish mumkin. Bozorni tadqiq qilish jarayonida quyidagilar aniqlanadi:
bozorga kiritilayotgan yoki unda mavjud bo’lgan mahsulotning mumkin bo’lgan sotish miqdori;
tovarning iste’mol xususiyatidagi va boshqa xarakteristikalarining o’zgarishi tendentsiyasi;
yoshi, jinsi, xududiy, ijtimoiy, oilasidagi kishilar soni, uzini tutishi, daromadi darajasi bo’yicha iste’molchilar guruhini aniqlash;
assortimentni rejalashtirishda, sotish va reklamani tashkil qilishda xaridorlarning istagini aniqlash;
mahsulotning sotilishi miqdori, uning umumbozor sigimidagi ulushi (xududlar va segmentlar bo’yicha xam);
firmaning raqobatdoshligini va uning bozordagi urni.
Ko’rinib turibdiki, bozor to’g’risidagi ma’lumotlar miqdori katta va turli xarakterga ega. Shuning uchun bozorni tadqiq qilishda turli bilim sohalarining mutaxassislari qatnashadilar va bu tadqiqotlar ancha kimmatga tushadi, lekin firmalar bozorni iloji boricha tezrok uzlashtirish maqsadida xarajatlardan qochmaydilar, chunki raqobatchilar bozorda yangi raqobatchi paydo bulishini oldini olish uchun karshi choralar kuradilar. Shuning tadqiqotlar jarayoni, ayniksa, uning natijalari olinganidan keyin va firma ularni marketing konsepsiyasini asoslash uchun kabul kilingandan sung tovarni sinovli sotishni tashkil qilish boshlanadi. Bu jarayonning asosiy vazifasi, firmaning bozordagi samarali urnini aniqlovchi uziga xos omillarni o’rganishdir.
Bozorni marketing nuqtai nazaridan o’rganish uz oldiga kompaniyalar, firma (korxona) tovarlarini samarali sotish imkonini, uning kengayish uchun yangi segmentlar, sifatini yaxshilash, zaxiralar va yangi tovarlar yaratishni, iste’molchilar talabini qondirish va yuqori foyda olishni maqsad qilib kuyadi. Bu maqsadni amalga oshirish uchun chukur marketing tadqiqotlari amalga oshiriladi. Bozorni marketing nuqtai nazaridan tadqiq qilishning vazifasi, ishlab chiqarish va unda chikadigan tovarlarning bozor va iste’molchining yuqori talablariga moslashtirishdan iborat.
Do'stlaringiz bilan baham: |