Toshkent moliya instituti baholash ishi va investitsiyalar kafedrasi


Loyiha marketingi dasturi va byudjeti. Loyihani amalga oshirish jarayonida marketingni boshqarish



Download 0,85 Mb.
bet65/197
Sana30.06.2021
Hajmi0,85 Mb.
#105374
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   197
Bog'liq
cJKVCKrMgizUYe3ap34s03Mp7bj5irCe

3. Loyiha marketingi dasturi va byudjeti. Loyihani amalga oshirish jarayonida marketingni boshqarish.
Marketing - bu ayni paytda biznes falsafasi hamda faol jarayondir. U harakatdagi jarayon sifatida bozor iqtisodiyotining aniq faoliyat ko’rsatishi uchun zarur bo’lgan bir qator vazifalarni hal qiladi.

“Marketing” - so’zi keng tarqalgan bo’lsada, asosan quyidagi uch jihatda namoyon bo’ladi: reklama, sotishni rag’batlantirish va xaridorga ta’sir ko’rsatishdir, ya’ni boshqacha qilib aytganda mavjud bozorlarni egallab olish uchun foydalaniladigan savdoning o’ta muhim vositalari majmuasidir. Shu bilan bir qatorda, marketing birinchi navbatda va eng merkantilistik ma’noda asosan ommaviy iste’molchilar bozorida ko’proq, yuqori texnologiyalar, moliyaviy, ijtimoiy va madaniy xizmatlar kabi sektorlarda esa kamroq qo’llaniladi.

Marketing - faqatgina katta korxonalarning imkoniyatiga to’g’ri keladigan bozorni tahlil qilish (sotishni bashorat qilish usullari, bozorning imitatsion modellari va tadqiqotlari kabi) vositalari majmuasi bo’lib, ular ehtiyojlarni va talabni tahlil qilishga istiqbolli va ilmiy yondashuvni ishlab chiqish uchun foydalaniladi. Tanqidchilar bunday qimmatbaho usullarning ishonchliligi va amaliy ahamiyatini unchalik ochiq-oydin emas, deb hisoblaydilar.

Marketing - bu iste’mol jamiyatining arxitektoridir, ya’ni bu xaridorlar iste’molchilarni tijoriy jihatdan ekspluatatsiya qiladigan bozor tizimidir. Tobora ko’proq va yanada ko’proq tovar sotish uchun yangi ehtiyojlarni muttasil tashkil qilib borish lozim.

Bunday o’ta soddalashtirilgan qarashlar ortida marketing konsepsiyasining uch jihati yotadi: faol jihat (bozorga kirib borish), tahliliy jihat (bozorlarni tushunish) va g’oyaviy jihat (fikrlash shakli). Marketingni uning faol jihatidan tushunish, ya’ni marketingga bir necha sotish usullari sifatida qarash (operatsion marketing) tendentsiyasi ko’p uchraydi va uning tahliliy jihatiga (strategik marketing) etarlicha baho berilmaydi.

Marketingga bunday qarash marketing va reklama hamma narsaga qodir, ular bozorni qudratli kommunikatsiya usullari yordamida istalgan narsani qabul qilishga majbur qila oladi, degan mavhum fikrga asoslangandir. Bunday sotish usullari ko’pincha xaridorlarning real ehtiyojlarini qondirish istagiga mutlaqo bog’liq bo’lmaydi. Asosiy e’tibor sotuvchining ehtiyojlariga, ya’ni savdoni amalga oshirishga qaratiladi. Shuning uchun marketingni strategik jihatdan ishlab chiqish va marketing strategiyasini tushunish muhim ahamiyatga ega.

Marketing strategiyasi firma imkoniyatlarining bozordagi holatga muvofiqlashtirish, qo’yilgan maqsadlarga erishishning kompleks vositalarini belgilashdan iborat. Amerikalik etuk iqtisodchi olim I. Ansoffning fikricha, strategiya o’z mohiyati va jihatidan tashkilotning o’z faoliyatida qaror qabul qilish jarayonida qo’llash uchun mavjud bo’lgan qoidalar majmuiga aytiladi.

Strategiya bir muncha qiyin va mavhumlashtirilgan amaliy faoliyat falsafasi sifatida namoyon bo’ladi. U aniq sharoitda va o’zgarishlar ta’sirida oydinlashtirilib orientirlarga aylanadi. Tegishli davr mobaynida, qisqa muddatda, tegishli sharoitni kelib chiqqan holda qabul qilinadigan qarorlarda, tavakkalchilik siyosatida (uni xavf-xatar darajasiga ko’ra) uslublar yig’indisi - taktikasi tarzida ushbu strategiyani amalga oshiradi. Umumlashtirib aytganda, marketing strategiyasi o’zaro bir-biri bilan asoslangan besh asosiy jihat bilan tavsiflanadi: bozorni tanlash, maqsadni tanlash, mablag’ va muddatlarni tanlash, samaradorlikni nazorat qilish, muqobil strategiyani tanlashdan iboratdir. Bu holda iste’molchilar tamoyilini ham ko’rib chiqsak bo’ladi. Aslida marketing asosini, uning konsepsiyasini tashkil qiluvchi nazariya yoki g’oya mutlaqo boshqachadir. U iste’molchining ustivorlik tamoyilidan kelib chiqadigan shaxsiy tanlash nazariyasiga asoslanadi. Ushbu yondashuv nuqtai nazaridan qarasak, marketing - o’n sakkizinchi arsning oxirida klassik iqtisodiyot tomonidan ilgari surilgan tamoyillar menejmentining ijtimoiy ifodasi va operatsion atamalarga qilingan tarjimasining aynan o’zidir.

Bozor iqtisodiyoti sharoitida to’rtta markaziy g’oyani ko’rishimiz mumkin:

-insonlar hayotdan manfaat olishga intiladilar. Aynan shaxsiy manfaatning ko’zlanishi kishilarni mehnatga undaydi, o’sishning, shaxsiy kamolotning harakatlantiruvchi kuchi vazifasini o’taydi va oxir-oqibatda butun jamiyatning farovonligini belgilab beradi;

-manfaatlarning xarakterini did, madaniyat, qadriyatlar va hokazolarga bog’liq bo’lgan shaxsiy qarashlar belgilaydi. Bu tanlovning muhimligi yoki oddiyligi haqida yoki “haqiqiy” yoki “yolg’on” ehtiyojlar deb nimani tan olish haqida fikr yuritish uchun jamiyatdagi milliy, ahloqiy va ijtimoiy qoidalarni hurmat qilishdan boshqa hech qanday asoslarga yo’l qo’yilmaydi.

-aynan erkin va raqobatli ayirboshlash yordamida kishilar va ular bilan hamkorlik qiladigan tashkilotlar o’z maqsadlariga erishadilar. Agar ayirboshlash erkin bo’lsa, u faqat ikkala tomon uchun ham foydali bo’lgan taqdirdagina amalga oshadi, agar ayirboshlash raqobatli bo’lsa, u holda ishlab chiqaruvchilarning bozordagi pozitsiyasini suiist’emol qilish xavfi cheklangandir;

-bozor iqtisodiyoti mexanizmlari shaxsiy erkinlik tamoyiliga va ayniqsa iste’molchining ustivorlik tamoyiliga asoslangandir. Tizimning ahloqiy negizi kishilarning o’z hatti-harakatlari uchun javobgar ekanligini hamda o’zlari uchun nimaning yaxshi va nimaning yomon ekanligini o’zlari hal qilishlariga asoslanadi.


Download 0,85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   197




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish