Toshkent moliya instituti baholash ishi va investitsiyalar kafedrasi


-mavzu. Loyihaning biznes-rejasi va uning tarkibiy tuzilishi



Download 0,85 Mb.
bet53/197
Sana30.06.2021
Hajmi0,85 Mb.
#105374
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   197
Bog'liq
cJKVCKrMgizUYe3ap34s03Mp7bj5irCe

4-mavzu. Loyihaning biznes-rejasi va uning tarkibiy tuzilishi.
Reja:
1. Biznes-rejalashtirishning mohiyati va vazifalari. Biznes-rejaning funktsiyasi va tarkibiy tuzilishi.

2. Biznes-rejaning umumiy ma’lumotlari va rezyumesi. Biznes-rejaning asosiy bo’limlari. Investitsion loyihalashtirishda biznes-rejaning xususiyatlari. Biznes-reja taqdimoti.

1. Biznes-rejalashtirishning mohiyati va vazifalari. Biznes-rejaning funktsiyasi va tarkibiy tuzilishi.
Siz biznesga birinchi kadam kuyayotgan paytingizda yoki yangi bir loyixani amalga oshirish jarayonida kuyidagi kiyinchiliklarga duch kelasiz:

Birinchidan — moliyaviy mablaglarning etishmasligi;

Ikkinchidan — oldindan belgilanmagan, kutilmagan xolatlar ko’pligi.

Bular sizning korxonangizni tanlangan yuldan borishga imkon bermasligi mumkin. Bunday noxush xolatdan chikishning yuli oldindan uz maksadini qog’ozga belgilash,baxolash va prognozlash, bu uz navbatida usha biznes reja tuzishdir. Biznes reja keng, xar tomonlama anik tizimga tushirilgan va chukur uylab tayyorlangan xujjat bulib, u firmani kay maksadga xarakat kilayotganligi, kuzlangan maksadga kaysi yullar bilan erishish va kuzlangan maksadga erishgandan sung natija kanday buladi demak savollarga javob topiladi. Bu kulay, umumiy olingan, xisoblanib loyixani imkoniyatlari buyicha tula ma’lumot beradi. Biznes reja korxona (firma)ning strategik istikbolini belgilab beradigan asosiy xujjat xisoblanadi va uni 3-5 yilga tuzishni tavsiya etiladi.Biznes rejaning birinchi va ikkinchi yillariga kursatkichlarni (topshiriklarni) kvartallarga taksimlangan xolda berilishi maksadga muvofik xisoblanadi va fakat uchinchi yildan boshlab yillik kursatkich (topshirik)lar bilan chegaralanish mumkin.Biznes reja kuyidagi asosiy masalalarni xal etadi, ya’ni:

- tadbirkorlarga korxona (firma)lar strategiyasini ishlab chikish uchun asosi bulibgina kolmay, uni muvaffakiyatli amalga oshishiga kafolat xam beradi;

- bozor ikgisodiyoti sharoitida tadbirkorlik faoliyatini tashkil etish, tartibga solish va bajaralishini nazorat kilishning asosiy kuroli bulib xizmat kiladi;

- tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish jarayonida tusatdan yuzaga kelgan salbiy xolatlar yuzasidan tadbirkorlarni ogoxlantiriladi va ularni uz vakgida bartaraf etish tadbirlarini ishlab chikishga yordam beradi;

- tadbirkorlik faoliyati yuzasidan banklar, investorlar va karz beruvchilarga tegishli ma’lumotlar olishga imkon beradi.

Bundan tashkari biznes reja tuzib chikishning ikkita asosiy sababi mavjud:

- tashkaridagi sarmoyadorlarni sizning biznesingizni maksadga muvofikligi xakida yoki ssuda berishga ishonch xosil kildirish,

- kuzlangan maksadni saklab kolishga yordam berish, tusatdan yuzaga kelgan xolatlarda tanlangan maksaddan voz kechmaslikni ta’minlash.

Bu yana rejada belgilangan barcha vazifalarning tula bajarilishini xam anglatadi:

- Biznes-reja boshkaruvchiga tanglik xolatlarini tugri baxolash imkonini beradi va undan olib chikib ketish yullarini kursatadi. Bu uz navbatida boshkaruv samaradorliginiig ortishini xarakterlaydi;

- qushimcha ma’lumot kelib tushishi va ma’lum tajribaga ega bulish bilan maksad va vazifa moslanib olinadi. Biznes rejaning bosh maksadi - firmaning kuzlagan maksadiga erishishi, reja-ikgisod bulimi xodimlariga va sarmoyadorlarga tanlangan yulning maksadga muvofikligini kursatib berishdir.

Bundan tashkari biznes reja tadbirkorlarning kuyidagi savollariga javob xam beradi:

- biznesning joriy xolati (biz kaerda turibmiz);

- kuzlangan maksad (kaysi tomonga xarakat kilmokdamiz);

- eng kulay yul (maksadga kanday erishamiz).

Bunda shuni xulosa kilishimiz mumkinki, biznes rejada xozirgi xolatda kuzlagan maksadga erishishning samarali yulllari kursatilishi, joriy maksadlarga erishishi va urta va uzok davrlardagi vazifalari xal etilishi aks ettiriladi.

Xulosa kilib aytishimiz mumkinki, biznes reja tadbirkorlarning ish kuroli bulib, rivojlanayotgan kichik-urta biznes,xususiy va yakka tadbirkor, firmalar faoliyatida katta axamiyatga ega. Biznes reja xakida gap yuritishdan oldin biznesni baxolash bosh rolni uynaydi. Bu erda biz biznesni taxlil etishimiz lozim.

Biznes reja – bu biznesni amalga oshirish rejasi hisoblanadi. Unda firma to’g’risida, ishlab chiqariladigan tovar to’g’risida, ishlab chiqarishni tashkil etish to’g’risida, mahsulotni sotish bozori to’g’risida va umuman ishlab chiqarishni tashkil etish va uning samaradorligini asoslash bilan bog’liq ma’lumotlar aks ettirilishi kerak.

Biznes-rejani ishlab chiqishdan maqsad firmaning xo’jalik faoliyatini qisqa yoki ma’lum bir muddatga bozor talablari va kerakli resurslarni jalb qilish imkoniyatlaridan kelib chiqqan xolda rejalashtirish hisoblanadi.

Biznes reja tuzilishi ish yurituvchi, mulkdor va sarmoyador uchun manfaatlidir. Ular kuyidagi savollarga tula javob beradi:

Firma loyixa imkoniyatlarini baxolashda, loyixa kelgusida tijorat va moliyaviy yutuk keltiradimi?

Firma va byudjet tula faoliyati yuzasidan maksadni belgilashda. Bundan firmaning kanday umumiy vazifasi mavjud va uni kelgusida rivojlanishi kanday? Byudjet uning tuzilishi,daromadi va xarajati xakida tula tushuncha mavjudmi?

Zarur bulgan sarmoya maksadini aniklash? Rejalarni bajarish uchun kanday mikdorda mablag kerak buladi?

G’oyaga aniklik kiritishning oxirgi yakuniy xujjati bu biznes reja xisoblanadi. U uzida taxlil natijalari, g’oya va tusatdan yuzaga kelgan fikrlarni umumlashtiradi. Faoliyat yuzasida tula ma’lumot beradi.

Amaliyotda tanishtirish (prezentatsiya) va taxlil utkazishda, pul olishga yordam beradi. Yaxshi ishlab chikilgan biznes reja tula kafolat bermasada pul olishga yordam beradi. Sarmoyador biznes rejadan axborot manbai sifatida foydalanadi. Shu asosda faoliyatni baxolaydi.

Loyixa tavakkalchilik va likvidlik darajasini aniqlaydi..

Boshkaruv sifati kup xolatlarda kredit uchun kafolat omili bulib xizmat kiladi. Ayrim xolatlarda pul berish yuzasidan karor kabul kilinishicha asosiy bulim biznes rejaning mazmuni emas, uning takdim etilishi va rasmiylashtirilishi xam axamiyat kasb etadi.

Demak, biznes rejani ishlab chikishdan asosiy maksad — firma faoliyatini kelgusi davr va ayrim olingan davrdagi bozor extiyojlari va zaruriy manbalar olish imkoniyatlaridan kelib chikishdir. Biznes rejalar tadbirkor uchun kuyidagi asosiy vazifalarni xal etishda yordam beradi:

- firma faoliyati asosiy yunalishi, bozor maksadlari va firmaning bozordagi urnini aniklash.

- firmaning uzok muddatli va kiska davr maksadlari, strategiyasi, taktikasini amalga oshirishga erishishni belgilab berish.

- firmaning iste’molchilarga tavsiya etadigan tovar (xizmat)lar tarkibini tanlash va asosiy kursatkichlarni aniklash.

- kadrlarga kuyilgan talablar va ularning uz vazifalariga mos kelishini baxolash.

- bozorni urganish buyicha firma marketing tadbirlarini tarkibini, reklama, realizatsiyani ragbatlantirish, baxoni shakllantirish va realizatsiya yullarini aniklash.

- mavjud material va moliyaviy mablaglardan kelib chikib firmaning material va moliyaviy xolatini baxolash.

- biznes rejani muvaffakiyatsizligaga ta’sir etuvchi omillar xakida ogoxlantirish.

Biznes – reja bir necha muhim vazifalarni bajaradi. Biznes – rejani tayyorlash jarayoni fikrlashni jonlantiradi, tadbirkorni puxtalik bilan uylashga va o’z ishini turli nuqtai nazardan tahlil qilishga, haqiqiy imkoniyat va qiyinchiliklarni baholashga majbur qiladi.

Ikkinchi vazifa – nazorat. Qog’ozda bayon qilingan reja kelgusi nazoratlarda va erishilgan natijalarni baholashda har doim ishlatilishi mumkin. U korxona faoliyatini kelgusi yaxshilashga asos bo’lib hizmat qiladi.

Uchinchi asosiy vazifa – jamg’arish. U boshqa jismoniy va yuridik shaxslardan pul mablag’larni jalb qilishga imkoniyat yaratadi. Biznes – reja potentsial qarz beruvchini, aktsioner, sarmoyadorni hamda iste’molchini, ta’minlovchilarni ushbu korxona bilan (ishbilarmon bilan) tijorat aloqalarida foyda olishga ishontirishi kerak.

Quyidagilar biznes-rejaning asosiy vazifalari hisoblanadi:

firmaning qisqa va uzoq muddatli maqsadlarini, unga erishishning taktika va strategiyasini aniqlab olish;

firmaning aniq faoliyat yo’nalishlari va qaysi bozorlarda faoliyat ko’rsatishi va bu bozorlarda firmaning o’rni qanday bo’lishi kerakligini belgilab olish;

firma tomonidan iste’molchilarga taklif qilinishi rejalashtirilgan tovar va xizmatlar assortimentini va uning ko’rsatkichlarini aniqlash;

ishlab chiqarish va noishlab chiqarish xarajatlarini baholash;

maxsulot bahosini shakllantirish, mahsulot sotilishini rag’batlantirish va bozorni o’rganish bilan bog’liq marketing tadbirlari tarkibini aniqlash;

firmaning moliyaviy holati va qo’yilgan maqsadga erishish uchun mavjud moliyaviy va material resurslarning mos kelish imkoniyatlarini baholash va boshqalar.

Jahon tajribasida biznes-rejani tuzish bosqichlari va uning tashkiliy qismlari aniq belgilanadi.

Asosiy yo’nalishni saqlagan holda,boshqa bo’limlarga axborotni ko’chirishni yoki ularni birlashtirish hisobiga bo’limlar soni kam bo’lishi mumkin.

Korxonani rahbari yoki menedjeri biznes-rejani ishlab chiqarishning aniq sxemasi, uning tartibi va bayoni, xajmi, axborot ustunligini tanlashda quyidagi omillarga alohida etibor berishi kerak bo’ladi:

- korxona statusi va katta - kichikligi (kichik biznes);

- rejalashtirish faoliyatining bosqichlari (biznes boshlanishi, ya’ni, yangi ishlab turgan korxona faoliyatining davomi);

- rejaning maqsadli yo’nalishi (asosan ichki ishlarga yoki qarz va sarmoya olishga);

- biznes xususiyati va qiyinchiligi, xuddi shunday u yoki bu masalalarni ishlab chiqishdagi iborasi;

- kerakli ma’lumot va axborotni borligi;

- boshqa mutaxassislarning yordamiga muhtojligi va boshqalar.

Biznes reja tuzish — korxonani oldindan belgilab olgan strategiyasi va taktikasi asosida moliyaviy ikgisodiy axvolini taxlil etish va baxo berish jarayonidir. Yuzaga kelgan xisobotga baxo berish jarayonida kuyidagi savollarga javob berilishi kerak:

-korxonaning tarmok ichida tutgan urni kanday?

-korxona faoliyat kursatadigan bozor xarakteri kanday?

-korxona mavjud bozorning kancha kismini egallashni xoxlaydi?

-kanday sezilarli uzgarishlar bulishi mumkin?



Download 0,85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   197




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish