— vositachilik va topshiriq shartnomalari hamda vosi-
tachilik xizmatlari ko‘rsatishga oid boshqa shartnomalar
bo'yicha vositachilik xizmatlari ko'rsatadigan yuridik shaxs
lar uchun — ko'rsatilgan xizmatlar uchun pul mukofoti
summasi;
— tayyorlov, ta’minot-sotish tashkilotlari uchun — rea
lizatsiya qilingan tovarlaming xarid qiymati bilan sotish
qiymati o'rtasidagi farq sifatida hisoblab chiqarilgan yalpi
daromad;
— lotereya o'yinlarini tashkil etish bo'yicha faoliyatni
amalga oshirish doirasida yuridik shaxslar uchun — o'yin
chiptalarini ularda ko'rsatilgan narx bo'yicha tarqatishdan
tushgan tushum.
2) asosiy faoliyatdan boshqa daromadlar.
Quyidagilar asosiy faoliyatdan boshqa daromadlarga ki-
ritiladi:
a) undirilgan yoki qarzdor e’tirof etgan jarimalar,
penyalar hamda xo'jalik shartnomalarining shartlarini buz-
ganlik uchun boshqa jazo turiari, shuningdek, yetkazilgan
zararlami qoplash bo'yicha daromadlar;
b) hisobot yilida aniqlangan, o'tgan yillardagi daromad
lari;
d) mikrofirma va kichik korxonalar huzuridagi oshxo-
nalardan tushumlar, yordamchi xizmatlardan daromadlar
singari bevosita mahsulot (ishlar, xizmatlar) ishlab chiqa
rish va sotish bilan bog'lanmagan operatsiyalardan boshqa
daromadlar;
e) mikrofirma va kichik korxonaning asosiy fondlari va
boshqa mol-mulkini sotishdan daromadlar;
f) kreditorlik va debitorlik qarzini qonun bilan belgilan
gan tartibda hisobdan chiqarishdan olingan daromadlar;
g) tovar-moddiy boyliklami qo'shimcha baholash.
Tovar-moddiy boyliklami qo'shimcha baholash sum
masi mahsulot (ishlar, xizmatlar) sotilishiga qarab soliq
solinadigan yalpi tushumga kiritiladi;
h) tekin moliyaviy yordam, shu jumladan, tekinga olin
gan mol-mulk;
i) boshqa operatsion daromadlar.
3) moliyaviy faoliyatdan daromadlar.
Moliyaviy faoliyatdan olingan daromadlar tarkibiga
quyidagi daromadlar kiritiladi:
a) olingan royalti;
b)
0 ‘zbekiston Respublikasi hududi va undan tashqari-
da boshqa xo'jalik yurituvchi subyektlar faoliyatida ulushli
ishtirok etishdan olingan daromadlar, aksiyalar bo'yicha
dividendlar hamda mikrofirma va kichik korxonaga tegish
li bo'lgan obligatsiyalar va boshqa qimmatli qog'ozlar
bo'yicha daromadlar;
d) mol-mulkni uzoq muddatli ijara (lizing)ga berishdan
daromad (maija);
e) chet el valutasidagi operatsiyalar bo'yicha kursdagi
farqdan daromadlar;
0 qimmatli qog'ozlar, shu’ba korxonalar va hokazolarga
qo'yilgan mablag'lami qayta baholashlami o'tkazishdan
daromadlar;
g) moliyaviy faoliyatdan boshqa daromadlar.
Do'stlaringiz bilan baham: