Yagona sotiq to'lovi,
Mikrofirmalar va kichik korxo-
uning to'lovchilari va
nalami jadal
rivojlantirishni
L°‘
4
°cbh" tr *n-kibi9a
yanada rag‘batlantirish hamda
kiritisn mezoni
J
. л
. . . .
. ,
uning mamlakat lqtisodiyotida
ahamiyati va ulushini tubdan oshirish maqsadida 0 ‘zbe-
kiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 20-iyundagi
РҒ-3620-sonli «Mikrofirmalar va kichik korxonalami rivoj
lantirishni rag‘batlantirish borasidagi qo'shimcha chora-
tadbirlar to‘g‘risida»gi farmoniga muvofiq 2005-yilning
1-iyuldan boshlab O'zbekiston soliq tizimida kichik biznes
subyektlarining ba’zi toifalari uchun yagona soliq to'lovi
joriy qilindi.
U bir xillashtirilgan bo'lib, quyidagi majburiy to'lovlarni
to'lash o'miga joriy qilingan:
— yagona soliq;
— budjetdan tashqari Pensiya jamg'armasi;
— Respublika yo'l jamg'armasi;
— Maktab ta’limini rivojlantirish jamg'armasiga majbu
riy ajratmalar.
Yagona soliq to'lovini to'lovchilar uning summasini
soliq solinadigan baza va tasdiqlangan stavkalardan kelib
chiqqan holda hisob-kitob qiladilar. Bunda soliq organlari-
ga davlat maqsadli jamg'armalariga majburiy ajratmalar
bo'yicha hisob-kitoblar alohida taqdim etilmaydi, shu
ningdek, pensiya, yo'l va maktab ta’limini rivojlantirish
jamg'armalariga majburiy ajratmalar summalari alohida
to'lanmaydi.
Yagona soliq to'lovi faqat kichik biznes subyektlari —
mikrofirmalar va kichik korxonalarga tatbiq etiladi.
Yagona soliq to'lovini to'lovchilar ro'yxati 2007-yil 1-
yanvardan boshlab kengaydi. Jumladan, ular tarkibiga soliq
solishning boshqa tizimini tanlash huquqisiz savdo va umu
miy ovqatlanish korxonalari (Ulguiji savdo korxonalari
uyushmasi tizimiga kiruvchi respublika ixtisoslashtirilgan
ulguiji baza - kontoralari va ulaming hududiy bazalari
bundan mustasno. Ular uchun O'zbekiston Respublikasi
Prezidentining 2006-yil 8-iyundagi «Ixtisoslashtirilgan
ulguiji baza — kontoralami soliqqa tortish tartibini takomil
lashtirish to'g'risida»gi PQ-374-son qarori bilan nazarda
tutilgan soliq solish tartibi saqlab qolinadi); mikrofirmalar
va kichik korxonalar toifasiga tegishli bo'lgan tayyorlov va
ta’minot - sotish tashkilotlari, brokerlik firmalari, komis-
siya shartnomasi (topshirig‘i) bo‘yicha xizmatlar ko'rsa-
tuvchi korxonalar va tashkilotlar; soliq solishning boshqa
tizimini tanlash huquqisiz lotereyalar va tavakkalchilikka
asoslangan boshqa o‘yinlami tashkil etish bo‘yicha faoliyat-
ni amalga oshirish uchun yuridik shaxslar kiritildi.
2007-yil 1-yanvardan yagona soliq to'lovi to‘lovchilari
hisoblangan alkogolli mahsulot ishlab chiqaruvchi mikrofir
malar va kichik korxonalar yagona soliq to‘lovini to'lash
huquqisiz, soliqlar va majburiy to'lovlarni umumbelgilan
gan tartibda to lashga o‘tkazildi. Yer qa’ridan foydalangan-
lik uchun soliq solinadigan foydali qazilmalami qazib olish-
ni amalga oshiruvchi mikrofirma va kichik korxonalarga
yagona soliq to‘lovi tatbiq etilmaydi. Bundan tashqari,
Soliq kodeksining 350-moddasiga ko‘ra yagona yer solig‘ini
to‘lovchilarga, qat’i belgilangan soliqni to'lash nazarda
tutilgan mikrofirma va kichik korxonalarga hamda mahsu
lot taqsimotiga oid bitimlar ishtirokchisi bo'lgan mikrofir
ma va kichik korxonalarga ham yagona soliq to'lovi tatbiq
etilmaydi.
Soliqlar va majburiy to'lovlami umumbelgilangan tar
tibda to'lovchilar hisoblangan xususiy amaliyot bilan
shug'ullanadigan notariuslar esa soliq solishning boshqa
tartibini tanlash huquqisiz yagona soliq to'lovini to'lashga
o'tkazildi.
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2003-yil 30-
avgustdagi «1998-yil 9-apreldagi «Xususiy tadbirkorlik,
kichik va o'rta biznesni rivojlantirishni yanada rag'bat-
lantirish chora-tadbirlari to'g'risida»gi farmoniga o'zgar
tirish va qo'shimchalar to'g'risida»gi PF-3305 sonli far
moniga ko'ra 2004-yilning 1-yanvaridan boshlab kichik
biznes subyektlari tarkibiga quyidagilar kiritilgan:
• yakka tartibda tadbirkorlik faoliyati bilan shug'ulla-
nuvchilar;
• xodimlarining o'rtacha yillik soni:
— ishlab chiqarish tarmoqlarida 20 kishidan;
— xizmat ko'rsatish sohasi va boshqa ishlab chiqarishga
bevosita aloqasi bo'lmagan tarmoqlarda 10 kishidan;
— ulguiji, chakana savdo va umumiy ovqatlanish
sohasida 5 kishidan oshmagan mikrofirmalar;
• quyidagi tarmoqlaming o'rtacha yillik xodimlari
soni:
— yengil va oziq-ovqat sanoati, metallga ishlov berish
va asbobsozlik, yog‘ochni qayta ishlash, mebel sanoati va
qurilish materiallari sanoati 100 kishidan;
— mashinasozlik, metallurgiya, yoqilg‘i-energetika va
kimyo sanoati, qishloq xo'jaligi mahsulotlari yetishtirish va
qayta ishlash, qurilish hamda boshqa sanoat-ishlab chiqa
rish sohalari 50 kishidan;
— fan, ilmiy xizmat ko'rsatish, transport, aloqa, xizmat
ko'rsatish sohasi (sug'urta kompaniyalaridan tashqari),
savdo va umumiy ovqatlanish hamda boshqa ishlab chiqa-
rishga aloqador bo'lmagan sohalar 25 kishidan oshmagan
kichik korxonalar.
Kichik biznes subyektlariga amaldagi soliq qonunchi-
ligiga ko'ra tatbiq etiladigan soliq imtiyozlari va preferen-
siyalar faqat yuqoridagi sanab o'tilgan subyektlarga taalluqli
bo'ladi.
U yoki bu korxonaning yuqorida aytilgan subyektlar
toifalarining birortasiga kiritilish mezoni bo'lib xodimlar-
ning yillik o'rtacha soni, shu jumladan, unitar (sho'ba)
korxonalarda, filiallarda va vakolatxonalarda ishlaydiganlar
soni hisoblanadi.
Yagona soliq to'lovi obyekti (so-
Do'stlaringiz bilan baham: |