1.3.2-chizma. Soliq stavkalarini belgilash mezonlari.
Umuman olganda, soliq stavkalarini tabaqalashtirish so
liq tizimining eng muhim asosiy muammolaridan biri bo‘-
lib, o‘ta nozik va katta ahamiyatga ega bo‘lgan masala
hisoblanadi, chunki unda davlat budjeti va soliq to'lovchi-
laming manfaatlari aks etgan hisoblanadi.
Soliq imtiyozlari
Jah° n soli tizimining asosiy va
ajralmas qismlandan bin - bu
soliq imtiyozlaridir. Har qanday davlat uning xo‘jalik yuri-
tish tizimi qanday bo‘lishdan qat’i nazar davlat budjetini
daromadlar bilan ta’minlashda asosiy vositalardan biri — bu
soliqlar va soliqsiz to'lovlardir. Ammo joriy etilgan soliqlar
sof fiskal shaklda o'rnatilishi mumkin emas. Chunki faqat
budjet manfaati nuqtayi nazaridan o‘rnatilgan soliqlami
amal qilishi uzoq vaqtni o‘z ichiga olmaydi. Shuning uchun
muayyan darajada soliq imtiyozlaridan foydalanish taqozo
etiladi.
Soliq tizimida soliq imtiyozlaridan foydalanishning bir
qator obyektiv ijtimoiy-iqtisodiy sabablari mavjud bo‘lib,
ular quyidagilardir:
— birinchidan, soliq imtiyozlarini mavjudligini asosiy
sabablaridan biri bu soliq toiovchi (yuridik va jismoniy
shaxs)laming jamiyatda tutgan mavqeyi, ijtimoiy holati
turlicha ekanligidan. Shu jihatdan barchaga bir xil tartibda
(miqdorda) soliq solish ma’noga ega bo‘lmaydi;
— ikkinchidan, davlat iqtisodiyotga ta’sir etib, uni tar-
tiblash vazifasini amalga oshiradiki, bunda turli xil dastak-
lardan foydalanadi. Bu dastaklaming asosiylaridan biri —
bu jamiyatdagi ba’zi muhim sohalami yoki soliq toMovchi-
larning faoliyatini rag‘batlantirish maqsadida soliq imtiyoz-
lari belgilanadi. Ya’ni, davlat soliq imtiyozlari orqali iqti
sodiyotni samarali va qulay boshqarish yoki tartiblash
imkoniyatiga ega bo‘ladi, bundan ko‘rinadiki, soliq im
tiyozlari davlatni o'z funksiya va vazifalarini yuzaga chi-
qaruvchi muhim dastak sifatida yuzaga chiqadi;
— uchinchidatt, soliq imtiyozlari qo‘llanilishining asosiy
sabablaridan yana biri bu milliy daromadni qulay, samarali
va oqilona taqsimlashga erishishdan iboratdir. Ya’ni, bun
dan soliqlar sifatida budjetga jalb etilishi lozim bo'lgan
moliyaviy resurslar imtiyoz berish tufayli budjetga jalb etil-
masdan soliq to'lovchilaming o‘zlariga maqsadli ravishda
qoldiriladi. Buning afzallik tomoni shundaki, soliq to'lov-
larini budjetga olish va uni yana qayta taqsimlash ishlarini
osonlashtiradi va ish faoliyat turlarini rag‘batlantirishga
erishiladi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida soliq islohotlarini samarali
yuritish maqsadida soliqlar vositasida ta’sir etish, ular
bo‘yicha imtiyozlarni qoMlash, iqtisodiyotning turli sohala-
rini bir tekis rivojlanishini ta’minlash bilan bogiiq tadbirlar
amalga oshiriladi. Davlat soliq imtiyozlarini qo‘llash orqali
iqtisodiyotning turli sohalariga turlicha ta’sir ko'rsatadi,
ya’ni ayrim rentabelli va norentabelli sohalar o‘rtasidagi
muvozanatni ta’minlash muammosi yuzaga keladi.
Qayd etish joizki, soliq imtiyozlari xususida turli xil fikr-
lar mavjud. Soliq imtiyozlarining mohiyatini to‘laroq
anglab yetish uchun, awalo, ana shu turli xil fikrlami
keltirish maqsadga muvofiq.
Q. Yahyoyev fikriga ko‘ra «Soliq to‘lovchilami soliqdan
ozod etish, ular to‘laydigan soliq miqdorini (soliq bazasini)
kamaytirish yoki soliq to‘lash shartini yengillashtirish soliq
imtiyozidir».1 Shuningdek, ushbu iqtisodchining ta’kid-
lashicha soliq imtiyozi degan termin o‘miga soliq yengilligi
termini bu jarayonning mohiyatini ochib beradi.2 Sh.
Gataulin soliq imtiyozlariga quyidagicha ta’rif beradi: «So
liq imtiyozlari amaldagi qonunlarga muvofiq ravishda
soliqlardan to‘liq yoki qisman ozod qilishdir (skidkalar,
chegirib tashlashlar va hokazo)».3
T. Malikovning ta’kidlashicha soliq imtiyozlari deganda
soliq to'lovchining soliq majburiyatlari hajmining to‘liq
yoki qisman qisqarishi, to'lov muddatining kechiktirilishi
yoki orqaga surilishi tushuniladi.
Soliqlaming rag‘batlantiruvchi funksiyasi soliq imtiyoz
lari tizimi orqali amalga oshiriladi. Soliq imtiyozi soliqqa
tortish obyektining o‘zgarishida, soliqqa tortish bazasining
kamayishida (qisqarishida), soliq stavkalarining pasaytiri-
lishida va boshqalarda o‘z ifodasini topadi. Soliqqa tortil-
maydigan obyekt minimumi, alohida shaxslar va soliq
toMovchilaming ayrim toifalarini soliq to‘lashdan ozod qi
lish, soliqqa tortish obyektidan ayrim elementlarni chiqa
rish, soliq stavkalarini pasaytirish, maqsadli soliq im
tiyozlari, soliq kreditlari (soliqlaming undirilishini kechik-
tirish) va boshqalar soliq imtiyozlarining ko‘rinishlaridir
(turlaridir). Masalan, korxonalar foydasidan olinadigan
soliq bo'yicha imtiyozlar ishlab chiqarishni kengaytirish va
uy-joy qurilishini rivojlantirish xarajatlarini moliyalash-
tirishni, tadbirkorlikning kichik shakllarini, nogironlar va
pensionerlaming bandligini ta’minlashni, ijtimoiy, madaniy
va tabiatni muhofaza qilish sohalarini rag‘batlantirishga
qaratilgandir. Individual xarakterga ega bo‘lgan imtiyozlami
berish, odatda, taqiqlanadi.4
1 Yahyoyev Q. Soliq. Т.: «Mehnat», 1997-y. 20-bet.
2 0 ‘sha joyda.
3 Gataulin Sh. Soliqlar va soliqqa tortish. Т.: 1996-y. 74-bet.
4 Malikov T. Soliqqa tortishning dolzarb masalalari. Т.: 2000-y. 76-bet.
Soliqlaming va ular bo‘yicha beriladigan imtiyozlaming
mavjudligi doimo davlat vujudga kelishi bilan bog'lanib
kelingan. Buyuk Sohibqiron Amir Temur tuzuklarida
ta’kidlanishicha «Soliqlar davlatning iqtisodiy tayanchi va
namoyon bo‘lishidir».'
Agar, Temur tuzuklarida berilgan soliqqa tortish tamo-
yillariga nazar tashlaydigan boMsak, ulaming asosini ham
soliqqa tortishda beriladigan imtiyozlar egallaydi. Unga
muvofiq soliq to‘lovchilardan soliqlami aralashli undirish
soliq siyosatining diqqat markazida turadi. «Temur tuzuk
larida» keltirilishicha «Kimki biron sahroni obod qilsa yoki
poliz qilsa, yoki biron bog* ko‘kartirsa yoxud biron xarob
bo‘lib yotgan yemi obod qilsa, birinchi yili undan hech
narsa olmasinlar, ikkinchi yili raiyat o‘z roziligi bilan
berganini olsinlar, uchinchi yili (esa oliq-soliq) qonun-
qoidasiga muvofiq xiroj yig‘ilsin».2 Bundan ko‘rinadiki,
soliqlardan beriladigan imtiyozlar bevosita davlatni (xazi-
nani) iqtisodiy qudratiga bog‘liq bo‘lib, unda soliq im
tiyozlari bilan budjet (xazina) daromadlarini shakllantirish-
ning o‘zaro bog‘liqligi aks ettirilgan.
Soliqqa tortish nazariyasi va amaliyotida soliq imtiyoz
larining tutgan o‘mi ingliz iqtisodchisi J. Keyns nazariyasi-
da alohida o‘rinni egallaydi. Keynschilar tomonidan soliq
tizimi, aniqrog‘i soliq imtiyozlari makroiqtisodiyot sharoiti
da iqtisodiyotni tartibga solishning tarkibiy elementi sifati
da hamda davlatning tadbirkorlar manfaatiga ta’sir etish va
budjetning daromad qismini to‘ldirish borasidagi muhim
iqtisodiy qurol sifatida qaraladi. Ikkinchi jahon urushidan
keyin g‘arb davlatlarida neoklassik yo‘nalish, institutsio-
nal — ijtimoiy yo‘nalish talablariga mos tarzda soliqqa tor
tish tizimida imtiyozlar nazariyasiga ancha e’tibor berildi.
Mazkur iqtisodiy maktablar nazariy yondashuvlaridagi tub
farqlar boMishiga qaramay ulaming vakillari umumiy tarzda
soliq imtiyozlari orqali iqtisodiyotni barqarorlashtirish va
uni tartibga solish vositasi sifatida qaraganlar. Iqtisodiyotni
boshqarishda soliq imtiyozlari rolini ular quyidagicha ifo-
dalar edi: agar u yoki bu davlatning iqtisodiyoti ortiqcha
ishlab chiqarish bilan xususiyatlanuvchi o‘sish davrini o‘ta-
yotgan boisa, u holda davlat soliq imtiyozlarini kamay-
'Temur tuzuklari. Т.: «ChoMpon», 1991-y. 98-bet.
: 0 ‘sha joyda.
tirish, ya’ni soliqlami ko‘paytirish, soliqqa tortishni ku-
chaytirish orqali korporatsiyalar bo‘sh mablag'larini ko‘p-
roq budjetga jalb qilish lozim, deb hisoblaganlar. Agar
mamlakat iqtisodiyoti turg‘unlik holatini kechirayotgan
bo'lsa, iqtisodiyotni jonlantirish uchun qo'shimcha sarmoya
jalb qilish lozim. Bunda soliq imtiyozlaridan ham keng foy
dalanish zarurati tug‘iladi, degan xulosaga kelishgan. Bu
holatda iqtisodchilar davlatga, soliq miqdorini kamaytirish,
soliq imtiyozlarini ko‘paytirishni maslahat beradilarki, bu
narsa budjetga qo‘shimcha mablag‘lar va kapital qo‘yil-
malar uchun mablag‘lar tug‘ilishiga imkoniyat tug‘diradi.
Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solishning bosh
qa dastaklari qatori soliq siyosati talab va taklif o‘rtasidagi
mutanosiblikka erishish orqali iqtisodiyotda barqaror
taraqqiyotni ta’minlashga qaratilgan. G ‘arb iqtisodchilari
soliq tizimining ahamiyatini davlat faoliyatini amalga
oshirish uchun uni zarur moliyaviy mablag'lar bilan ta’min
lash sifatida ifodalanuvchi sof fiskal vazifa bilan cheklab
qo‘ymaydilar. Ulaming soliq imtiyozlari nazariyasida
soliqlami tartibga solish vazifasiga katta e’tibor beradilar.
Soliqlar davlat tomonidan iqtisodiyotni tartibga solishning
muhim quroli sifatida xo‘jalik yurituvchi subyektlar iqti
sodiy xulq-atvoriga davlat ta’sirini ifodalaydilar. Ammo
bunda soliq imtiyozlari asosiy vosita sifatida qaralishi keng
nazarda tutilgan.
Soliq imtiyozlarini belgilash asosida ishlab chiqarishni
rag‘batlantirish, chet el investitsiyalari kirib kelishini
ta'minlash, ijtimoiy himoyalaslmi tashkil etish, turli
sohalami rivojlanishiga aktiv ta’sir etish muammosi yotadi.
Shu o‘rinda soliq imtiyozlarini belgilash mezonlari xalqaro
soliq munosabatlariga mos kelishi hamda xalqaro iqtisodiy
munosabatlarda davlatning faol ishtirok etishida mosla-
shuvchan bo'lishi lozim.
Bozor munosabatlari sharoitida iqtisodiyotni tartiblash
va boshqarish jarayonida bir qator vositalardan foydalani-
ladiki, bunda soliq tizimining soliq stavkalari va imtiyozla
ridan foydalanish eng samarali va oson usullardan biri
bo‘lib yuzaga chiqadi.
Soliq imtiyozlaridan ishlab chiqarish jarayonini bosh-
qarishda, investitsiyalami rag'batlantirishda va boshqalarda
keng foydalaniladi.
Soliq imtiyozlari rag‘batlantirish va samarali qo‘lla-
nilishiga qarab quyidagi ko'rinishlarda ifodalanishi mum
kin:
• soliqlardan butunlay ozod qilish;
• yangi tashkil etilgan korxonalarga imtiyozlar berish;
• soliq to‘lashdan vaqtincha ozod etish;
• soliqqa tortiladigan bazani kamaytirish;
• soliqdan qisman ozod qilish;
• xorijiy investitsiyalarga imtiyozlar berish;
• eksportga imtiyozlar berish va boshqalar.
Soliq imtiyozlari vositasida iqtisodiyotni boshqarish,
davlatni shunday faoliyati bilan bog‘liqki, u takror ishlab
chiqarish jarayonida vujudga kelgan nomutanosiblikni
yo'qotish uchun sharoit yaratadi. Boshqacha qilib aytgan-
da, agar soliqlaming ba’zi tizimi ishlab chiqarishni tartibga
solishning davlat strategiyasini aniqlasa, taktikasi soliq
imtiyozlari orqali amalga oshiriladi. Soliq imtiyozlarini
soliq subyekti, soliq obyekti, soliqlami undirish vositalari,
muddatlari nuqtayi nazaridan bir necha guruhlarga
(turlarga) bo‘lish mumkin.
Soliq imtiyozlarini turli xil asoslar bo‘yicha guruhlash
mumkin. Ma’lumki, 0 ‘zbekiston Respublikasi soliq tizimi
ni huquqiy bazasi takomillashib bormoqda. Hozirga qadar
qabul qilingan barcha soliqqa oid qonun hujjatlariga e’tibor
beradigan bo‘lsak, ulaming barchasiga soliq imtiyozlarini
belgilash bo‘yicha umumiy o‘xshashliklar mavjudligiga
guvoh bo‘lish mumkin. Ya’ni, barcha qonun hujjatlarida
soliq turiari bo‘yicha imtiyozlar asosan quyidagi shakllarda
namoyon bo'ldi:
• soliqdan batamom ozod etish;
• soliqdan vaqtincha yoki qisman ozod etish;
• soliq bazasini kamaytirish tarzida berilgan.
0 ‘zbekiston Respublikasi Soliq Kodeksida, boshqa
qonunlarda va 0 ‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qaror-
larida belgilangan soliq imtiyozlarini quyidagicha guruhlash
mumkin (1.3.3-chizmaga qarang).
1.3.3-chizmadan ko‘rish mumkinki, 0 ‘zbekiston Res
publikasi soliq qonunchiligida soliq imtiyozlarining eng
so‘nggi turi bu soliq solish usulini tanlash huquqidir. Bu
imtiyoz faqat Soliq Kodeksiga muvofiq berilgan bo'lib,
awalgi soliq qonunchiligida bu imtiyoz ko‘zda tutilmagan
edi. Bu imtiyoz turining mohiyati, asosan, kichik biznes
subyektlariga soliq solishning u yoki bu turini tanlash
huquqi berilganligi bilan ifodalanadi.
Bozor iqtisodiyotiga o‘tish sharoitida soliq tizimini
takomillashtirib borishda, xorijiy mamlakatlarda soliq
stavkalarining qo'llanish mexanizmidan foydalanish,
soliqlami to‘liq va o‘z vaqtida kelib tushishini nazorat qi
lish tajribalarini o‘rganish maqsadga muvofiq bo'ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |