Bog'liq Omonov A.A, Qoraliyev T. M. Pul va banklar. darslik 2019
Investitsiyalami har tomonlama kafolatlash agentligi (IXKA) rivojlanayotgan mamlakatlarga to‘g‘ridan to‘g‘ri investitsiyalarni jalb etishni ragl)atlantirish maqsadida 1988 yilda tashkil etilgan. IXKA a’zo - mamlakatlarga kiritilayotgan investitsiyalami notijorat risklardan, ya’ni investitsiya mulklarini eksproportsiya qilish, siyosiy kataklizma, valyuta konvertatsiyasini bekor qilish, hukumat qarori natijasida kontrakt shartnomalarini bajarilmaslik holatlarini kafolatlaydi. Odatda investitsiyalami 15 yilga, ayrim hollarda 20 yil muddatgacha kafolatlaydi. Kafolatlangan investitsiyalar boyicha muammolar vujudga kelganda ulaming 90 foizi IXKA tomonidan qoplab beriladi. IXKA o‘zining kafolatlash faoliyatini milliy sugYirta kompaniyalari bilan hamkorlikda tashkil etadi.
Investitsion munozaralami tartibga solish boyicha xalqaro markazi (IMXM) 1966 yilda tashkil etilgan bolib, investitsion nizolami arbitraj yordamida, xalqaro huquq mexanizmlari asosida tartibga solish asosida xorijiy investitsiyalami jalb etishga ko‘maklashadi. Shu bois ham ko‘plab investitsiyalar haqidagi kelishuvlar shartida IXKAning arbitraj yordamida hal etishga havola qilinadi. Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki
Fransiyaning sobiq Prezidenti Fransua Mitteran 1989 yilning 25 oktabrda Yevropa parlamentining yig‘ilishida Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki (EETB)ni tashkil etish tashabbusi bilan chiqdi. Shundan soYig 1990 yil 29 mayda Parijdagi kelishuvga asosan EETB ta’sis etildi va bu kelishuv 1991 yil 28 martdan kuchga kirdi.
1991 yil 15-17 aprel kunlari bank boshqaruv kengashining birinchi yigllishi bolib of di va unda bank ta’sischilari bolgan 40 ta mamlakat va 2 ta xalqaro tashkilot, ya’ni Yevropa ittifoqi (El) va Yevropa investitsiya banki (EIB) ishtirok etdi.
ETTB faoliyatining eng asosiy jihatlarini quyidagilarda koTishimiz mumkin. 1991 yilning noyabrida ETTBning Varshava vakolatxonasi ochildi va Estoniya, Latviya va Litva davlatlari bankga a’zoligi tasdiqlandi. Bugungi kunda ETTBning aksiyadorlari 60 mamlakat, El va EIB xalqaro tashkilotlar hisoblanadi. Umumiy imzolangan kapital - 1964 mlrd yevro, tolangan kapital - 5,2 mlrd yevro.
ETTBning faoliyat maqsadi va asosiy vazifasi bozor munosabatlarini rivojlantirish va jahon iqtisodiy integratsiyasini chuqurlashtirish uchun tashkil etish hisoblanadi. Shu nuqtai nazardan ETTBning asosiy vazifasi Markaziy va Sharqiy Yevropa mamlakatlarida, Rossiya va Markaziy osiyo mamlakatlarida rejali iqtisodiyotdan bozor iqtisodiyotiga о Tish jarayonlarini tezlashtirishdan iborat. Bugungi kunda ETTB loyihalari Yevropa va Osiyoning 27 davlatida amal qilmoqda. Boshqa xalqaro moliya tashkilotlaridan farqli olaroq, bank nizomiga asosan loyiha amalga oshirilayotgan davlatlarda ko‘p partiyaviylik, plyuralizm va bozor iqtisodiyoti tamoyillari amal qilishi shart.
ETTB ning investitsiya loyihalari orqali:
sanoatda tarkibiy islohatlar otkazish;
raqobat, xususiylashtirish va tadbirkorlikni rivojlantirish;
moliyaviy tashkilotlar faoliyati va huquqiy tizimni barqarorlashtirish;
xususiy sektomi rivoji uchun infrastrukturani qollab quvvatlash;
korporativ boshqaruv tizimini tadbiq etish, shu jumladan tabiatni muhofaza qilish masalalari moliyalashtiriladi.
ETTBning tarkibiy tuzilishi va faoliyati ustidan boshqaruv kengashi, direktorlar kengashi va bank prezidenti nazorat olib boradi. Boshqaruv kengashi ETTBning yuqori organi bolib, bankning har bir a’zosidan ikkitadan shaxsni boshqaruvchi va uning muovinini o‘z ichiga oladi. ETTBga a’zo mamlakatlar xohishiga qarab, bu shaxslar istalgan vaqtda o'zgartirilishi mumkin.
Direktorlar kengashining 23 a’zosi bolib, uning ikkitasi El va EIB tomonidan; 6 ta direktor AQSh, Buyuk Britaniya, Fransiya, Germaniya, Italiya va Yaponiya tomonidan saylanadi. 15 ta direktorlar saylash bir xil davlatlarga to‘g‘ri keladi: 4 tasi donor mamlakatlar, 5 tasi istisno
tariqasida loyiha amalga oshirilayotgan mamlakatlar tomonidan va 6 tasi donor va loyiha amalga oshirilayotgan davlatlar kelishuviga ko‘ra saylanadi. ETTBni yigllishlarida ovoz berish tartibi aksiyalar ulushiga qarab belgilanadi.
ETTE ustav kapitali tarkibida El va EIBning kvotalari 51 %ni, Markaziy va Sharqiy Yevropa davlatlariniki - 13 %, boshqa Yevropa mamlakatlariniki - 11 %, boshqa a’zo mamlakatlar hissasiga - 24 % kvota to'gri keladi. Bankning kapitali tarkibida eng yuqori ulush AQSh (10 %), Italiya, FRG, Fransiya, Buyuk Britaniya va Yaponiya (8,5 %dan) mamlakatlari hissasiga to‘gri keladi.
ETTBning kredit siyosatiga e’tibor qaratadigan bolsak, asosan a’zo mamlakatlarda ishlab chiqarishni rivojlanti- rish, shuningdek hamkorlikda sindikat kreditlarini berish, korxonalaming ustav kapitaliga investitsiyalar kiritish, qimmatli qog‘ozlami joylashtirishni kafolatlash, mamlakat infrastrukturasini rivojlantirish va eksport-import operatsiyalari bo^icha dasturlami qollab-quwatlash masalalari alohida о Yin tutadi. Mintaqaviy moliya-kredit institutlari
Xalqaro mintaqaviy banklari hisoblangan Amerikalararo taraqqiyot banki (ATB)ning, Afrika taraqqiyot banki (AfTB) va Osiyo taraqqiyot banki (OTB) 1960 yillarda tashkil topgan bolib, ulaming tashkil topishiga qator ijtimoiy-iqtisodiy sabablar mavjud. Xususan: o‘sha yillari kofcchilik mamlakatlarda mustamlaka- chilik tuzumining ag‘darilishi natijasida siyosiy mustaqil- likni qolga kiritilishi, rivojlanayotgan mamlakatlami jahon rivojidagi mavqeini koYarish va yangi iqtisodiy tuzumni joriy etishga bolgan zaruriyatning kuchayib borishi;
XVJ va Jahon banki e’tiboridan chetda qolayotgan xalqaro mintaqaviy ijtimoiy-iqtisodiy masalalarni hal etish;
hududiy mintaqalar iqtisodiyоtini kreditlash uchun ichki moliyaviy resurslardan, shuningdek tashqi manbalardan samarali foydalanish mexanizmini yaratish;
rivojlanayotgan mamlakatlarda mintaqaviy hamkor- likni yolga qo^ish va rivojlantirish, shuningdek iqtisodiy aloqalami mustahkamlash.
Quyidagi jadvalda nomlari keltirilgan banklar o‘rtasidagi asosiy farq ulaming ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy va ma’rifiy daraj alarining turlicha ekanligi, shu bilan birga ulaming geografik joylashuvi va aholining etnik qatlami boyicha harn farq qiladi.
Shu bilan birga, barcha banklaming a’zo mamlakatlari 1/3 qismi rivojlangan mamlakatlar hisoblanadi. Ovoz berish huquqining yuqoriligi tufayli XaTBning har qanday qarori AQSh, OTBning qarori Yaponiya va AQSh tomonidan bekor qilinishi mumkin.
Quyidagi jadvalda uchta mintaqaviy bank haqida ayrim malumotlar keltirilgan.