Bobga oid testlar
1. Bimetalizm tizimining asosiy xususiyati to‘g‘ri keltirilgan
qatorni aniqlang.
A.
Bu pul tizimida davlat qonuniy jihatdan to‘lov vositasi bitta
metallni (odatda faqat oltin) chegaralanmagan miqdorda erkin zarb
qilishga ruxsat beradi.
B. Bu pul tizimida davlat qonuniy jihatdan to‘lov vositasi ikkita
metallni (odatda oltin va kumush) chegaralanmagan miqdorda erkin
zarb qilishga ruxsat beradi.
D. Bu pul tizimida davlat qonuniy jihatdan to‘lov vositasi uchta
metallni (odatda oltin, kumush va mis) chegaralanmagan miqdorda
erkin zarb qilishga ruxsat beradi.
E. Bu pul tizimida davlat qonuniy jihatdan to‘lov vositasi sifatida
qog‘oz pullarni chegaralanmagan miqdorda erkin muomalaga
chiqarishga ruxsat beradi.
2. Pul tizimi deganda nima tushuniladi?
A. Pul tizimining asosini milliy valyuta tashkil etadi va milliy
valyuta orqali tartibga solinadi.
B. Pul tizimining asosini xorijiy valyuta (odatda AQSh dollari)
tashkil etadi va xorijiy valyuta orqali tartibga solinadi.
D. Pul tizimining asosini erkin konvertirlanadigan valyutalar
tashkil etadi va xalqaro valyuta fondi orqali tartibga solinadi.
E. Pul tizimining asosini oltin tashkil etadi va oltin fondi orqali
tartibga solinadi.
3. Haqiqiy pullar to‘g‘ri keltirilgan qatorni aniqlang.
A. Qog‘oz pullar.
B. Kredit pullar.
D. Elektron pullar.
E. Oltin va kumush tangalar.
115
4. Monometalizm tizimining asosiy xususiyati to‘g‘ri keltirilgan
qatorni aniqlang.
A. Ikkita qimmatbaho metall (oltin va kumush) umumiy
ekvivalent vazifasini bajardi.
B. Qog‘oz pullar umumiy ekvivalent vazifasini bajardi.
D. Uchta qimmatbaho metall (oltin, kumush va mis) umumiy
ekvivalent vazifasini bajardi.
E. Bitta qimmatbaho metall (oltin yoki kumush, asosan oltin)
umumiy ekvivalent vazifasini bajardi.
5. Oltin tanga standartining asosiy xususiyatlari to‘g‘ri
keltirilgan qatorni aniqlang.
A. Muomalada oltin tangalarning to‘lov vositasi sifatida harakati
va erkin zarb qilinishi amal qilmaydi.
B. Tovarlarning bahosi oltinda ifodalanadi, mamlakat bozorlarida
oltin to‘lov vositasini bajaradi va erkin ravishda zarb etiladi.
D. Milliy valyutalar oltinga erkin almashadigan chet el
valyutalariga ayirboshlanishi joriy etiladi.
E. Erkin suzib yuruvchi kurs tizimi amal qiladi.
6. Oltin quyma standartining asosiy xususiyatlari to‘g‘ri
keltirilgan qatorni aniqlang.
A. Muomalada oltin tangalarning to‘lov vositasi sifatida harakati
va erkin zarb qilinishi amal qilmaydi.
B. Tovarlarning bahosi oltinda ifodalanadi, mamlakat bozorlarida
oltin to‘lov vositasini bajaradi va erkin ravishda zarb etiladi.
D. Milliy valyutalar oltinga erkin almashadigan chet el
valyutalariga ayirboshlanishi joriy etiladi.
E. Erkin suzib yuruvchi kurs tizimi amal qiladi.
7. Oltin deviz standartining asosiy xususiyatlari to‘g‘ri keltirilgan
qatorni aniqlang.
A. Muomalada oltin tangalarning to‘lov vositasi sifatida harakati
va erkin zarb qilinishi amal qilmaydi.
B. Tovarlarning bahosi oltinda ifodalanadi, mamlakat bozorlarida
oltin to‘lov vositasini bajaradi va erkin ravishda zarb etiladi.
D. Milliy valyutalar oltinga erkin almashadigan chet el
valyutalariga ayirboshlanishi joriy etiladi.
E. Erkin suzib yuruvchi kurs tizimi amal qiladi.
116
8. Oltin tanga standartidan voz kechilishining asosiy sabablari
to‘g‘ri keltirilgan qatorni aniqlang.
A. Ikkinchi jahon urushi juda katta miqdordagi moliyaviy
xarajatlarni vujudga kelishiga sabab bo‘ldi.
B. Birinchi jahon urushi juda katta miqdordagi moliyaviy
xarajatlarni vujudga kelishiga sabab bo‘ldi.
D. 1929-1933 yillarda yuz bergan butun jahon iqtisodiy inqirozi.
E. AQSh dollarining jahon puli sifatida tan olinishi.
9. Nechanchi yillardan boshlab xalqaro va mahalliy hisob-
kitoblarda qog‘oz-kredit pul tizimi faoliyat yurita boshladi?
A. 1920 yillardan.
B. 1940 yillardan.
D. 1930 yillardan.
E. 1950 yillardan.
10. Qaysi standartda oltinning umumekvivalent sifatida
muomaladagi harakati to‘xtatildi?
A. Oltin tanga.
B. Oltin deviz.
D. Oltin quyma.
E. Oltin tanga va oltin quyma.
11. Pul tizimini asosiy tartibga soluvchi organ qaysi qatorda
to‘g‘ri keltirilgan?
A. Emission banklar.
B. Tijorat banklari.
D. Investitsion banklar.
E. Davlat banklari.
12. Banknotalar qaysi organ tomonidan muomalaga chiqariladi va
tartibga solinadi?
A. Mamlakat tijorat banklari.
B. Mamlakat davlat banklari.
D. Mamlakat Markaziy banki.
E. Mamlakat investitsion banklari.
117
13. Xazina biletlari qanday maqsadlar sharoitida muomalaga
chiqariladi?
A. Davlat byudjeti taqchilligi va qo‘shimcha xarajatlarni qoplash
maqsadida.
B. Markaziy bank daromadini oshirish va xarajatlarini qoplash.
D. Tijorat banklari daromadlarini oshirish va xarajatlarini qop-
lash.
E. Davlat banklari daromadlarini oshirish va xarajatlarini qop-
lash.
14. Qaysi davrda rasmiy ravishda oltinning pul vositasi vazifasini
bajarishi va qog‘oz pullarning oltin bilan ta’minlanganligi bekor
qilindi?
A. 1973-1975 yillarda.
B. 1969-1971 yillarda.
D. 1975-1977 yillarda.
E. 1971-1973 yillarda.
15. O‘zbekistonda 100 so‘m necha tiyinga teng?
A. 100 tiyin.
B. 1000 tiyin.
D. 10000 tiyin.
E. 100000 tiyin.
118
Do'stlaringiz bilan baham: |