Toshkent moliya instituti a. A. Omonov, T. M. Qoraliev pul va banklar


Mamlakatda  pul  oborotining  tarkibi  va  uni  tashkil  etish



Download 3,76 Mb.
Pdf ko'rish
bet78/292
Sana17.09.2021
Hajmi3,76 Mb.
#177106
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   292
Bog'liq
2 5370612658095525129

Mamlakatda  pul  oborotining  tarkibi  va  uni  tashkil  etish.  Pul 
oboroti o‘z tarkibiga naqd pulli va naqd pulsiz hisob – kitoblarni oladi. 
Iqtisodiyotda amalga oshirilayotgan pul oborotining asosiy qismi naqd 
pulsiz hisob  – kitoblar ulushiga to‘g‘ri keladi. Pul oborotining tarkibi, 
tartibi va nazorati Markaziy bank tomonidan amalga oshiriladi.  
Har bir mamlakatda pul tizimining tarkibi, amal qilish usullari va 
tartibi davlatning tegishli qonunlari asosida o‘rnatiladi.  
Pul  tizimining  mustahkamligi  va  uning  barqarorligiga  turli 
omillar ta’sir qiladi. Xususan: 
a)  mamlakat  Markaziy  bankining  pul  –  kredit  siyosatini  amalga 
oshirishdagi  mustaqilligi.  Ko‘pchilik  hollarda  Markaziy  bank  pul  – 
kredit  siyosatini  amalga  oshirishga  hukumatning  aralashuvi  va  tazyiqi 
natijasida  milliy  valyutaning  sotib  olish  qobiliyati  zaiflashadi,  mam-
lakat  bank  tizimiga  aholining  ishonchi  pasayib  ketadi.  Buning  nati-
jasida  pul  tizimi  nobarqaror  bo‘lib,  Markaziy  bank  tomonidan  olib 
borilayotgan  pul  –  kredit  siyosati  o‘zining  tegishli  samarasini 
bermaydi. 
b)  xo‘jalik  yurituvchi  subyektlarning  moliyaviy  barqarorligi  va 
raqobatbardoshligi.  Mamlakatning  iqtisodiy  jihatdan  mustahkamligi 
va  ishlab  chiqarilayotgan  tovarlar  va  ko‘rsatilayotgan  xizmatlarning 


113 
raqobatbardoshligi  pul  tizimining  braqarorligini  ta’minlashga  bevosita 
xizmat  qiladi.  Chunki  bozor  munosabatlarining  chuqurlashuvi  mam-
lakatlar  o‘rtasida  iqtisodiy  integratsiyani  rivojlanishiga  va  iqtiso-
diyotning  globallashuviga  olib  keladi.  Ushbu  sharoitda  olib  bori-
layotgan  makro  va  mikroiqtisodiy  siyosat  tegishli  samarani  bermasa, 
mamlakatda  importning  hajmi  eksportga  nisbatan  ortib  ketishi 
kuzatiladi.  Bu  esa  o‘z  navbatida  pul  tizimining  barqarorligiga  salbiy 
ta’sir ko‘rsatadi.  
Xulosa o‘rnida ta’kidlash joizki, pul tizimi va uning elementlarini 
rivojlanishi, shuningdek, samarali tashkil etilishiga qator omillar ta’sir 
qiladi.  Bulardan  asosiylari  sifatida  mamlakat  iqtisodiyotining 
raqobatbardoshligi va barqarorligini ta’minlanganligi hisoblanadi. 

Download 3,76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   292




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish