Toshkent moliya instituti a. A. Omonov, T. M. Qoraliev pul va banklar



Download 3,76 Mb.
Pdf ko'rish
bet83/292
Sana17.09.2021
Hajmi3,76 Mb.
#177106
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   292
Bog'liq
2 5370612658095525129

Ikkinchi bosqich 1993 yil noyabrdan 1994 yil iyun oyiga to‘g‘ri 
keladi. Ushbu davrda, ya’ni 1993 yil 15 noyabrdan muomalaga oraliq 
«so‘m – kupon»lar kiritildi.  
1993  yil  15  noyabrdan  boshlab  Rossiyaning  nominali  5000  va 
10000  bo‘lgan  rubllari  muomaladan  chiqarildi.  Bu  pullar  Jamg‘arma 
bank  muassaslarigagina  topshirilishi  kerak  edi.  Shu  bilan  birga,  bu 
kupyuralarni  bank  muassasalarida  qiymati  past  bo‘lgan  kupyuralarga 
almashtirish ta’qiqlandi. 
O‘zbekiston  Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasining  1993  yil  22 
noyabrdagi  «Iste’mol  bozorini  himoyalash  va  respublikada  pul 
muomalasini  mustahkamlashga  doir  qo‘shimcha  chora  –  tadbirlar 
to‘g‘risida»gi  qaroriga  muvofiq  1993  yil  1  dekabrdan  boshlab  sobiq 
SSSR Davlat bankining 1961  – 1992 yillar namunasidagi 200, 500 va 
1000  rubllik  pul  biletlarining  muomalada  to‘lov  vositasi  vazifasini 
bajarishi to‘xtatildi. 
Bu kupyuralar 25 ming rublgacha bo‘lgan tovarlar va ko‘rsatilgan 
xizmatlar haqi tarzida hamda Jamg‘armabank  muassasalari tomonidan 
doimiy  turar  joy  ro‘yxatida  bo‘lgan  O‘zbekiston  Respublikasi 
fuqarolaridan  1993  yil  1  dekabrgacha  qabul  qilindi.  Fuqarolarning 
Jamg‘armabank muassasalariga qo‘yadigan omonatlarining cheklangan 
summasi  kupyuralar  qiymatidan  qat’i  nazar  200000  rubl  miqdorida 
belgilandi. Ushbu miqdordan oshgan summalar 1993 yil 4 dekabrgacha 
alohida maxsus foizsiz hisobvaraqlarga kiritildi. 
Mazkur qarorda 1961 – 1992 yillar namunasidagi qiymati 1, 3, 5, 
10, 25, 50 va 100 rubl bo‘lgan kupyuralar cheklovlarsiz parallel to‘lov 
vositasi  sifatida  muomalada  bo‘lishi  qayd  etilgan  edi.  50  va  100  rubl 
qiymatidagi kupyuralar 1993 yil 15 dekabrgacha, qiymati 1, 3, 5, 10 va 
25  rubl  bo‘lgan  kupyuralar  esa,  1994  yil  1  yanvargacha  muomalada 
bo‘ldi.  Ushbu  banknotlarni  1993  yil  6  dekabrdan  boshlab  Jamg‘ar-
mabank muassasalari tomonidan omonatlarga qabul qilish to‘xtatildi. 
O‘zbekiston  Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasining  1993  yil  30 
noyabrdagi  «O‘zbekiston  Respublikasi  hududida  “so‘m  –  kupon”lar-


122 
ning  muomalada  bo‘lish  tartibini  yanada  takomillashtirish  chora  – 
tadbirlari  to‘g‘risida”  gi  qarorida  O‘zbekiston  Respublikasi  hududida 
1993 yil 15 noyabrda  muomalaga chiqarilgan, qiymati 1, 3, 5, 10, 25, 
50,  100,  200,  500,  1000,  5.000,  10.000  bo‘lgan  so‘m  –  kuponlar 
qonuniy  to‘lov  vositasi  hisoblanishi  belgilab  qo‘yildi.  Bunda,  Rossiya 
Davlat  bankining  1993  yil  namunasidagi  barcha  qiymatdagi  bank-
notlari  dastlabki  davrda  O‘zbekiston  Respublikasi  hududida  so‘m  – 
kuponlar  bilan  bir  qatorda  cheklovlarsiz  to‘lov  vositasi  sifatida  qabul 
qilindi. 
Shu  tarzda,  1993 yilning  dekabr  oyida  O‘zbekiston  Respublikasi 
hududida  quyidagi  uch  turdagi  pul  birligi  muomalada  bo‘ldi:  so‘m  – 
kuponlar, sobiq SSSR Davlat bankining qiymati 100 rublgacha bo‘lgan 
kupyuralari  va  Rossiya  Davlat  bankining  1993  yil  namunasidagi 
kupyuralari. 
O‘zbekiston  Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasining  1994  yil  11 
aprelda  qabul  qilingan  “Pul  muomalasini  mustahkamlash  va  “so‘m  – 
kupon”ning  xarid  qobiliyatini  oshirishning  kechiktirib  bo‘lmaydigan 
chora  –  tadbirlari  to‘g‘risda”gi  qarori  pul  muomalasini  barqaror-
lashtirish,  so‘mning  xarid  qobiliyatini  oshirish  uchun  zarur  shart  – 
sharoitlarni  yaratishda  muhim  tadbir  bo‘ldi.  Ushbu  qarorga  muvofiq, 
1994  yil  15  apreldan  boshlab  O‘zbekiston  Respublikasi  hududida 
Rossiya banki banknotalarining muomalada bo‘lishi hamda yuridik va 
jismoniy  shaxslar  tomonidan  turli  to‘lovlarga  qabul  qilinishi  ta’qiqlab 
qo‘yildi
35
.  

Download 3,76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   292




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish