20
Professor O.Yu.Rashidov tahriri ostida chop etilgan “Pul, kredit
va banklar” darsligida pul beshta, ya’ni qiymat o‘lchovi, muomala
vositasi, to‘lov vositasi, jamg‘arma vositasi va jahon puli vazifalarini
bajarishini ta’kidlanadi
25
.
Ko‘rinib turibdiki, pulning funksiyalari haqida xorijiy va
mahalliy iqtisodchi olimlarning fikrlari turlicha bo‘lib, birinchi guruh
olimlar pulni beshta funksiyasi mavjudligini ta’kidlashsa, ikkinchi
guruh iqtisodchi olimlar uning to‘rtta funksiyani bajarishini e’tirof
etadi. Uchinchi guruh iqtisodchi olimlar, asosan anglo – amerikaliklar
uni uchta funksiyani bajarishini bayon etadi. Hatto ayrim iqtisodiy
adabiyotlarda pulni oltita funksiyani bajarishi qayd etilib, oltinchi
funksiya sifatida baho masshtabi ekanligini
isbotlashga urinishadi
26
.
Iqtisodchi olimlar pulning funksiyalari haqida turlicha talqin
etishiga quyidagilar sabab bo‘ladi. Bir guruh iqtisodchi olimlar, pul-
ning funksiyasini zamonaviy sharoitda uning xossalaridan kelib chiqib
bayon etadi, boshqa guruh olimlar esa turli mamlakat olimlarining
pulni funksiyalari xususidagi fikrlariga tayangan holda unga talqin
beradi. Yana boshqa guruh iqtisodchi olimlar esa pulning funksiyala-
rini ta’riflashda uning tarixan vujudga kelishi bilan bog‘liq voqelik va
nazariyalarga tayanadi.
Pulning funksiyalari xususida fikr yuritganda uning asl (haqiqiy
pul) qiymatiga ega bo‘lgan va asl qiymatiga ega bo‘lmaganligi
(o‘rinbosar pullar) ga e’tibor qaratish lozim. Chunki muomalada asl
qiymatga ega bo‘lgan pullar to‘lov vositasini bajarganda ularda pulning
barcha funksiyalari namoyon bo‘ladi va aksincha. Asl qiymatga ega
bo‘lgan pullar sifatida qimmatbaho metallar oltin va kumushni, kredit
pullarni va 100 foiz oltin bilan ta’minlangan pullarni qayd etish
mumkin. Asl qiymatga ega bo‘lmagan pullarga qog‘oz pullar, oltin
asosiga ega bo‘lmagan kredit pullar kiradi.
Haqiqatda ham qimmatbaho metallar to‘lov vositasini bajargan
paytda ular pulning barcha funksiyalarini bajargan. Qimmatbaho
metallar o‘rnini qog‘oz pullar egallagandan so‘ng, qog‘oz pullarning
inflyatsiyaga uchrashi natijasida ular pulning barcha funksiyalarini
bajarmay qo‘ydi. Shuning uchun bo‘lsa kerak, yuqorida ko‘rib chiqil-
25
Rashidov O.Yu. va bosh. Pul, kredit va banklar: Darslik. T.: TDIU, 2008. 22 b.
26
Деньги, кредит, банки: Учебник/Под ред. В.В.Иванова, Б.И.Соколова. М.: ТК Велби,
Проспект, 2008. С. 25.
21
ganidek, vaqt o‘tishi bilan pulning funksiyalari haqida turli qarashlar
vujudga kela boshladi.
Pulning funksiyalari xususidagi fikrlarga tayanib, pul to‘rtta,
ya’ni
qiymat o‘lchovi, muomala vositasi, to‘lov vositasi va jamg‘arma
Do'stlaringiz bilan baham: