Toshkent moliya instituti a. A. Omonov, T. M. Qoraliev pul va banklar



Download 3,76 Mb.
Pdf ko'rish
bet165/292
Sana17.09.2021
Hajmi3,76 Mb.
#177106
1   ...   161   162   163   164   165   166   167   168   ...   292
Bog'liq
2 5370612658095525129

Valyuta va depozit siyosati. Markaziy bank valyuta siyosatining 
asosiy  maqsadi  milliy  valyuta  kursining  xorijiy  mamlakatlar  valyutasi 
kursiga  bo‘lgan  nisbatining  barqarorligini  ta’minlashga  qaratilgan. 
Markaziy bank o‘zining vakolati doirasida hukumat bilan hamkorlikda 
davlatning  valyuta  munosabatlari  bo‘yicha  siyosatining  asosiy 
yo‘nalishlarini  belgilaydi.  Mamlakatda  valyuta  siyosatining  joriy  va 
kelgusi  davrdagi  holati  yuzasidan  rivojlantirish  strategiyasini  ishlab 
chiqadi.  Bularning  ichida  eng  asosiylari  sifatida  mamlakatning  to‘lov 
balansi,  hukumatning  valyuta  munosabatlari  bo‘yicha  ichki  va  tashqi 
pul – kredit siyosati va milliy valyutaning chet el valyutasiga nisbatan 
kursini aniqlashning tartibini ta’kidlash mumkin.  
Markaziy  bank  valyuta  siyosatini  olib  borishda  quyidagi  asosiy 
vazifalarni bajaradi: 
1. Vakolatli tijorat banklarining o‘zlari va mijozlari nomidan chet 
el valyutalarini sotish va sotib olishning miqdorini, ya’ni ochiq valyuta 
pozitsiyalarini belgilaydi. 
Ochiq  valyuta  pozitsiyasi  deganda,  bankning  tegishli  chet  el 
valyutasidagi  aktivlarini  uning  majburiyatidan  ortiqchaligi  (uzun 
valyuta  pozitsiyasi)  yoki  ushbu  aktivlarning  majburiyatdan  pastligi 
(qisqa valyuta pozitsiyasi) tushuniladi.  
2.  O‘zbekiston 
Respublikasi 
valyuta 
bozorida 
chet 
el 
valyutalarini sotish va sotib olishni tartibga solib boradi; 
3.  Tijorat banklarida chet el valyutasi va to‘lov hujjatlari hamda 
boshqa  qimmatliklar  bo‘yicha  kassa  operatsiyalarini  tashkil  etish  va 
amalga oshirishning tartibini belgilaydi; 
4.  Vakolatli 
banklarda 
norezedentlarning 
O‘zbekiston 
Respublikasi  milliy  valyutasidagi  hisob  –  varaqlarining  yuritish 
tartibini belgilaydi; 
5.   Vakolatli  banklarda  rezident  va  norezedent  (yuridik  va 
jismoniy  shaxs)larga  chet  el  valyutasida  hisobvaraqlarni  ochish  va 
yuritish tartibini belgilaydi; 


220 
6.  O‘zbekiston Respublikasida korxona va tashkilotlarning chet 
el valyutalarini qabul qilish, hisobga olish, saqlash va kassa intizomiga 
rioya etishni tartibga soladi; 
7. 
Investitsion  loyihalarni  erkin  valyutalarda  kreditlashning 
tartibini belgilaydi. 
Markaziy  bank  valyuta  siyosatini  amalga  oshirishda  valyuta 
intervensiyasidan  keng  miqyosda  foydalandi.  Valyuta  intervensiyasi  –
bu  Markaziy  bankning  milliy  valyuta  kursi  va  pulning  yalpi  taklif  va 
talabiga ta’sir etishi uchun moliya bozorida chet el valyutasini sotish va 
sotib olish bilan bog‘liq operatsiyasidir.  
Markaziy  bank  depozit  siyosati  orqali  mamlakat  resurs  bozori, 
tijorat banklari depozit siyosati va depozit operatsiyalari holatiga ta’sir 
ko‘rsatadi.  Odatda  tijorat  banklari  depozit  siyosatini  ishlab  chiqish, 
depozit  siyosatining  asosiy  yo‘nalishlari  bo‘yicha  asosiy  mezonlarni 
aniqlab  beradi.  Bundan  tashqari,  Markaziy  bank  qayta  moliyalash 
stavkalarini o‘zgartirish orqali depozitlarning ko‘payshi va qisqarishiga 
ta’sir  qilishi  mumkin.  Umuman  olganda  Markaziy  bank  o‘zining 
valyuta va depozit siyosatiga orqali muomaladagi pul massasi hajmiga 
ta’sir ko‘rsatadi.  
 
2017  yil  13  sentyabrda  O‘zbekiston  Respublikasi  prezidentining 
PQ-3272-sonli “Pul-kredit siyosatini yanada takomillashtirish chora-
tadbirlari  to‘g‘risida”gi  qarori  qabul  qilindi.  Qarorda  mamlakati-
mizda  Markaziy  bankning  monetar  siyosatini  yanada  takomillash-
tirish borasida quyidagi vazifalar belgilab qo‘yilgan: 
  O‘zbekiston  Respublikasi  Markaziy  bankining  ichki 
narxlarning barqarorligini ta’minlashda o‘rta muddatli istiqbolda pul-
kredit  siyosati  maqsadlariga  erishish  prinsip  va  mexanizmlarini 
xorijiy  markaziy  banklari  tomonidan  qo‘llaniladigan  inflyatsiyaviy 
targetlash rejimiga o‘tish; 
  O‘zbekiston  Respublikasi  Markaziy  banki  2018  yilning  1 
martigacha rivojlantirish va pul-kredit siyosatini amalga oshirishning 
o‘rta  muddatli  konsepsiyasini  hamda  2018  —  2021-yillarda 
Konsepsiyani  amalga  oshirish  bo‘yicha  «yo‘l  xaritasini»  ishlab 
chiqish va tasdiqlash; 
  umumiqtisodiy,  soliq-byudjet  va  pul-kredit  siyosatini  muvo-
fiqlashtirish  amaliyotini  takomillashtirish,  bunda  iqtisodiy  o‘sish, 
davlat  byudjetining  balanslashganligi  va  iqtisodiyotdagi  narxlar 


221 
darajasining barqarorligi bo‘yicha o‘zaro harakatlar va maqsadlarning 
kelishilganligini ta’minlashga alohida e’tibor qaratish; 
  likvidlikni  ta’minlash  va  jalb  qilish  operatsiyalari  bo‘yicha 
pul-kredit  siyosatining  samarali  qo‘llaniladigan  foiz  instrumentlari 
turlarini kengaytirish; 
  tijorat  banklari  tomonidan  foiz  stavkalarini  shakllantirishda, 
shu  jumladan,  kreditlar  bo‘yicha  bozor  mexanizmlarini  keng  joriy 
etish; 
  ilg‘or  xorijiy  tajribaga  muvofiq  makroiqtisodiy  tahlil  va 
prognozlashni takomillashtirish; 
  olib  borilayotgan  pul-kredit  siyosatining,  jumladan  amalga 
oshirilayotgan  siyosatda  qo‘llanilayotgan  instrumentlar  va  yakuniy 
maqsadlar  to‘g‘risida  axborot  yetkazib  berish  yo‘li  bilan,  shaffoflik 
va oldindan bashorat qilish imkoniyatini oshirish. 
Qarorda  ko‘rsatilgan  vazifalar  ijrosini  ta’minlanishi  kelgusida 
mamlakatimizda  makroiqtisodiy  barqarorlikni  yanada  mustah-
kamlash,  Markaziy  bank  pul-kredit  siyosatini  yanada  takomilla-
shishida muhim ahamiyat kasb etadi. 

Download 3,76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   161   162   163   164   165   166   167   168   ...   292




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish