Toshkent moliya instituti a. A. Omonov, T. M. Qoraliev pul va banklar


 Akkreditivlar bilan hisob – kitoblar



Download 3,76 Mb.
Pdf ko'rish
bet52/292
Sana17.09.2021
Hajmi3,76 Mb.
#177106
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   292
Bog'liq
2 5370612658095525129

 
3.4.3. Akkreditivlar bilan hisob – kitoblar 
 
Hisob  –  kitoblarning  akkreditiv  shaklida  mijozning  (to‘lov-
chining)  topshirig‘iga  ko‘ra  mablag‘larni  oluvchi  foydasiga  to‘lovni 
amalga oshirish uchun mablag‘ ma’lum muddatga deponentlanadi. 
Akkreditiv qoplangan va qoplanmagan turlarga bo‘linadi.  
Qoplangan  akkreditivda  sotib  oluvchi  shartnomada  ko‘rsatilgan 
mablag‘ni  mijozning  bankida  ochilgan  22602  –  “Mijozlarning 
akkreditivlar buyicha depozitlari” hisobvarag‘ida deponentlanadi.  
Qoplanmagan  akkreditivda  esa  sotib  oluvchi  shartnomada 
ko‘rsatilgan  summani  o‘zining  hisobvarag‘idan  alohida  hisobvaraqga 


83 
deponentlamaydi, balki mijozning banki uning hisobvarag‘ida mablag‘ 
bo‘lmagan taqdirda to‘lov kafolatini oladi. 
 Qoplangan  va  qoplanmagan  akkreditivlar  chaqirib  olinadigan 
yoki  chaqirib  olinmaydigan  bo‘lishi  mumkin.  Uning  matnida  ushbu 
belgi  mavjud  bo‘lmagan  holda,  akkreditiv  chaqirib  olinadigan 
hisoblanadi. 
Chaqirib  olinadigan  akkreditiv  bank  –  emitent  tomonidan  mab-
lag‘larni  oluvchi  bilan  oldindan  xabardor  qilmagan  holda,  o‘zgar-
tirilishi yoki bekor qilinishi mumkin. Akkreditivni chaqirib olish bank 
–  emitent  zimmasiga  mablag‘larni  oluvchi  oldida  biron  –  bir 
majburiyat  yuklamaydi.  To‘lovchi  chaqirib  olinadigan  akkreditivning 
shartlarini  o‘zgartirish  yoki  bekor  qilinishi  to‘g‘risidagi  barcha 
ko‘rsatmalarni  mablag‘lar  oluvchiga,  faqat  bank  –  emitent  orqali 
berishi  mumkin,  ushbu  bank  mablag‘larni  oluvchining  banki  (ijrochi 
bank)ni, u esa – mablag‘ oluvchini, xabardor qiladi.  
Agar  ijrochi  bank  operatsiyalarni  bajarish  paytigacha  akkreditiv-
ning  shartlari  o‘zgartirilganligi  yoki  u  bekor  qilinganligi  haqida 
bildirishnoma  olmagan  bo‘lsa,  u  chaqirib  olinadigan  akkreditiv  bo‘yi-
cha to‘lovni yoki boshqa operatsiyalarni amalga oshirishi mumkin. 
Mablag‘  oluvchining  roziligisiz,  uning  foydasiga  ochilgan 
chaqirib  olinmaydigan  akkreditiv,  o‘zgartirilishi  yoki  bekor  qilinishi 
mumkin emas. 
Ijrochi  bank,  bank  –  emitent  bilan  shartnoma  asosida  chaqirib 
olinmaydigan akkreditivni tasdiqlashi mumkin. Bunday holda, chaqirib 
olinmaydigan akkreditiv tasdiqlangan akkreditiv bo‘ladi. 
Tasdiqlangan  akkreditiv  bo‘lganda,  ijrochi  bank,  bank  – 
emitentning  akkreditiv  shartlariga  muvofiq,  to‘lovni  amalga  oshirish 
majburiyatlari  bo‘yicha  o‘z  zimmasiga  qo‘shimcha  ravishda  majbu-
riyatlar oladi. 
Tasdiqlangan  akkreditiv  ijrochi  bankning  roziligisiz  o‘zgarti-
rilishi yoki bekor qilinishi mumkin emas. 
Akkreditiv  bilan  hisob  –  kitoblarning  ijobiy  jihati  shundaki, 
korxona  jo‘natgan  tovar  va  ko‘rsatgan  xizmatlari  uchun  to‘lov 
kafolatlanadi.  Shu  bilan  birga  aytish  lozimki,  akkreditiv  bilan  hisob  – 
kitoblarda  mol  sotib  oluvchi  korxonaning  mablag‘lari  ma’lum 
muddatga o‘z ixtiyoridan chiqib ketadi.  
Akkreditivlar  bilan  hisob  –  kitoblar  tartibini  ikkita  bank  bo‘limi 
misolida quyidagi chizmada ko‘rib chiqamiz.  


84 
Barcha  hisob  –  kitoblarda  bo‘lgani  singari,  dastlab  sotuvchi  – 
akkreditiv  bo‘yicha  mablag‘  oluvchi  va  sotib  oluvchi  –  akkreditivga 
ariza  beruvchi  o‘rtasida  shartnoma  tuziladi  (1),  sotib  oluvchi 
shartnomada ko‘rsatilgan summani sotuvchining hisobiga deponentlash 
uchun  akkreditivga  arizani  bankka  taqdim  etadi  (2),  bank  emitent  o‘z 
navbatida  akkreditiga  arizada  ko‘rsatilgan  summani  sotuvchining 
hisobiga  o‘tkazish  maqsadida  elektron  arizani  bosh  bankka 
jo‘natadi(3),  bosh  bankda  Koson  bo‘limi  vakillik  hisobidagi  mablag‘ 
Oqtosh  bo‘limi  vakillik  hisobvarag‘iga  o‘tkaziladi  va  bu  haqda 
elektron  akkretivga  arizani  bank  bo‘limiga  jo‘natadi  (4),  sotuvchining 
banki  shartnomada  ko‘rsatilgan  akkreditiv  summa  uning  hisobiga 
deponentlanganini  xabar  qiladi  (5),  sotuvchi  o‘z  navbatida  tegishli 
tovarlarni  sotib  oluvchiga  jo‘natadi  yoki  xizmatlarni  ko‘rsatadi  (6), 
sotuvchi  tovarlarni  jo‘natganligi  yoki  xizmatlar  ko‘rsatganligini 
tasdiqlovchi  hujjatlarni  bankka  taqdim  etadi  (7),  bank  o‘z  navbatida 
deponentlangan summaning uning hisobiga o‘tkazadi. 

Download 3,76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   292




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish