Xalqaro valyuta tizimining elementlari:
jahon pulining funksional shakli;
valyutalarni o‘zaro konvertirlash shartlari;
valyuta pariteti rejimining reglamenti;
davlatlararo valyutaviy chegaralarni tartibga solish;
xalqaro valyuta likvidligini davlatlararo tartibga solish usuli;
xalqaro kredit mablag‘lari muomalasini unifikatsiyalash
qoidalari;
xalqaro hisob–kitoblar shakllarini qo‘llashning qoidalari;
xalqaro valyuta va oltin bozorlarining faoliyat yuritish rejimi;
davlatlararo valyutani tartibga soluvchi xalqaro tashkilotlar.
Milliy valyuta tizimining asosini shu mamlakat milliy valyutasi
tashkil etadi. Ushbu valyuta tegishli qonunchilik xujjatlari asosida
mamlakatda yagona to‘lov vositasi sifatida mustahkamlanadi. Xalqaro
hisob –kitoblarda qo‘llaniladigan pul (milliy valyutalar) valyuta deb
yuritiladi.