295
XVII BOB. NOBANK MOLIYA-KREDIT MUASSASALARI
17.1. Nobank kredit tashkilotlari va ularni tashkil etish
Nobank kredit tashkilotlari deganda tor doirada ixtisoslashgan va
alohida bank operatsiyalarini amalga oshirish huquqi bo‘lgan kredit
tashkiloti tushuniladi. Nobank kredit tashkilotlari har qanday bank
operatsiyasini amalga oshira olmaydi. Xususan:
yuridik va jismoniy shaxslariga hisob-kitob xizmatlarini
ko‘rsatish va pul o‘tkazmalarini amalga oshirish;
hisob –raqam ochish va yuritish
vakillik hisob varaqlarini ochish va pul mablag‘larini o‘z
nomiga joylashtirish va boshqa shu kabi operatsiyalar shular
jumlasidandir.
Nobank kredit tashkilotlarining vujudga kelishining asosiy sabab-
laridan biri tez va kichik miqdordagi kreditlarni berish, nisbatan yuqori
foiz to‘lovlarni to‘lash hisoblanadi. Chunki, tijorat banklari kredit
summasi qancha bo‘lishidan qat’iy nazar barchasiga bir xil talabni
qo‘yadi va bunga ko‘pchilik hollarda ma’lum kun talab etiladi.
Xalqaro amalyotda nobank kredit tashkilotlariga:
kredit uyushmalari;
mikrokredit tashkilotlari;
lombardlar;
lizing kompaniyalari;
faktoring kompaniyalari kiradi.
Lizing kompaniyalari bahosi yuqori va muddatli foydalaniladigan
tovarlarni to‘la qiymatda sotib olib ularni lizingga beradi:
a) moliyaviy lizing;
b) operativ lizing.
Nobank kredit tashkilotlari faoliyatidagi quyidagi xos xusu-
siyatlariga ega. Nobank kredit tashkilotlari faqat alohida olingan bank
operatsiyalarini amalga oshiradi.
Nobank kredit tashkilotlari faoliyati tor doirada ixtisoslashgan
bo‘ladi. Bu ularni raqobatbardoshligini ta’minlash imkoniyatini beradi.
296
Nobank kredit tashkilotlari faoliyati Markaziy bank tomonidan
Tijorat banklari faoliyati kabi qattiq nazorat qilinmaydi. Nobank kredit
tashkilotlarining resurs bazasi quyidagi manbalardan tashkil topadi:
ustav kapitali;
boshqa tashkilotlarga berilgan moliyaviy yordam;
o‘z a’zolaridan jalb qilingan pul mablag‘lari;
tijorat banklarining kreditlari;
sof foyda;
foyda hisobidan shakllantirilgan zaxiralar;
o‘tgan yillarning taqsimlanmagan foydasi.
O‘zbekiston Respublikasida faktoring kompaniyalari mavjud
emas. Faktoring operatsiyalarini tijorat banklari bajaradi. Ammo ular
tovar hujjatlarini regress huquqi bilan sotib olishi mumkin emas.
Lizing kompaniyalari uzoq muddatli kreditlar bozorida tijorat
banklari bilan raqobat qila oladilar. Ular bahosi yuqori va uzoq muddat
foydalaniladigan tovarlarni uzoq muddatli ijaraga beradilar. Lizing
shartnomalarining o‘rtacha muddati 3-5 yilni tashkil qiladi. Ammo
lizing kompaniyalarining zaif jihati bo‘lib ularda resurslar yetishmaydi.
Ular faoliyatini asosan o‘z mablag‘lari hisobidan moliyalashtirishga
majburdirlar. Shu sababli ular tijorat banklarining uzoq muddatli
kreditlarini keng ko‘lamda jalb qiladilar.
O‘zbekiston Respupblikasida lizing operatsiyasi bilan tijorat
banklari va lizing kompaniyalari shug‘illanadi. Asosiy muammo shun-
daki, to lizing obyekti lizing-oluvchi tomonidan qabul qilib olinma-
gunga qadar tijorat banklari lizing kreditiga foiz hisoblay olmaydi.
Kliring uylari (palatalari) nobank kredit tashkiloti hisoblanadi va
ular chek va hosilaviy qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha o‘zaro hisob-kitob-
larni amalga oshiradi. Kliring palatasi har bir ishtirokchiga bankda hisob
ochadi. Bu hisoblar mazmuniga ko‘ra aktiv-passiv hisoblar hisoblanadi,
ya’ni bu schyotlar debit yoki kredit qoldiqqa ega bo‘lishi mumkin.
Ko‘pchilik mamlakatlarda nobank kredit tashkilotlari faoliyati
Markaziy bank tomonidan tartibga solinadi va nazorat qilinadi. Ammo
Angliya, Germaniya, Lyuksenburg kabi mamlakarlarda ular nazorat
funksiyasiga ega emas. Shu sababli ushbu mamlakatlarda nobank
kredit tashkilotlarining faoliyati moliya bozorining regulyatori tomo-
nidan nazorat qilinadi. Nazorat jarayonida nobank kredit tashkilot-
larining ustav kapitalining minimal miqdoriga nisbatan talablar
qo‘yiladi.
297
Do'stlaringiz bilan baham: |