Toshkent moliya instituti a. A. Omonov, T. M. Qoraliev pul va banklar


Banklar  bajaradigan  funksiyasi  (operatsiyalari)  jihatidan  –



Download 3,76 Mb.
Pdf ko'rish
bet147/292
Sana17.09.2021
Hajmi3,76 Mb.
#177106
1   ...   143   144   145   146   147   148   149   150   ...   292
Bog'liq
2 5370612658095525129

Banklar  bajaradigan  funksiyasi  (operatsiyalari)  jihatidan  –
emission,  tijorat,  investitsion,  ipotekali  va  jamg‘arma banklar  sifatida 
tasniflanadi.  Emission  banklar  mamlakat  iqtisodiyotiga  pullarni 
emissiya  qilish,  shuningdek,  kredit  muassasalari  faoliyatini  tartibga 
solish  va  pul  –  kredit  siyosatini  amalga  oshirish  bilan  shug‘ullanadi. 
Bunday vazifani hozirgi paytda  mamlakat Markaziy  banklari bajaradi. 
Markaziy  banklar  bevosita  mijozlarga  bank  xizmatlarini  ko‘rsatmaydi 
va tijorat faoliyati bilan shug‘ullanishi ta’qiqlanadi. 
Tijorat  banklari  mamlakat  bank  tizimi  va  kredit  muassasalari 
tarkibidagi  muhim  ahamiyatga  ega  bo‘lgan  moliyaviy  muassasalar 
hisoblanadi.  Ular  banklar  bajarishi  mumkin  bo‘lgan  barcha 
operatsiyalarni bajaradi. 
Investitsion  banklarning  asosiy  faoliyati  passiv  operatsiyalari 
natijasida  shakllantirgan  moliyaviy  mablag‘larini  asosiy  ulushini 
qimmatli qog‘ozlarga investitsiya qilishdan iborat bo‘ladi. Mamlakatda 
investitsion banklar faoliyat yuritishi uchun qimmatli qog‘ozlar bozori 
rivojlangan  va  yetarli  darajada  investitsion  muhit  yaratilgan  bo‘lishi 
lozim. 
Ipoteka  banklari  jismoniy  va  yuridik  shaxslarga  garov  asosida 
uzoq  muddatli  kreditlar  berish  bilan  shug‘ullanadi.  Ipoteka  atamasi 
ko‘chmas  mulklarni  garovga  qo‘yish  natijasida  vujudga  keladigan 
moliyaviy  munosabat  bo‘lib,  uning  o‘ziga  xos  xususiyatlaridan  biri 
garovga qo‘yilgan ko‘chmas mulk kredit (qarz) oluvchining tasarrufida 
qolishidir.  Odatda  ipoteka  banklari  faoliyatining  asosiy  yo‘nalishini 
ipoteka  krediti  berishga  qaratilgan  bo‘lishi  lozim.  Biroq,  amaliyotda 
ushbu  qoida  doimo  ham  o‘zining  isbotini  topmaydi,  chunki  hozirgi 
kunda  faoliyat  yuritayotgan  ipoteka  banklari  kredit  portfeli  tarkibida 
nafaqat  ipoteka  krediti,  balki  boshqa  maqsadlarga  yo‘naltirilgan 
kreditlarning hajmi salmoqli ulushni tashkil etadi. 
Jamg‘arma  banklarining  asosiy  mijozlari  jismoniy  shaxslar 
bo‘lib,  ushbu  banklarning  asosiy  faoliyati  aholidan  muddatli 
omonatlarni  jalb  qilishga  qaratilgan  bo‘ladi.  Jamg‘arma  sifatida 
shakllantirilgan mablag‘larni yirik tijorat banklariga, savdo va qurilish 
tashkilotlariga investitsiya va kreditlar ko‘rinishida joylashtiradi.  


199 

Download 3,76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   143   144   145   146   147   148   149   150   ...   292




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish