Toshkent moliya instituti a. A. Omonov, T. M. Qoraliev pul va banklar



Download 3,76 Mb.
Pdf ko'rish
bet143/292
Sana17.09.2021
Hajmi3,76 Mb.
#177106
1   ...   139   140   141   142   143   144   145   146   ...   292
Bog'liq
2 5370612658095525129

Bank  –  bu  moliyaviy  muassasa  bo‘lib,  jamiyatdagi  vaqtinchalik 
bo‘sh pul mablag‘larini tegishli shartlar bilan jalb etib, ushbu mablag‘-
larga  ehtiyoji  mavjud  bo‘lgan  yuridik  va  jismoniy  shaxslarga  qay-
tarishlik,  muddatlilik,  to‘lovlilik  va  ta’minlanganlik  asosida  kredit 
beradigan  va  ular  uchun  turli  vositachilik  xizmatlarini  ko‘rsatuvchi 
tijorat tashkilotdir.  
Boshqa  bir  adabiyotda,  bank  –  tadbirkorlik  faoliyatining  o‘ziga 
xos turi bo‘lib, uning faoliyati ssuda kapitalining harakati, ya’ni ularni 
jalb qilish va joylashtirilishi bilan bevosita bog‘liqdir, degan fikr ilgari 
suriladi
67
.  
                                           
67
 Банки и банковские операции: Учебник для вузов/ Е.Ф.Жуков, Л.М.Максимова, О.М.Макарова 
и др. Под ред Е.Ф.Жукова. М.: Банки и биржи, ЮНИТИ, 1997. С. 6. 


196 
Bankir  ssuda  kapitalistidan  farqli  o‘laroq,  turli  ko‘rinishdagi 
xizmatlarni  taklif  etadi  va  pul  aylanmasini  tashkil  qiladi.  Ssuda 
kapitalisti  ishlab  chiqarishni  o‘z  kapitali  hisobidan  moliyalashtirsa, 
bankir  ushbu  jarayonni  chetdan  jalb  qilingan  begona  shaxslarning 
mablag‘lari hisobidan amalga oshiradi.  
Tijorat banklari mohyatini teranroq anglash uchun ayrim metodo-
logik  masalalarga  e’tibor  qaratish  lozim.  Ularning  ayrimlari  quyida 
keltiriladi: 
 –  banklarning  mohiyatini  yoritishda  ularning  mikrodarajadagi 
faoliyatiga e’tibor qaratish lozim; 
 –  banklarning  mohiyatini  yoritishda  ular  qanday  shaklda  va 
maqsadda tashkil etilganligiga emas, balki ularga yagona bank sifatida 
faoliyat yuritishiga e’tibor qilish lozim; 
 – banklarning mohiyatini ajralmas qismi sifatida ularning tashkil 
topish asoslari, ya’ni tashkiliy – huquqiy asoslari muhim ahamiyat kasb 
etadi; 
 – banklarning mohiyati – bu o‘ziga xos xususiyatga ega bo‘lgan 
obyektning tarkibini anglatadi; 
 –  banklarning  mohiyatiga  qator  ta’riflar  shakllantirilgan  bo‘lib, 
muammoni  o‘rganayotgan  paytda  uning  qanday  jihatiga  e’tibor 
qaratilayotganligi muhim hisoblanadi. 
Xulosa  qilib  aytganda,  banklarning  vujudga  kelishi  va  ularning 
mohiyati  kishilik  jamiyatining  vujudga  kelishi  davridan  boshlab 
shakllanib, rivojlanib va takomillashib kelmoqda. Buning asosiy sababi 
jamiyatda 
iqtisodiy 
munosabatlarning 
takomillashuvi, 
mehnat 
taqsimotining  chuqurlashuvi,  tovar  va  xizmatlar  aylanmasi  hajmining 
ortishi  kabi  qator  omillar  hisoblanadi.  Shuningdek,  qayerda  savdo  va 
zargarlik ishlari rivojlangan bo‘lsa, shuningdek, ishonch yuqori bo‘lgan 
joylarda dastlabki banklar paydo bo‘lgan.  
 
 

Download 3,76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   139   140   141   142   143   144   145   146   ...   292




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish