Toshkent moliya instituti a. A. Omonov, T. M. Qoraliev pul va banklar



Download 3,76 Mb.
Pdf ko'rish
bet108/292
Sana17.09.2021
Hajmi3,76 Mb.
#177106
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   292
Bog'liq
2 5370612658095525129

Deinflyatsion  siyosat.  Ushbu  siyosat  mamlakatda  pulga  bo‘lgan 
talabni  pul-kredit  va  moliya  mexanizmlari  yordamida  tartibga  solib 
turiladi. Deinflyatsion siyosat davlat xarajatlarini qisqartirish, kreditlar 
uchun foiz stavkalarini oshirish, soliq yukini kuchaytirish (soliqlar soni 
va  ularni  foiz  stavkalarini  ko‘tarish)  va  pul  massasini  cheklashni  o‘z 
ichiga  oladi.  Shuni  ta’kidlash  lozimki,  deinflyatsion  siyosat 
mamlakatdagi iqtisodiy o‘sishni sekinlashuviga sabab bo‘ladi. 
Daromadlar siyosati. Ushbu siyosat olib borishda davlat tomoni-
dan  mahsulotlar,  ko‘rsatilgan  xizmatlar,  bajarilgan  ishlarga  bo‘lgan 
narx-navo va ish haqi ustidan birdaniga nazorat yuritiladi hamda ularni 
o‘sishini  ma’lum  chegarasi  o‘rnatiladi  yoki  butunlay  “muzlatib” 
qo‘yiladi.  Daromadlar  siyosati  o‘z  mohiyatiga  ko‘ra  qat’iy  siyosat 
hisoblanadi  va  u  aholi  o‘rtasida  norozilikni  kelib  chiqarishi  mumkin. 
Lekin  inflyatsiya  bilan  kurashishda  ayrim  mamlakatlarda  daromadlar 
siyosatidan foydalaniladi.  
Xalqaro  amaliyotda  rivojlanayotgan  mamlakatlarda  inflyatsiyaga 
qarshi  kurash  olib  borish  tajribasida  biz  ta’kidlab  o‘tgan  ikki 
yo‘nalishdan oqilona birgalikda foydalanilgan. 
Iqtisodiyoti  bozor  munosabatlariga  o‘tayotgan  mamlakatlarda 
inflyatsiyaga  qarshi  kurashish  va  milliy  pul  tizimini  mustaxkamlash 
uchun asosan quyidagi chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda: 
-  milliy  iqtisodiyotni  sog‘lomlashtirish,  investitsiya  faoliyatining 
tushib  ketishini  bartaraf  etish  va  iqtisodiy  rivojlanishning  oqilona 
darajasini ta’minlash; 
- raqobatbardosh, yuqori texnologik ishlab chiqarishni tashkil etish 
va  uni  rivojlantirish  maqsadida  davlat  strategiyasini  ishlab  chiqish 
hamda uni amalga oshirish; 
-  xalq  iste’mol  tovarlarini  ishlab  chiqaruvchi  korxonalarda  ishlab 
chiqarish fondlarining tarkibini o‘zgartirish va unda zamonaviy texnika 
hamda texnologiyalarni joriy etish; 

tijorat 
banklarining 
investitsiya 
va 
kredit 
faoliyatini 
rag‘batlantirish; 


150 
-  soliq  tizimini  takomillashtirish  va  ushbu  yo‘nalishda  asosiy 
e’tiborni soliqlarning rag‘batlantiruvchi funksiyasiga qaratish; 
- davlat tomonidan kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni qo‘llab-
quvvatlash; 
-  mamlakat  ichida  mahsulotlar,  valyuta,  kredit  yer,  ko‘chmas 
mulk,  mehnat  va  qimmatli  qog‘ozlarning  yagona  bozorini  shakllan-
tirish hamda uni rivojlantirish; 
-  pul-kredit  siyosatini  iqtisodiyotning  rivojlanishi  holatiga  asosan 
o‘zgartirib turish; 
-  tashqi  iqtisodiy  faoliyatni  erkinlashtirish  va  mahsulotlar,  ishlar, 
xizmatlarni eksport qilishni rag‘batlantirish; 
-  erkin  bozor  baholarini  saqlagan  holda  daromadlar,  xarajatlar  va 
narx-navoni davlat tomonidan tartibga solish va uni nazorat qilish; 
-  davlat  byudjet  taqchilligini  noinflyatsion  yo‘llar  bilan 
qisqartirish; 
-  davlatning  strategik  oltin-valyuta  zahiralarini  chuqur  tahlil  etish 
va ulardan oqilona foydalanishdan iboratdir. 

Download 3,76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   292




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish