Toshkent moliya instituti a. A. Omonov, T. M. Qoraliev pul va banklar


Naqd pul aylanmasini tashkil etish



Download 3,57 Mb.
Pdf ko'rish
bet32/211
Sana29.05.2022
Hajmi3,57 Mb.
#614497
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   211
Bog'liq
Toshkent moliya instituti a. A. Omonov, T. M. Qoraliev pul va ba

3.2. Naqd pul aylanmasini tashkil etish 
 
Avvalgi bo‘limlarda ta’kidlaganimizdek, pul aylanmasi naqd 
pulsiz va naqd pulli hisob – kitoblardan tashkil topadi. Naqd pulli hisob 
– kitoblar bevosita naqd pullar bilan amalga oshiriladi. Iqtisodiyotda 
pul aylanmasi tarkibida naqd pulli hisob – kitoblarning ulushi sezilarsiz 
darajada bo‘lib, taxminan 5-12 foiz atrofida tebranib turadi. Mamlakat 
pul aylanmasi tarkibida naqd pulli hisob – kitoblar ulushining pastligi 
yoki ortib borishi iqtisodiyotda ishlab chiqarish darajasi, moliya – 
kredit tizimi va milliy valyutaning barqarorligi hamda boshqa qator 
omillar bilan izohlanadi.
O‘zbekistonda pul muomalasini tashkil etish va naqd pulli hisob 
– kitoblarni amalga oshirish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy 
banki Boshqaruvining 2005 yil 20 avgustdagi 18/1 – sonli qarori bilan 
tasdiqlangan, Adliya vazirligida 2005 yil 10 oktyabrda 1518 – son 
bilan ro‘yxatga olingan “O‘zbekiston Respublikasida banklar 
tomonidan pul muomalasiga doir ishlarni tashkil etish to‘g‘risida”gi 
(avvalgi 6 – sonli) yo‘riqnomasi asosida amalga oshiriladi.
Markaziy bank pul muomalasini tartibga solishda va naqd pulli 
hisob – kitoblarni tashkil etishda quyidagi ishlarni bajaradi:

naqd pul aylanmasini xomcho‘t (prognoz) qiladi;

pul muomalasini tashkil etadi va tartibga soladi

naqd pullarni tijorat banklariga jo‘natish, qabul qilish, 
saqlash va samarali foydalanish ustidan nazoratni tashkil etadi.
Naqd pul aylanmasini xomcho‘t (prognoz) qilish tartibi.
Naqd pul aylanmasini xomcho‘t qilish tijorat banklarining 
aylanma kassalarini xomcho‘tini tuzish yo‘li bilan amalga oshiriladi.
Markaziy bank Hisob – kitob kassa markazlari (HKKM) va tijorat 
banklarining tegishli hududlar bo‘yicha aylanma kassalarni xomcho‘-
tini amalga oshiradi va pul muomalasi holatini tahlil qilib boradi.
Banklarning kassa aylanmalari xomcho‘ti ma’lum davrlar uchun 
naqd pullarning tushumi va chiqimi asosida tuziladi. Banklar kassa 
aylanmalari xomcho‘tini tuzish uchun o‘zlari xizmat ko‘rsatadigan 
yuridik shaxslardan ularning depozit hisobvarag‘i bo‘yicha har 
chorakning boshlanishidan 30 kun oldin buyurtmalarini oladilar. 
Bank bo‘limi xizmat ko‘rsatadigan yuridik shaxslarning asosiy 
depozit hisobvarag‘i bo‘yicha aylanma kassa xomcho‘ti asosida bankda 


66 
naqd pullarning tushum manbalari va chiqim moddalarining yig‘ma 
qaydnomasini tuzadi.
Ta’kidlash lozimki, banklar tomonidan tuzilgan aylanma kassa 
xomcho‘ti amaliyotda doimo ham bajarilavermaydi. Ushbu holat 
obyektiv va subyektiv sabablar bilan izohlanadi. Albatta, bu ijobiy 
holat sifatida baholanmaydi. Chunki, banklar o‘z majburiyatlarini to‘liq 
ravishda bajarmasligi aholi va mijozlarning ularga bo‘lgan ishonchini 
pasayishiga sabab bo‘ladi.
Banklar yuridik shaxslardan olgan choraklik aylanma kassa xom-
cho‘tini oyma – oy taqsimlab chiqadilar. Bunda quyidagilar hisobga 
olinadi: 
– har bir oyning ish kunlari soni va boshqa xususiyatlari; 
chakana tovar aylanmasi, ish haqi fondlari hajmining oylar 
bo‘yicha o‘zgarib turishi mumkinligi; 
– aholining soliqlar, yig‘imlar va boshqa majburiy to‘lovlarni 
to‘lash muddatlari. 
Tijorat banklari aylanma kassa xomcho‘tini yangi chorak boshla-
nishidan 15 kun oldin Markaziy bankning hududiy bosh boshqar-
malariga taqdim etadi, ular esa Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Tosh-
kent shahri va viloyatlar bo‘yicha umumlashtirilgan aylanma kassa 
xomcho‘tlarini chorak boshlanishidan kamida 5 kun oldin Respublika 
Markaziy bankiga taqdim etadilar. Tijorat banklari va Markaziy 
bankning hududiy bosh boshqarmalari kassa aylanmalari xomcho‘ti 
bilan birgalikda tushuntirish xatlarini ham qo‘shib jo‘natishlari lozim. 
Tushuntirish xati qisqa bo‘lishi kerak, unda kassa aylanma-
larining to‘liq asoslangan xomcho‘ti hamda o‘tgan yilning tegishli 
davriga nisbatan o‘zgarishlarga tushuntirishlar beriladi. 
Pul muomalasini tashkil etish va tartibga solish.

Download 3,57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   211




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish