Toshkent moliya instituti a. A. Omonov, T. M. Qoraliev pul va banklar


Investitsiyalarni har tomonlama kafolatlash agentligi



Download 3,57 Mb.
Pdf ko'rish
bet198/211
Sana29.05.2022
Hajmi3,57 Mb.
#614497
1   ...   194   195   196   197   198   199   200   201   ...   211
Bog'liq
Toshkent moliya instituti a. A. Omonov, T. M. Qoraliev pul va ba

Investitsiyalarni har tomonlama kafolatlash agentligi
(IXKA) 
rivojlanayotgan mamlakatlarga to‘g‘ridan – to‘g‘ri investitsiyalarni jalb 
etishni rag‘batlantirish maqsadida 1988 yilda tashkil etilgan. IXKA 
a’zo – mamlakatlarga kiritilayotgan investitsiyalarni notijorat risklar-
dan, ya’ni investitsiya mulklarini eksproportsiya qilish, siyosiy katak-
lizma, valyuta konvertatsiyasini bekor qilish, hukumat qarori natijasida 
kontrakt shartnomalarini bajarilmaslik holatlarini kafolatlaydi. Odatda 
investitsiyalarni 15 yilga, ayrim hollarda 20 yil muddatgacha kafo-
latlaydi. Kafolatlangan investitsiyalar bo‘yicha muammolar vujudga 
kelganda ularning 90 foizi IXKA tomonidan qoplab beriladi. IXKA 
o‘zining kafolatlash faoliyatini milliy sug‘urta kompaniyalari bilan 
hamkorlikda tashkil etadi.
Investitsion munozaralarni tartibga solish bo‘yicha xalqaro 
markazi (IMXM) 1966 yilda tashkil etilgan bo‘lib, investitsion nizo-
larni arbitraj yordamida, xalqaro huquq mexanizmlari asosida tartibga 
solish asosida xorijiy investitsiyalarni jalb etishga ko‘maklashadi. Shu 
bois ham ko‘plab investitsiyalar haqidagi kelishuvlar shartida 
IXKAning arbitraj yordamida hal etishga havola qilinadi.


365 
20.4. Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki 
 
Fransiyaning sobiq Prezidenti Fransua Mitteran 1989 yilning 25 
oktyabrda Yevropa parlamentining yig‘ilishida Yevropa tiklanish va 
taraqqiyot banki (EETB)ni tashkil etish tashabbusi bilan chiqdi. 
Shundan so‘ng 1990 yil 29 mayda Parijdagi kelishuvga asosan EETB 
ta’sis etildi va bu kelishuv 1991 yil 28 martdan kuchga kirdi.
1991 yil 15 – 17 aprel kunlari bank boshqaruv kengashining 
birinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi va unda bank ta’sischilari bo‘lgan 40 ta 
mamlakat va 2 ta xalqaro tashkilot, ya’ni Yevropa ittifoqi (EI) va 
Yevropa investitsiya banki (EIB) ishtirok etdi.
ETTB faoliyatining eng asosiy jihatlarini quyidagilarda ko‘ri-
shimiz mumkin. 1991 yilning noyabrida ETTBning Varshava vako-
latxonasi ochildi va Estoniya, Latviya va Litva davlatlari bankga 
a’zoligi tasdiqlandi. Bugungi kunda ETTBning aksiyadorlari 60 
mamlakat, EI va EIB xalqaro tashkilotlar hisoblanadi. Umumiy imzo-
langan kapital – 1964 mlrd yevro, to‘langan kapital – 5,2 mlrd yevro.
ETTBning faoliyat maqsadi va asosiy vazifasi bozor muno-
sabatlarini 
rivojlantirish 
va 
jahon 
iqtisodiy 
integratsiyasini 
chuqurlashtirish uchun tashkil etish hisoblanadi. Shu nuqtai nazardan 
ETTBning asosiy vazifasi Markaziy va Sharqiy Yevropa mam-
lakatlarida, Rossiya va Markaziy osiyo mamlakatlarida rejali iqtiso-
diyotdan bozor iqtisodiyotiga o‘tish jarayonlarini tezlashtirishdan 
iborat. Bugungi kunda ETTB loyihalari Yevropa va Osiyoning 27 
davlatida amal qilmoqda. Boshqa xalqaro moliya tashkilotlaridan farqli 
o‘laroq, bank nizomiga asosan loyiha amalga oshirilayotgan 
davlatlarda ko‘p partiyaviylik, plyuralizm va bozor iqtisodiyoti 
tamoyillari amal qilishi shart.
ETTB ning investitsiya loyihalari orqali: 
-
sanoatda tarkibiy islohatlar o‘tkazish; 
-
raqobat, xususiylashtirish va tadbirkorlikni rivojlantirish; 
-
moliyaviy 
tashkilotlar 
faoliyati 
va 
huquqiy 
tizimni 
barqarorlashtirish; 
-
xususiy sektorni rivoji uchun infrastrukturani qo‘llab quvvat-
lash; 
-
korporativ boshqaruv tizimini tadbiq etish, shu jumladan 
tabiatni muhofaza qilish masalalari moliyalashtiriladi. 


366 
ETTBning tarkibiy tuzilishi va faoliyati ustidan boshqaruv 
kengashi, direktorlar kengashi va bank prezidenti nazorat olib boradi. 
Boshqaruv kengashi ETTBning yuqori organi bo‘lib, bankning har bir 
a’zosidan ikkitadan shaxsni boshqaruvchi va uning muovinini o‘z 
ichiga oladi. ETTBga a’zo mamlakatlar xohishiga qarab, bu shaxslar 
istalgan vaqtda o‘zgartirilishi mumkin. 
Direktorlar kengashining 23 a’zosi bo‘lib, uning ikkitasi EI va 
EIB tomonidan; 6 ta direktor AQSh, Buyuk Britaniya, Fransiya, 
Germaniya, Italiya va Yaponiya tomonidan saylanadi. 15 ta direktorlar 
saylash bir xil davlatlarga to‘g‘ri keladi: 4 tasi donor mamlakatlar, 5 ta-
si istisno tariqasida loyiha amalga oshirilayotgan mamlakatlar 
tomonidan va 6 tasi donor va loyiha amalga oshirilayotgan davlatlar 
kelishuviga ko‘ra saylanadi. ETTBni yig‘ilishlarida ovoz berish tartibi 
aksiyalar ulushiga qarab belgilanadi.
ETTB ustav kapitali tarkibida
 
EI va EIBning kvotalari 51 % ni, 
Markaziy va Sharqiy Yevropa davlatlariniki – 13%, boshqa Yevropa 
mamlakatlariniki – 11% , boshqa a’zo mamlakatlar hissasiga – 24 % 
kvota to‘g‘ri keladi. Bankning kapitali tarkibida eng yuqori ulush 
AQSh (10%), Italiya, FRG, Fransiya, Buyuk Britaniya va Yaponiya 
(8,5 % dan) mamlakatlari hissasiga to‘g‘ri keladi.
ETTBning kredit siyosatiga e’tibor qaratadigan bo‘lsak, asosan 
a’zo – mamlakatlarda ishlab chiqarishni rivojlantirish, shuningdek 
hamkorlikda sindikat kreditlarini berish, korxonalarning ustav 
kapitaliga investitsiyalar kiritish, qimmatli qog‘ozlarni joylashtirishni 
kafolatlash, mamlakat infrastrukturasini rivojlantirish va eksport – 
import operatsiyalari bo‘yicha dasturlarni qo‘llab – quvvatlash 
masalalari alohida o‘rin tutadi.

Download 3,57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   194   195   196   197   198   199   200   201   ...   211




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish