225
larining qoldig‘ini, savdoning ahvoli va
tovar zahiralarining holatini,
chakana savdo tarmog‘idagi tovar zahiralari tarkibini tovar aylanma-
sining mo‘ljaldagi hajmining bajarilishini tahlil qiladi;
- aholining tovarlar va xizmatlarga bo‘lgan ehtiyoji qanday
qondirilayotganini o‘rganadilar hamda ana shu o‘rganish natijalaridan
aholining to‘lovga qobil talabini qondirishni
yaxshilash yuzasidan
takliflar ishlab chiqadi;
- pul muomalasining holatini hamda uning tavsiflovchi ko‘rsat-
kichlarni tahlil qilish asosida tegishli idoralar bilan birgalikda pul
muomalasini barqarorlashtirish, tashkilotlarning naqd pulga bo‘lgan
ehtiyojlarini uzluksiz qondirishga qaratilgan takliflar ishlab chiqib,
joylardagi davlat boshqaruv organlari muhokamasiga qo‘yadilar.
Bundan tashqari, Markaziy Bank hududiy Bosh Boshqarmalari
:
- tegishli hududda pul muomalasini
tashkil etadilar va amalga
oshiradilar;
- pul muomalasining ahvolini, naqd pul emissiyasining hududiy
taqsimlanishini o‘rganadilar, banklarning kassa aylanmasini tahlil
qiladilar, pul muomalasining holatini ko‘rsatuvchi ma’lumotlarni jam-
laydilar va tartibga soladilar;
- kassa resurslarini
tartibga soladilar, tashkilotlarning naqd
puldagi hisob – kitoblarini o‘z vaqtida amalga oshirilishini ta’minlash
choralarini ko‘radilar;
- banklarning pul muomalasi sohasidagi ishlarini tahlil qiladilar
va o‘rganadilar.
Shu bilan birgalikda, naqd pulga bo‘lgan
talabni qisqartirish
maqsadida tovarlar va xizmatlar uchun naqd pulsiz hisob – kitoblarni
rivojlantirishga qaratilgan choralar ko‘radi.
Ushbu tadbirlar albatta naqd pulga bo‘lgan mutloq talabni aniqlash
uchun katta ahamiyat kasb etadi. Lekin, amaliy jihatdan pulga, xususan
naqd pulga bo‘lgan talab xo‘jalik subyektlari va aholining naqd pulga
bo‘lgan aniq ehtiyojlarini hisob – kitob qilish orqali belgilanadi.
Barcha naqd pul oqimlari harakati bank kassalaridan boshlanib yana
bank kassalariga qaytish bilan yakunlanadi. Bu esa, bank kassalari
orqali o‘tadigan pul oqimlarini o‘rganish natijasida
yaqin kelajakdagi
naqd pulga bo‘lgan talabni aniqlash imkoniyatini yaratadi.
Lekin, bozor munosabatlari shakllanib borgan sari eski usul bilan
naqd pul muomalasini boshqarish o‘z samarasini yo‘qotib bormoqda.
Chunki, bozor iqtisodiyoti sharoitida tovarlar bahosi va ish haqi
226
miqdorining o‘zgarib turishi sababli zarur naqd pul miqdorini aniq
belgilash mumkin emas.
Shundan kelib chiqqan holda, O‘zbekiston
Respublikasi Vazir-
lar Mahkamasining 2003 yil 4 fevraldagi “Pul – kredit ko‘rsatkichlarini
tartibga solish mexanizmini takomillashtirish chora – tadbirlari to‘g‘-
risida” 63 – sonli qaroriga asosan jami pul massasi ustidan samarali
nazoratni amalga oshirish maqsadida pul agregatlarining zamonaviy
usullari amaliyotga joriy qilina boshlandi.
Do'stlaringiz bilan baham: