Toshkent moliya instituti a. A. Omonov, T. M. Qoraliev pul va banklar



Download 3,57 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/211
Sana29.05.2022
Hajmi3,57 Mb.
#614497
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   211
Bog'liq
Toshkent moliya instituti a. A. Omonov, T. M. Qoraliev pul va ba

 
 
1.2. Pulning vujudga kelishi va zarurligi 
Pulning vujudga kelishi kishilik jamiyati sivilizatsiyasining 
buyuk kashfiyotlaridan hisoblanadi. 
“Pul” deb nomlangan maxsus 
tovarning paydo bo‘lishi natijasida odamlar o‘rtasida ayirboshlash 
bilan bog‘liq ziddiyatlar va «ehtiyojlarning bir – biriga mos 
kelmasligi» kabi muammolar barham topdi. 
Pulning vujudga kelishi, uning evolyutsion rivojlanishi, naza-
riyasi, mohiyati va funksiyalari haqida xorijiy va mahalliy iqtisodchi 
olimlar, nazariyachilar, mutaxassislar juda ko‘p ilmiy asarlar, 
maqolalar va tadqiqot ishlari yaratgan. Hozirgi kunda ham ushbu 
jarayon davom etmoqda. Iqtisodiy adabiyotlarda pulning vujudga 
kelishi va uning hozirgi kundagi ko‘rinishi haqida yagona yondashuv 
mavjud emas.
Pulning vujudga kelish sababini bilish uchun qadimda odamlar 
o‘rtasida ro‘y bergan ayirboshlash munosabatlarini amalga oshirish 
jarayoniga e’tibor qaratish lozim. Chunki, aynan mana shu tabiiy 
ayirboshlash jarayoni hozirgi kunda siz bilan biz kundalik hayotda va 
hisob – kitoblarda foydalanib kelayotgan pulning vujudga kelishiga za-
min yaratgan. Xususan, pulning vujudga kelishiga quyidagi omillar 
asos bo‘lib xizmat qiladi: 
-
qadimgi davrda odamlar o‘z ehtiyojidan ortib qolgan iste’mol 
mahsulotlari turib qolmasligi va saqlashning imkoniyati bo‘lmaganligi 
bois ularni o‘zlariga yaqin yoki tanish odamlarga bergan, bu o‘z – 
o‘zidan odamlar o‘rtasida stixiyali ravishda bir tomonlama ayirbosh-
lash munosabatlari vujudga kelishiga sabab bo‘lgan; 
-
keyinchalik odamlarning ongi, dunyoqarashi va hayot kechirish 
tarzi 
rivojlanganligi 
natijasida, 
ikki 
tomonloma 
ayirboshlash 
munosabatlari vujudga kela boshladi. Bu davrda, kishilarda o‘ziga 
zarur bo‘lmagan buyumning o‘rniga nimadir olish evaziga, ikkinchi 
kishiga berish lozimligini anglay boshladilar. 
Bularning barchasi dastlab stixiyali ravishda sodir etilib, bu 
odamlarning kundalik uchun zarur bo‘lgan buyumlar, oziq – ovqatlar, 



kiyim – kechaklar va boshqa ehtiyojlarini qondirish natijasida ro‘y 
bergan. Bu davr ishlab chiqarish usulining natural xo‘jalik tuzumi 
davriga borib taqaladi. Ma’lumki, natural xo‘jalik tuzumidan ilgarigi 
davrda har bir kishi kunlik ehtiyoj uchun zarur bo‘lgan mahsulotni 
mustaqil ravishda ishlab topgan (yaratgan)ligi bois, ular o‘rtasida 
ayirboshlash munosabatlariga ehtiyoj mavjud bo‘lmagan.
Yuqorida qayd etilgan ikki omil, kishilar o‘rtasida ayirboshlash 
munosabatlarining shakllanishiga zamin yaratdi, natijada odamlar 
ixtiyoridagi ortiqcha mahsulotni o‘zi uchun zarur bo‘lgan boshqa 
mahsulotga ayirboshlashga ehtiyoj seza boshladi. 

Download 3,57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   211




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish