Toshkent moliya instituti a. A. Omonov, T. M. Qoraliev pul va banklar



Download 3,57 Mb.
Pdf ko'rish
bet15/211
Sana29.05.2022
Hajmi3,57 Mb.
#614497
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   211
Bog'liq
Toshkent moliya instituti a. A. Omonov, T. M. Qoraliev pul va ba

muomala vositasi
 
bozor ishtirokchilari o‘rtasida 
tovarlarni oldi – sotdisi va xizmatlarni ko‘rsatish jarayonida namoyon 
bo‘ladi. Ushbu jarayonda pul vositachi rolini bajaradi.
Pulning muomala vositasi funksiyasini bajarishining bir sharti 
mavjudki, u ham bo‘lsa, tovarlarni sotib olish va xizmatlarni ko‘rsatish 
uchun to‘lov bir vaqtda amalga oshiriladi. Pulning ushbu funksiyasini 
bajarishda bevosita naqd pullar ishtirok etishi talab etiladi.
Ayirboshlash jarayonida tovarlar bir marta qatnashib muomala 
maydonini tark etsa, pul muomala vositasi funksiyasi yordamida ushbu 
jarayonga qayta – qayta kelaveradi. Iqtisodiyotda pulning banklar 
orqali aylanish tezligi qancha yuqori bo‘lsa, tovarlarni sotib olish 
uchun muomalaga zarur bo‘lgan pul massasiga talab shuncha pasayadi.
Pulning 
muomala 
vositasi 
funksiyasi 
o‘zaro iqtisodiy 
munosabatlarda ishtirok etayotgan tomonlarning faoliyati ustidan 
nazorat vositasi sifatida maydonga chiqadi. Markazdan rejalashtirish 
davrida pulning muomala vositasi bir muncha chegaralangan edi. 
Natijada, odamlarning qo‘lida naqd pullar bo‘lishiga qaramasdan 
o‘zlari istagan tovarlarni sotib ololmasdi yoki sotib olishga imkoniyat 
yo‘q edi.
Pulning muomala vositasi funksiyasida pul va tovar hamda 
xizmatlar harakati bir zamon va makonda amalga oshiriladi. Pulning 
muomala vositasini haqiqiy real pullar ularning muomaladagi belgilari 
(qog‘oz, kredit va elektron ko‘rinishidagi pullar) bajaradi.
Tovarlar sotilganda va xizmatlar ko‘rsatilganda, ular uchun to‘lov 
kechiktirib amalga oshirilgan barcha holatlarda pul 
to‘lov vositasi
 


23 
funksiyasini
 
bajaradi. Demak, sotilgan tovar va ko‘rsatilgan xizmatlar 
to‘lov jarayonida uzilish bo‘lmasa, pul muomala vositasini bajaradi, 
agar ushbu jarayon ma’lum davrga uzilishi, ya’ni to‘lov kechikkan 
holatlarning barchasida, pul avtomatik tarzda, o‘zining to‘lov vositasi 
funksiyasini bajaradi.
Pulning to‘lov vositasi funksiyasi asosan quyidagi holatlarda 
namoyon bo‘ladi; 
– jami ijtimoiy mahsulotni yaratish, taqsimlash va qayta 
taqsimlashda; 
– davlat byudjeti daromadlari va xarajatlarini shakllantirish va 
qayta taqsimlashda; 
– kredit muassasalari ssuda va investitsiya operatsiyalarini 
bajarganda kredit va investitsiya pullarini qaytarish va foiz to‘lovlarini 
to‘lashda; 
– korxona va tashkilotlar o‘z xodimlariga ish haqi va unga 
tenglashtirilgan mablag‘larni to‘lashda va boshqa holatlarda. 
Pulning to‘lov vositasi funksiyasi amal qilgan sharoitda naqd 
pullarning ishtirokiga zaruriyat bo‘lmaydi, barcha operatsiyalar bank 
hisobraqamlarida biridan ikkinchisiga o‘tkazish orqali amalga 
oshiriladi.
Ayrim iqtisodiy adabiyotlarda, ayniqsa rivojlangan mamlakatlar-
da chop etilgan adabiyotlarda, pulning to‘lov vositasi funksiyasi, uning 
alohida funksiyasi sifatida e’tirof etilmaydi. Pulning ushbu funksiyasi 
uning muomala vositasi funksiyasi bilan hamohang tarzda o‘rganiladi. 
Pulning ikkita funksiyasi bir – biriga qo‘shib o‘rganilganda.
“…pul tovarlar va xizmatlarning to‘lovi va qarzlarning to‘lov 
vositasi”
27
tarzida ta’kidlanadi.
Nazarimizda, rivojlangan mamlakatlar iqtisodchilari tomonidan 
pulning to‘lov vositasi va muomala vositasi funksiyalarini bir – biriga 
qo‘shib yuborilishi natijasida, uning to‘lov vositasi funksiyasini e’tirof 
etilmasliklari maqsadga muvofiq emas.
Pul o‘zining muomala va to‘lov vositasi funksiyalarini bajarma-
gan vaqtda 

Download 3,57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   211




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish