268
bank Kengashi (kuzatuv kengashi);
bank Boshqaruvi.
Markaziy bank tijorat banklariga bank operatsiyalarini amalga
oshirish uchun litsenziya berish yuzasidan qaror qabul qilishda asosiy
omil bo‘lib quyidagilar hisoblanadi:
-
biznes rejaning maqbulligi;
-
kapitalning adekvatligi;
-
daromadlilikning kelgusi istiqbollari;
-
ko‘zda tutilayotgan rahbarning malakasi va obro‘ – e’tibori;
-
bankni ochish uchun taqdim etilgan hujjatlarning amaldagi
qonunchilikka muvofiqligi;
-
monopoliyaga qarshi choralar.
Dastlab tashkil etilayotgan banklarning
ustav kapitalida bank-
larning ishtirok etishiga yo‘l qo‘yilmaydi, xorijiy kapital ishtirokidagi
banklar va shu’ba banklarni tashkil etish hollari bundan mustasno.
Tashkil etilayotgan bankning ustav kapitalida bir aksiyadorning
ulushi yigirma foizdan ortsa Markaziy bankdan oldindan rozilik
olinishi lozim. Bir aksiyador yoki o‘zaro bog‘langan aksiyadorlar
guruhining tijorat banki ustav kapitalidagi
ulushi ustav kapitali
umumiy miqdorining 25 foizidan ortiq bo‘lishi mumkin emas.
Yangidan tashkil etilayotgan tijorat banklarining muassislari
moliyaviy jihatdan barqaror bo‘lishlari lozim. Muassislarning
moliyaviy barqarorligi quyidagi omillar bilan belgilanadi:
balansning nolikvidligi;
to‘lovga qobiliyatsizlik yoki bankrotlik;
yuridik shaxs rasmiy ravishda bankrot deb e’lon qilinishidan
qat’i nazar uning passivlari aktivlaridan oshib ketishi;
yuridik shaxs taqdim etgan shaxs zarur hollarda ustav
kapitalini oshira olmasligini ko‘rsatsa;
bankda mulk sotib olinishi ko‘zda
tutilishi natijasida bankka
yoki uning omonatchilariga moliyaviy xavf solinishi mumkinligini
ko‘rsatuvchi boshqa hollar ma’lum bo‘lsa.
Tijorat banklarini tashkil etishda barcha shaxslar ham ishtirok
etishi maqsadga muvofiq kelmaydi. Bunday shaxslar tarkibiga:
bankrotlikka uchragan yuridik shaxsning sobiq rahbarlari,
boshqaruvi va kuzatuv kengashi a’zolari yoki yirik ishtirokchisi va
yuridik shaxsning bankrotligi ularning harakatlari
oqibatida yuzaga
kelganligi faktlari ma’lum bo‘lsa;
269
o‘zining ishbilarmonlik va shaxsiy xattiharakatida ishlarni
noto‘g‘ri boshqarish va vijdonan yuritish mumkin emasligini
namoyish qilgan shaxslar;
offshor hududlarda ro‘yxatga olingan norezident yuridik
shaxslar;
davlat hokimiyati organlari,
mahalliy boshqaruv organlari,
jamoat birlashmalari, jamoat fondlari, byudjetdan tashqari fondlar,
byudjet muassasalari va tashkilotlari, agar
boshqa holat qonunlarda
ko‘zda tutilmagan bo‘lsa.
Yangidan tashkil etilayotgan tijorat banklari quyidagi ta’sis
hujjatlarini Markaziy bankka taqdim etishi lozim:
a) muassislar tomonidan imzolangan va ularning muhrlari bilan
tasdiqlangan ta’sis shartnomasi;
b) muassis – aksiyadorlar yig‘ilishi tomonidan tasdiqlangan va
bank Kengashi raisi tomonidan imzolangan bank ustavi;
d) ta’sis yig‘ilishining bayoni. Bu hujjatda bankni tashkil etish,
ustav kapitali miqdori, ustav va biznes –
rejani tasdiqlash, bank
Kengashi, taftish komissiyasi va boshqaruvini saylash to‘g‘risidagi
qaror bo‘lishi lozim.
Mustaqillikka erishgandan hozirgi kungacha bo‘lgan davrda turli
mulk shaklidagi qator banklar tashkil etildi, ularning asosiy qismi
mamlakatimiz moliya – kredit bozorida samarali faoliyat yuritib
kelmoqda.
Mamlakatimizda bozor munosabatlarining takomillashuvi va
iqtisodiy islohotlarning chuqurlashuvi natijasida
ularning ayrimlarini
maqomi o‘zgartirildi, ayrimlari boshqa banklarga qo‘shilib yoki
umuman faoliyatini to‘xtatdi. 2018 yil 1 yanvar holatiga mamla-
katimizda jami 28 ta tijorat banklari tashkil etilgan bo‘lib, ularning
uchtasi davlat banki, beshtasi xorijiy kapital ishtirokidagi qo‘shma
banklar, 8 tasi xususiy banklar, qolganlari aksiyadorlik tijorat banklari
hisoblanadi.
Xulosa qilib aytganda, tijorat banklar
iqtisodiyotning muhim
moliyaviy “qon tomirlari” hisoblanib, ularning faoliyatini tashkil etish
va nazorat qilish mamlakatning tegishli qonun va me’yoriy hujjatlari
asosida amalga oshiriladi.
Mamlakatimizda bu boradagi jarayon doimiy ravishda rivojlanib
va takomillashib bormoqda.