Toshkent moliya instituti a. A. Omonov, T. M. Qoraliev pul va banklar



Download 3,47 Mb.
Pdf ko'rish
bet196/315
Sana11.01.2022
Hajmi3,47 Mb.
#346118
1   ...   192   193   194   195   196   197   198   199   ...   315
Bog'liq
PUL VA BANKLAR Darslik

iqtisodiy  mustaqilligi
 
7ta mezon bo‘yicha baholanadi

1.  Hukumatga  avtomatik  tarzda  kreditlar  berish  jarayonining 
mavjud emasligi. 
2.  Markaziy  bank  kreditlari  Hukumatga  bozor  stavkalarida  beri-
ladi. 
3.  Markaziy  bank  kreditlari  Hukumatga  ma’lum  muddatga 
beriladi. 
4. Kreditlar Hukumatga cheklangan miqdorda beriladi. 
5.  Markaziy  bank  davlat  qimmatli  qog‘ozlarining  birlamchi 
ishtirokchisi hisoblanmaydi.  
5.  Markaziy  bank  davlat  qimmatli  qog‘ozlarining  birlamchi 
ishtirokchisi hisoblanmaydi.  
6.  Markaziy  bank  o‘zining  foiz  stavkalari  mustaqil,  Hukumat 
bilan kelishmasdan, o‘rnatadi. 
7.  Markaziy  bank  bank  sektorini  nazorat  qilish  yuzasidan 
javobgardir.  (Bu  holatda  GMT  indeksi  asosida  MB  ga  2  ball 
o‘zlashtiriladi  yoki  boshqa  davlat  organi  bilan  birgalikda  amalga 
oshirilsa 1 ball qo‘yiladi). 
Har  bir  mezon  2  ta  o‘lchamga  ega,  ya’ni  0  va  1  ball  bilan 
baholanadi. 
0 – mustaqillik darajasi past; 
1 – mustaqillik darajasi yuqori. 
Siyosiy  va  iqtisodiy  mustaqillik  indekslari  bo‘yicha  to‘plangan 
ballar qo‘shilib, umumiy mustaqillik indeksi aniqlanadi. 
Umumiy  mustaqillik  indeksining  eng  yuqori  darajasi  15  ballga 
teng. 
Shundan: 
siyosiy mustaqillik – 8 ball 
iqtisodiy mustaqillik – 7 ball.  


246 
Eyffinger–Shaling indeksi 3 ta faktor asosida hisoblanadi: 
1)
 
MBning pul-kredit siyosatini aniqlashdagi mustaqilligi; 
2)
 
MB boshqaruv organlarida hukumat organlarining mavjudligi; 
3)
 
Hukumat  tomonidan  tayinlanadigan  MB  boshqaruv  organlari 
a’zolarining ulushi;  
4)
 
Bu  indeks  qanchalik  shartlarni  bajarilishiga  ko‘ra  1  dan  5 
gacha baholanadi.  
Bundan  tashqari,  MB  siyosiy  mustaqilligi  MB  boshqaruvini 
tayinlash  jarayonining  qonun  bilan  boshqarilishida  ham  ko‘zga 
tashlanadi.  Rivojlanayotgan  mamlakatlarda  MBning  boshqaruvini 
tanlash  va  ularning  vakolat  muddatlarini  qisqartirishga  hukumatning 
aralashishi, bank boshqaruvida hukumat vakillari ishtirok etishi hamda 
hukumat  bilan  munozaralarda  MBning  qonuniy  himoyasining  chega-
ralanganligi  kabilar  ularning  mustaqil  qaror  qabul  imkoniyatini 
bermaydi.  
Hozirgi  davrda  dunyo  bo‘yicha  siyosiy  mustaqillik  darajasi  eng 
yuqori  bo‘lgan  Markaziy  bank  –  bu  Yevropa  Markaziy  bankidir 
(EMB). Xususan: 

 
EMB  Yevropa  Ittifoqi  boshqaruv  organlariga  va  yevrohudud 
hukumatlariga umuman bo‘ysunmaydi;  

 
EMB baholar barqarorligiga javob beradi;  

 
EMBning  vakolatlarini  qonunchilik  asosida  o‘zgartirilishi 
mumkin emas.  
EMBning  vakolatlari  faqatgina  Maastrixt  shartnomasini  qayta 
ko‘rib chiqish natijasida o‘zgartirilishi mumkin. Bu esa, juda murakkab 
jarayon bo‘lib, barcha ishtirokchilarning roziligini olishni talab etadi.  
AQSh FZTning ham siyosiy mustaqillik darajasi yuqoridir. 
FZT  Boshqaruvchilar  kengashi  a’zolari  14  yilga  tayinlanadi. 
AQSh  Prezidenti  faqat  2  muddatga  (8  yil)  saylana  oladi.  FZT  Prezi-
denti  nomzodini  AQSh  Prezidenti  Senatga  taqdim  etadi,  shuningdek 
FZT pul-kredit siyosatini amalga oshirishda mustaqildir. 
Ammo  FZTning  siyosiy  mustaqillik  darajasi  EMBnikidan  past, 
chunki FZTga Kongress ta’sir ko‘rsata oladi.  
Kanada  va  Angliya  Markaziy  banklarining  siyosiy  mustaqillik 
darajasi bundan ham pastdir. 
Kanada  Markaziy  bankining  Direktori  Hukumat  tomonidan  tas-
diqlanadi. Pul-kredit siyosati instrumentlarini mustaqil tanlay olmaydi. 


247 
Kanada  Markaziy  banki  va  Hukumati  o‘rtasida  kelishmovchilik 
yuzaga  kelsa,  Moliya  vazirligi  direktiva  chiqarish  huquqiga  ega  va 
Markaziy bank uni bajarishga majbur. 
Ammo hozirga qadar Moliya vazirligi bironta ham direktiva chi-
qarmagan. Chunki, direktiva yozma ravishda rasmiylashtirilishi kerak.  

Download 3,47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   192   193   194   195   196   197   198   199   ...   315




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish