Toshkent moliya instituti a. A. Omonov, T. M. Qoraliev pul va banklar



Download 3,47 Mb.
Pdf ko'rish
bet26/315
Sana11.01.2022
Hajmi3,47 Mb.
#346118
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   315
Bog'liq
PUL VA BANKLAR Darslik

Metall  pullar.
 
Kishilar  o‘rtasida  ayirboshlash  jarayonlarining 
tezlashuvi va mehnat taqsimotining chuqurlashuvi ayirboshlash hajmi-
ning  ortishiga  olib  keldi.  Iqtisodiy  munosabatlarning  takomillashuvi 
natijasida  kishilar  metalni  kashf  etdilar,  undan  turli  xil  mehnat 
qurollarini  yasab  kundalik  hayotda  foydalandilar.  Shu  bilan  birga, 
ushbu  mehnat  qurollari  to‘lov  vositasi  vazifasini  ham  bajardi.  Keyin-
chalik  esa  metalldan  tanga  pullarni  zarb  qilish  yo‘lga  qo‘yildi.  Bu-
larning  barchasi  ayirboshlash  munosabatlari  jarayonida  foydalanib 
kelinayotgan natural pul shakllarini metall pul shakliga o‘tishiga zamin 
tayyorladi. 
Metalldan yasalgan mehnat qurollarining to‘lov vositasi sifatida 
foydalanganligining  xususiyati  shunda  ediki,  kishilar  metaldan 
tayyorlangan  bolta  va  shunga  o‘xshash  narsalardan  to‘lov  vositasi 
sifatida  foydalangan  bo‘lsada,  ular  boshqa  maqsadda,  ya’ni  kundalik 
hayotda  foydalanish  uchun  yaratilgan  edi.  Masalan,  kishilar  metaldan 
yasalgan  boltadan  ayirboshlash  vositasi  sifatida  keng  foydalangan, 
lekin u to‘lov vositasini bajaradigan tanga ko‘rinishiga ega bo‘lmagan. 
Odamlar  stixiyali  ravishda  metalldan  yasalgan  boltani  to‘lov  vositasi 
o‘rnida foydalanishgan.  
Pulning  natural  ko‘rinishidan  metall  tanga  shakliga  o‘tishi, 
yuqorida ta’kidlanganlardan tashqari quyidagi omillar muhim ahamiyat 
kasb etgan.  
1. Kishilar metallarga turli shaklda ishlov berishni kashf etilishi. 
Ta’kidlaganimizdek,  bolta  va  shunga  o‘xshash  temir  qurollardan  pul 
vositasi  sifatida  foydalanilgan,  lekin  ularni  puldan  foydalanishning 
metall davri deb yurita olmaymiz. Chunki, ushbu mehnat qurollarining 
funksiyalari boshqa bo‘lgan. Kishilar metalni kashf qilganlaridan keyin 
oradan  juda  ko‘p  davrlar  o‘tishi  bilan  unga  ishlov  berish  yo‘llarini 
o‘rgandilar.  Bu  o‘z  –  o‘zidan  metall  tangalarni  zarb  etishga  turtki 
bo‘ldi.  
2.  Davlatchilikning  paydo  bo‘lishi. 
Metall  kashf  etilib, 
odamlarga  unga  ishlov  berish  yo‘llari  ma’lum  bo‘lgandan  so‘ng, 
ma’lum  hudud  va  qabilalar  alohida  kishilarning  hukmronligi,  xonligi 
va qirolligi ostida boshqarila boshlandi. Bu o‘z o‘zidan o‘sha davrning 
hukmroni, xoni yoki qirolining maqeini oshirish, o‘zining chegaralarini 
mustahkamlash  va  qonunlarini  yuritish  zaruriyatini  keltirib  chiqardi. 
Bularning  barchasi  turli  tasvirlar  va  yozuvlar  tushirilgan  tangalarni 
zarb etishga asos bo‘ldi.  


30 
3. Kishilar o‘rtasida tovar ayirboshlash hajmining ortib borishi 
natijasida  ushbu  jarayonning  murakkablashuvi
.  Masalan,  dehqon  bir 
qop  bug‘doyni  bitta  boltaga  ayirboshlashi  uchun  temirchi  kosibning 
xohishi  dehqonning  xohishiga  mos  kelishi  lozim.  Ya’ni  mazkur 
holatda, temirchining bir qop bug‘doyga ehtiyoji bo‘lishi kerak. Biroq, 
temirchiga bir qop bug‘doy emas, balki bitta qo‘y kerak bo‘lsa, u holda 
dehqon bug‘doyni qo‘yga almashtirishi, so‘ngra qo‘yni temirchiga olib 
kelib  bitta  boltaga  almashishi  zarur  bo‘lar  edi.  Ko‘rinib  turibdiki, 
kishilar  o‘rtasida  mehnat  taqsimotining  chuqurlashuvi  va  ayirboshlash 
hajmining  ortishi  natural  pullarni  to‘lov  vositasi  sifatidagi  vazifasini 
amalga oshirish imkoniyatlarini chegaralab qo‘ydi. 
4.  Natural  shakldagi  pullarni  saqlash  va  olib  yurishning 
qiyinligi. 
Alabatta,  o‘sha  paytlarda  pulning  vazifasini  bajargan  bolta 
yoki boshqa mehnat qurollarini saqlash qiyin bo‘lmagan bo‘lsada, lekin 
ularni  olib  yurish  va  xavfsizligini  ta’minlash  odamlarga  turli 
noqulayliklarni  keltirib  chiqargan.  Pulning  vazifasini  bajargan 
bug‘doy,  jun,  qo‘y  yoki  boshqa  shunga  o‘xshash  narsalar  esa  vaqt 
o‘tishi  bilan  buzilgan,  o‘zining  dastlabki  xususiyatini  yo‘qotgan.  Shu 
bilan  birga,  ularni  olib  yurish,  ayniqsa  saqlash  ham  odamlarga 
qo‘shimcha tashvish keltira boshlagan. 
Bularning  barchasi  natural  pullar  o‘rniga  metall  pullarni 
muomalaga to‘lov vositasi sifatida kirib kelishiga zamin yaratdi.  
Dastlab  metall  tangalar  qora  rangli  temirlardan  slitka 
ko‘rinishida 
tayyorlangan 
bo‘lsa, 
keyinchalik 
to‘rtburchak, 
uchburchak, yumaloq ko‘rinishdagi tanga shaklini olgan. 
  
 
3-rasm. 
 
Vaqt o‘tishi bilan temir tangalar  o‘rnini bronza, kumush va oltin 
egalladi,  3-rasmga  qarang.  Temir  metallardan  yasalgan  tanga  to‘lov 
vositasini  bajarganda  ularning  baho  masshtabini  tanganing  og‘irligi 


31 
bilan aniqlangan. Keyinchalik bronza,  mis va oltin tangalar to‘lov vo-
sitasini  bajarganda  esa  baho  masshtabi  qimmatbaho  metallarning 
nafaqat  og‘irligi,  balki  ularning  xossalari  orqali  ham  aniqlanadigan 
bo‘ldi.  
Muomalada  metall  tangalar,  ayniqsa  oltin  tangalar  pulning 
vazifasini  bajarganda  iqtisodiyotda  pul  muomalasini  tartibga  solishga 
ehtiyoj bo‘lmaydi. Chunki, qimmatbaho metallar haqiqiy qiymatga ega 
bo‘lgan  asl  pul  hisoblanib,  uning  hajmi  tovar  massasasiga  nisbatan 
avtomatik  tarzda  tartibga  solinib  boriladi.  Ya’ni,  agar  iqtisodiyotda 
tovar  massasi  oltin  massasi  (qiymati)ga  nisbatan  kam  bo‘lsa  muo-
maladagi ortiqcha oltin tangalar boylik sifatida xazinaga joylashtiriladi. 
Agar,  aksincha,  muomalada  oltin  tangalar  massasi  tovar  massasiga 
nisbatan kam bo‘lsa boylik sifatida xazinaga joylashtirilgan mablag‘lar 
muomalaga chiqarish orqali o‘zaro muvozanat ta’minlanadi.  

Download 3,47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   315




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish