Buxgalteriya balansi – muayyan sanaga pulda ifodalangan va xo‘jalik mablag‘larining turlari, tashkil topish manbalari bo‘yicha iqtisodiy guruhlashtirish hamda umumlashtirish usulidir.
Buxgalteriya balansi muayyan davrdagi kompaniyaning aktivlari, majburiyatlari va ustav kapitalini umumlashtirib beruvchi moliyaviy hisobotdir.5
Buxgalteriya balansi yordamida korxona va tashkilotlarning o‘ziga taalluqli mablag‘lari, qarzga olingan mablag‘lari, vaqtinchalik foydalanishga olingan mablag‘lari to‘g‘risida aniq ma’lumotga ega bo‘lish mumkin, ikkinchidan mablag‘lar holatini nazorat qilish imkoniyatini bersa, uchinchidan mablag‘ turlarini o‘rganish uchun asos hisoblanadi. Demak, buxgalteriya balansi yordamida korxona va tashkilotlar tasarrufida bo‘lgan mablag‘lar harakati ikki jihat bilan, ya’ni mablag‘larni joylanishi va ularni tashkil topish manbalari bilan taqqoslangan holda o‘rganiladi. Buxgalteriya balansi ikki tomondan, uning chap tomoni aktiv, o‘ng tomoni esa passiv deb aytiladi.
Korxona balansining aktivi tarkibiga quyidagi bo‘limlar kiradi:
I.“Uzoq muddatli aktivlar”; II. “Joriy aktivlar”.
Passivda esa quyidagi bo‘limlar joylashgan:
I. “O‘z mablag‘lari manbalari”; II. “Majburiyatlar”.
Aktivlar6= Passivlar+ Xususiy kapital.
Aktivlar. Aktivlar ma’lum bir shaxs yoki biznes tashkiloti tomonidan egalik qilinadigan, o‘z ichiga naqd pul va ma’lum qiymatga ega bo‘lgan jumladan biznesdagi ko‘chmas mulk, transport vositasi, mebel va jihozlar, inventorlar va boshqa tashkilotlarning ulushi sifatidagi investitsiyalarni qamrab oladi.
Aktivlar ma’lum bir shaxs, biznes tashkilot yoki mamlakat tomonidan egalik qilinadigan hamda kelgusida iqsidoiy foyda keltiruvchi iqtisodiy qiymat.7
Joriy aktivlar. Likvidlikni o‘zida namoyon qiladigan naqd pul mablag‘lari joriy aktivlar deyiladi. Naqd pullar, bankdagi pullar, belgilangan depozit tushumlar (BDT), inventar jihozlar, debitorlik qarzlar, qabul qilib olingan banknotalar, qisqa muddatlai investitsiyalar, xodimlarga qarz va avanslari joriy aktiv bo‘lib hisoblanadi. Qo‘shimcha qilib aytadigan bo‘lsak, oldindan to‘langan xarajatlar ham joriy aktivning bir ko‘rinishi hisoblanadi.
Passivlar biznesdagi obligatsiyalar, mavjud bo‘lgan qarzlar yoki tashqi ishtirokchilar va kreditorlarning da’volaridir. Passivlarga kreditorlar (mol yetkazib beruvchilardan kreditga mahsulot olganlar), bank qarzlari, to‘lanmagan biznes qarzlari jumladan, vakolatli foydali xarajatlar va soliq xarajatlari misol bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |