O’zbekiston Respublikasi norezidentlarining daromadlariga solinadigan soliq stavkalari (Soliq kodeksi 182-moddasi)
№
|
Daromad turi
|
Stavka
|
1.
|
Dividendlar va foizlarga
|
10 %
|
2.
|
Xalqaro tashishlarda transport xizmatlari ko’rsatishdan olinadigan daromadlarga
|
6 %
|
3.
|
Mehnat shartnomalari va fuqarolik-huquqiy tusdagi shartnomalar bo’yicha olingan va boshqa daromadlarga
|
20 %
|
12.7. Hisobdor shaxslar bilan hisob-kitoblar hisobi
Hisobdor shaxslar — keyinchalik qilinadigan xarajatlar uchun hisobini berish sharti bilan pul mablag‘ini olgan shaxslar. Hisobdor shaxs korxona rahbarining buyrug‘i bilan faqat mazkur korxona (muassasa, tashkilot) xodimlari bo‘lishi mumkin.
22-rasm. Hisobdor shaxslar
Bo‘nak (avans) — kelajaqdagi xarajatlar va to‘lovlar hisobidan berilgan pul mablag‘lari. Bo‘nak O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan tasdiqlangan kassa muomalalarini yuritish qoidalariga asosan38 qat’iy belgilangan maqsad uchun beriladi.
Xizmat safari39 — doimiy ish joyidan tashqarida xizmat topshirig‘ini bajarish uchun korxona (muassasa, tashkilot, birlashma) rahbarining buyrug‘i bo‘yicha xodimning safari. Xizmat safariga yuboriladigan joyiga qarab O‘zbekiston Respublikasi ichidagi va tashqarisidagi xizmat safarlariga bo‘linadi. O‘zbekiston Respublikasi ichidagi xizmat safari “O‘zbekiston Respublikasi xizmat safarlari to‘g‘risida”gi yo‘riqnomaga asosan amalga oshiriladi.
Kompaniya rahbari tomonidan chiqarilgan yoki tasdiqlangan buyruqa asosan xizmat topshirig‘ini bajarish uchun boshqa joyga, ma’lum bir maqsad va topshirishni bajarish uchun yuborish hisoblanadi.40
Doimiy ishi yo‘lda o‘tadigan (temir yo‘l, havo yo‘li, suv transporti va b.) xodimlarning ish yuzasidan borib kelishi xizmat safari hisoblanmaydi. Xizmat safariing muddati, yo‘ldagi vaqtini inobatga olmagan hodda, 40 kungacha belgilanadi. Montaj va qurilish ishlari bo‘yicha safar 12 oydan oshmasligi kerak. Ayrim hollarda safar muddatini uzaytirish korxona rahbarining yozma ruxsati bilan bo‘lishi mumkin. Safar muddatini korxona rahbari belgilaydi va safarga borishga ruxsat beradi. Ish yuzasidan yuqori organlar huzuriga borish faqat ularning chaqiruvi yoki ular bilan kelishilgan holda amalga oshiriladi.
Xizmat safarlariga yuborish ushbu tashkilotlarni boshliqlari tomonidan amalga oshiriladi, buyruq va safar guvohnomasini berish bilan rasmiylashtiriladi.
Tashkilotlarda xizmat safarlariga ketayotgan shaxslarni va ushbu tashkilotga xizmat safariga kelayotgan shaxslarni ro‘yxatga olish maxsusjurnallarda yuritiladi. Tashkilotni rahbari xizmat safarlariga yuborilayotgan, xizmat safariga ketayotgan shaxslarni ro‘yxatga olish jurnalini yuritish va xizmat safarlari guvohnomasiga belgi qo‘yish uchun javobgar bo‘lgan shaxsni buyruq chiqarish yo‘li bilan tasdiqlaydi.
Xizmat safariga chiqish kuni bo‘lib transport vositasini 24 soatgacha bo‘lgan vaqt, 00dan va undan kechroq vaqt - keyingi sutka hisoblanadi, kelish kuni esa - transport vositasini doimiy ish joyiga kelish kuni hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |