Toshkent moliya instituti a. A. Karimov, J. E. Kurbanbayev


Buxgalteriya hisobotlarini taqdim etish



Download 1,1 Mb.
bet58/149
Sana21.03.2022
Hajmi1,1 Mb.
#505125
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   149
Bog'liq
2 5310129683092735966

8.3. Buxgalteriya hisobotlarini taqdim etish

Xo‘jalik yurituvchi subyektlar tomonidan tuziladigan va tegishli organlarga topshiriladigan moliyaviy hisobotlar 1 - BHMS bilan tartibga olinadi. Moliyaviy hisobotlarda quyidagi axborotlar to‘liq aks ettirilishi kerak:


1. Xo‘jalik yurituvchi subyektning nomi, mulkchilik shakli, yuridik manzili, identifikatsiyalangan nomeri va subyektni aniqlab olish uchun zarur bo‘ladigan boshqa rekvizitlar;
2. Xo‘jalik yurituvchi subyektning nomi, mulkchilik shakli, yuridik manzili, indentifikatsiyalangan nomeri va subyektni aniqlab olish uchun zarur bo‘ladigan boshqa rekvizitlar;
3. Moliyaviy hisobot bir korxonanikimi yoki bir guruh korxonanikimi;
4. Hisobot sanasi yoki moliyaviy hisobotlar qaysi davrni o‘z ichiga olishi;
Topshirilgan hisobot axborotlarini to‘g‘ri tushunish uchun quyidagi rekvizitlar keltirilishi lozim:

  1. Moliyaviy hisobotda qo‘llanilgan valyuta turi;

  2. Hisobotda foydalanilgan raqamlarning aniqlik darajasi, masalan, keltirilgan raqamlar ming hisobida yoki million hisobida ekanligi va h.k.

Moliyaviy hisobotning hisobot davri bo‘lib 1 yanvardan 31 -dekabrgacha bo‘lgan kalendar yil hisoblanadi.
Buxgalteriya hisobi to‘g‘risidagi . Qonunning 18 - moddasiga binoan agar yuridik shaxs 1 oktyabrdan qat’iy ro‘yxatdan o‘tkazilgan bo‘lsa, birinchi hisobot yili keyingi yilning 31 dekabrida tugaydi. Moliyaviy hisobot qonunchilikda nazarda tutilgan hollarda kalendar yilidan tashqari oylik yoki choraklik qilib ham topshiriladi.
Moliyaviy hisobotlar uchun hisobot sanasi bo‘lib hisobot davrining oxirgi kuni hisoblanadi. Chunonchi, subyektning yillik buxgalteriya balansi uchun hisobot sanasi bo‘lib 31 dekabr hisoblanadi, moliyaviy natijalar, to‘g‘risidagi yilik hisobot uchun hisobot davri bo‘lib 1 yanvardan 31 dekabrgacha hisoblanadi.
Moliyaviy hisobot quyidagi organlarga topshiriladi:

  1. Subyekt mulkdorlariga (davlat mulkni boshqarish vakolati berilgan organlarga, ta’sischilarga, qatnashuvchilarga binoan);

  2. Davlat statistika organlariga;

  3. Qonunchilikka binoan boshqa organlarga.

Xo‘jalik yurituvchi subyektlar moliyaviy hisobotlarini keyingi yilning 15 fevraldan kechiktirmasdan topshirishlari kerak.
Bir shaharda joylashgan subyektlar uchun moliyaviy hisobotni topshirgan kuni deb uni tegishli joyga haqiqiy taqdim etgan kuni hisoblanadi. Boshqa shaharlarda joylashgan subyektlar uchun moliyaviy hisobotni pochta orqali jo‘natgan kuni hisoblanadi (bu kun pochta korxonasini qo‘ygan shtampasida ma’lum).
Basharti hisobotni jo‘natgan sana dam olish kuniga to‘g‘ri kelsa, hisobot topshirish sanasi dam olish kundan keyingi kunga ko‘chiriladi.
Choraklik yoki yillik hisobotlarni o‘z vaqtida tuzishni ta’minlash uchun buxgalteriyaning barcha bo‘limlari ishlarini bajarish muddatlarini ko‘rsatib yig‘ma ish grafigi tuziladi. Buxgalteriya hisobi quyida yuritilsa, grafik bilan belgilangan muddatlarda jurnal - orderlarning jami chiqariladi, zarur bo‘lsa bir registrdagi summa boshqa registrlarga o‘tkaziladi va korrespondentlanuvchi schyotlar o‘zaro muqobil tekshiriladi.
Moliyaviy hisobotga tushuntirishlarning asosiy maqsadi korxonaning moliyaviy ahvoli va uning mahsulot, tovar, ish va xizmatlar bozoridagi o‘rni to‘g‘risida to‘liqroq axborotlar olish uchun hisobot shakllarining mazmunini to‘ldirishdan iborat.
Ushbu vazifani amalga oshirish uchun hisobot davridagi va o‘tgan shu davrdagi ko‘rsatkichlar taqqoslanuvchanligi, buxgalteriya balansi (1-shakl) va moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobot(2-shakl)da umumiy summa bilan keltirilgan ayrim, eng muhim mulklar va majburiyatlarni turlarining baholash uslublarini qo‘llashda yagonalikni ta’minlashdan iborat.
Buxgalteriya hisobini yuritishda u yoki bu qoidalar qo‘llanilishi mumkin bo‘lmagan vaqtdagi faktlarni ko‘rsatish va tegishli asoslashlarni tushuntirish xatida keltirish zarur. Aks holda bunday qoidalarni qo‘llash ushbu vaziyatni mazkur qoidalarni qo‘llashdan bosh tortish deb qaraladi va korxona tomonidan buxgalteriya hisobi to‘g‘risidagi amal qilayotgan qonunchilikni buzish deb tan olinadi.
Tushuntirish xatining mazmuni korxonaning joriy investitsion va moliyaviy faoliyatining asosiy texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlarini, jumladan korxona ixtiyorida qoladigan foydaning taqsimlanishi yoki taqsimlanmasligi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga oladi. Hisob siyosatining tovar-moddiy zaxiralarni baholash, ularning tayyorlanishi va ishlatilishi, asosiy vositalar va nomoddiy aktivlar bo‘yicha amortizatsiya hisoblash hamda ular faol qismidan foydalanishning samaradorligini tahlil qilish, mahsulot (ish, xizmat) realizatsiyasidan olinadigan tushumlarni hisoblash variantlari, yangi mahsulotlarni ishlab chiqishga doir turli investitsion loyihalarning rejalashtirilishi va amalga oshirilishi, uning sifatini yaxshilash va hokazolar bo‘yicha batafsil ma’lumot beriladi.

Download 1,1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   149




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish