Toshkent moliya instituti a. A. Karimov, J. E. Kurbanbayev


Debet AKTIV SCHYOT



Download 1,1 Mb.
bet27/149
Sana21.03.2022
Hajmi1,1 Mb.
#505125
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   149
Bog'liq
2 5310129683092735966

Debet


AKTIV SCHYOT


Kredit

Boshlang‘ich saldo (Sb)











Mablag‘larning
ko‘payishi

Mablag‘larning
kamayishi








Debet oborot (Do)




Kredit oborot (Ko)

Oxirgi saldo (So)











7-rasm. Aktiv schyotning ko‘rinishi
Xo‘jalik mablag‘lari turi va joylanishini ko‘rsatuvchi aktiv schyotlarning xususiyati shundaki, mablag‘larning ko‘payishi debet, mablag‘larning kamayishi esa schyotning kredit tomonida aks ettiriladi.
Schyotdagi oxirgi qoldiq yoki saldo quyidagi formula orqali topiladi:
So = Sb + Do – Ko.
Xo‘jalik mablag‘larining manbalarini aks ettiruvchi passiv schyotlarning ko‘payishi kreditda, kamayishi esa debet tomonida ko‘rsatiladi:

Debet


PASSIV SCHYOT


Kredit




Boshlang‘ich saldo (Sb)




Mablag‘larning
kamayishi

Mablag‘larning
ko‘payishi







(Do) Debet oborot




(Ko) Kredit oborot







Oxirgi saldo (So)

8-rasm. Passiv schyotning ko‘rinishi
Oxirgi qoldiq quyidagicha topiladi: So = Sb + Ko – Do.
Shuni ta’kidlab o‘tish joizki, kontr-aktiv schyotlar xususiyati xuddi passiv schyotlar, kontr-passiv schyotlar xususiyati esa aktiv schyotlar xususiyati kabidir.
Tranzit schyotlar tarkibida bo‘lgan ikkita taqqoslovchi schyotlar xususiyati umuman boshqacha, ularni quyidagi rasmda ko‘rishimiz mumkin:

Debet


9200 Kredit




Aktivlarning chiqib ketishidan xarajatlar

Aktivlarning chiqib
ketishidan daromadlar












Debet




9900

Kredit

Xarajatlarning yakuniy moliyaviy natijaga hisobdan chiqarilishi yoki
xarajatlarni hisobga oluvchi tranzit schyotlarning yopilishi

Daromadlarning yakuniy moliyaviy natijaga hisobdan chiqarilishi yoki daromadlarni hisobga oluvchi tranzit schyotlarning yopilishi

9-rasm. Tranzit schyotlarning ko‘rinishi


Tranzit schyotlar xususiyatiga keladigan bo‘lsak, ular daromadlarni hisobga olish uchun mo‘ljallangan bo‘lsa–xuddi passiv schyot kabi talqin etiladi. Agarda xarajatlarni hisobga oluvchi tranzit schyotlar bo‘lsa aktiv schyotlar kabi ishlatiladi.


4.2. Ikkiyoqlama yozuv. Ikkiyoqlama yozuvning nazorat qilish xususiyatlari

Har bir xo‘jalik operatsiyasi mablag‘ning tuzilishida yoki manbaning tuzilishida yoki bir vaqtda ham mablag‘da ham manbada bir xil summaga o‘zgarishga olib keladi. Bunday o‘zgarishlarni qayd qilish uchun buxgalteriya hisobida ikkiyoqlama yozuv usuli qo‘llaniladi.


Ikkiyoqlama yozuv shunday yozuvki, uning natijasida har bir xo‘jalik operatsiyasining summasi schyotlarda ikki marotaba: bir schyot debetida va ayni vaqtda o‘zaro bog‘liq bo‘lgan boshqa schyotning kreditida qayd qilinadi. Chunki xo‘jalik operatsiyalari yuzaga keltiradigan o‘zgarishlar ikkiyoqlama xususiyatga ega va hisobning ikki alohida schyotiga ta’sir etadi.
1494 yilda italiyalik matematik Luka Pacholi ikki yoqlama yozuv usulini asoslab bergan. Uning “Schyotlar va yozuvlar to‘g‘risidagi traktatida” (lot. tractatus – muhokama) yozuvlarni bir vaqtning o‘zida “bermoq” va “ega bo‘lmoq” schyotlarda aks ettirish va “bermoq” va “ega bo‘lmoq” schyotlarning summalarining yig‘indisi o‘zaro teng kelishi kerak deb aytgan.
Ikkiyoklama yozuv vositasida schyotlar o‘rtasidagi paydo bo‘lgan o‘zaro aloqa schyotlar korrespondentsiyasi deyiladi. Bu korrespondentsiyada qatnashuvchi schyotlar korrespondentsiyalanuvchi schyotlar deb ataladi.
Schyotlar korrespondentsiyasini aks ettiruvchi qisqacha yozuv buxgalteriya provodka(o‘tkazma)si deyiladi. Buxgalteriya provodkalari oddiy va murakkab bo‘ladi.
Oddiy buxgalteriya provodka(o‘tkazma)si deb, ma’lum bir xo‘jalik operatsiyasining faqat bir schyotning debeti va boshqa bir schyotning kreditida aks ettirilishiga aytiladi.
Murakkab buxgalteriya provodka(o‘tkazma)si ma’lum bir operatsiyaning summasi bir schyotning debeti, boshqa bir qancha schyotlarning kreditida yoki aksincha, bir schyotning krediti va bir nechta schyotlarning debetida aks ettirilishidir.
Xo‘jalik operatsiyalarini schyotlarda ikkiyoqlama yozuv usuli bilan aks ettirish tartibini quyidagi misollarda ko‘rishimiz mumkin.
1-misol. Bankdagi hisob-kitob schyotidan kassaga 1 500 000 so‘m naqd pul olib kelindi. Ushbu xo‘jalik operatsiyasi natijasida bankdagi hisob-kitob schyotida pul mablag‘i kamaydi, kassada esa shu summaga ko‘paydi. Bu schyotlarning ikkalasi ham aktiv schyotlardir.


Download 1,1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   149




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish