Qisqa muddatli investitsiyalarni hisobga oluvchi schyotlarning bog‘lanishi
№
|
Xo‘jalik muomalalarining mazmuni
|
Debet
|
Kredit
|
1
|
Qimmatli qog‘ozlar mahsulotlar, tovarlar, ish, xizmatlarni berish yo‘li bilan xarid qilindi
|
5810
|
9010-9030
|
2
|
Qimmatli qog‘ozlar asosiy vositalar va boshqa aktivlarni berish yo‘li bilan xarid qilindi
|
5810
|
9210, 9220
|
3
|
Uzoq muddatli investitsiyalarning tarkibiy o‘zgarishi (restrukturizatsiya) amalga oshirildi
|
5810
|
0610
|
4
|
Qimmatli qog‘ozlar naqd pulga xarid qilindi
|
5810
|
5010
|
5
|
Qimmatli qog‘ozlar qiymati bankdagi schyotdan to‘lanishi orqali xarid qilindi
|
5810
|
5110-5530
|
6
|
Xaridorlarga ssuda mablag‘larining vekselda berilishi
|
5810
|
5110-5530
|
7
|
Aktsiyalarning to‘lov sifatida qimmatli qog‘ozlarning kelib tushishi
|
5810
|
4610
|
8
|
Qimmatli qog‘ozlarni sotilishi
|
5110
|
5810
|
9
|
Korxonaning qarzi qimmatli qog‘ozlar bilan qoplanishi
|
6990
|
5810
|
10
|
Majburiyatlar uchun garov sifatida aktsiyalarning berilishi
|
6010
|
5810
|
11
|
Xaridorga veksel summasiga da’vo bildirilishi
|
4860
|
5810
|
12
|
Da’vo muddati tugaganligi tufayli veksel bo‘yicha qarzni zarar hisobiga chiqarish
|
9690
|
5810
|
13
|
Inventarizatsiya natijasida qimmatli qog‘ozlarning kamomadi
|
4730
|
5810
|
14
|
Qisqa muddatli qarzlarning asosiy vosita va boshqa aktivlar ko‘rinishida berilishi
|
5830
|
9210, 9220
|
15
|
Qisqa muddatli qarzlarning tayyor mahsulot, tovar, ish, xizmatlar ko‘rinishida berilishi
|
5830
|
9010-9030
|
16
|
Boshqa korxonalar tomonidan qisqa muddatli qarzlarning qaytarilishi
|
5110
|
5830
|
14.5. Dividendlar hisobi
Bizga ma’lumki, Aktsiyadorlik jamiyatlari sof foydasidan aktsiyadorlarga dividend to‘laydi. Dividend – aktsiyalar bo‘yicha to‘lanishi lozim bo‘lgan daromad, aktsiyadorlik jamiyati tomonidan uning muassislari o‘rtasida taqsimlanadigan sof foydaning bir qismi.
Dividend - bu kompaniya aktsiyadorlari sinfiga to'langan, boshqaruv kengashi tomonidan belgilanadigan kompaniya daromadlarining bir qismini taqsimlash. Dividendlar naqd to'lov sifatida, aksiya yoki boshqa mol-mulk sifatida berilishi mumkin.59
Dividend aktsiyadorlar o‘rtasida ularga tegishli aktsiyalarning soni va turiga mutanosib ravishda taqsimlanadi. Muayyan turdagi imtiyozli aktsiyalar bo‘yicha dividendlar jamiyatning maxsus mo‘ljallangan zaxiralari hisobidan to‘lanishi mumkin.
Dividendlar to‘lash muddati va tartibi jamiyat ustavida yoki aktsiyadorlarning umumiy yig‘ilishi qarori bilan belgilanadi. Dividendlar to‘lash muddati shunday qaror qabul qilingan kundan e’tiboran 60 kundan kech bo‘lmasligi lozim.
Dividendlar to‘lash vaqtida birinchi navbatda imtiyozli aktsiyalar bo‘yicha, so‘ngra oddiy aktsiyalar bo‘yicha dividendlar to‘lanadi. Imtiyozli aktsiyalar bo‘yicha qat’iy belgilangan dividendlarni to‘lash uchun etarli miqdorda foyda mavjud bo‘lgan taqdirda jamiyat mazkur aktsiyalarni saqlovchilarga dividendlar to‘lashni rad etishga haqli emas. Jamiyat rad etgan taqdirda aktsiyadorlar dividendlar to‘lashni sud orqali talab qilishlari mumkin. Jamiyat etarli miqdorda foydaga ega bo‘lmasa yoki zarar ko‘rib ishlagan bo‘lsa, imtiyozli aktsiyalar bo‘yicha dividendlar ana shu maqsad uchun tashkil etilgan jamiyat zaxira kapitali hisobidan va ana shu zaxira doirasidagina to‘lanishi mumkin.
Taqsimlanmagan foyda bu hisobot davri yakunida xo‘jalik yurituvchi subyekt ixtierida qoladigan sof foydadir. Hisobot davridagi sof foyda taqsimlanmagan foydani oshiradi va u quyidagicha provodka bilan rasmiylashtiriladi:
Debet 9900 – “Yakuniy moliyaviy natija”
Kredit 8710 – “Hisobot davridagi taqsimlanmagan foyda (qoplanmagan zarar)”
Korxonaning ta’sischilar oldida dividendlar bo‘yicha va chiqib ketayotgan ta’sischilar oldida ularning ulushlari bo‘yicha joriy majburiyatlari to‘g‘risidagi axborotlarni umumlashtirish quyidagi schyotlarda amalga oshiriladi:
6610 “To‘lanadigan dividendlar”;
6620 “Chiqib ketayotgan ta’sischilarga ulushlari bo‘yicha qarzlar”.
Korxona rahbariyati tomonidan aktsiyalarga dividendlar to‘lash to‘g‘risida qaror e’lon qilingandan so‘ng, dividend summasi joriy majburiyat sifatida aks ettiriladi. Dividendlar aktsiyalar bo‘yicha qonunchilikka muvofiq taqsimlanadi.
6610 “To‘lanadigan dividendlar” schyoti hisoblangan dividend summasiga 8710 “Hisobot davrining taqsimlanmagan foydasi (qoplanmagan zarari)” schyoti bilan bog‘langan holda kreditlanadi.
6620 “Chiqib ketayotgan ta’sischilarga ulushlari bo‘yicha qarzlar” schyotining kredit tomonida korxonaning chiqib ketayotgan ta’sischisi ulushlari bo‘yicha hisoblangan majburiyatlari summasi 8330 “Pay va ulushlar”, 8610 “Sotib olingan xususiy aktsiyalar - oddiy”, 8610 “Sotib olingan xususiy aktsiyalar - imtiyozli” schyotlari bilan bog‘langan holda aks ettiriladi.
6610 “To‘lanadigan dividendlar”, 6620 “Chiqib ketayotgan ta’sischilarga ulushlari bo‘yicha qarzlar” schyotlari bo‘yicha analitik hisob (ko‘rsatuvchiga aktsiyalardan tashqari) har bir ta’sischi bo‘yicha alohida yuritiladi.
Qimmatli qog‘ozlarga dividend hisoblanganda xalqaro moliyaviy hisobotlar standartlarga muvofiq ikkita usuldan foydalanish mumkin:
1. Qiymat usuli. Ushbu usul qo‘llanganda. Investor o‘z mablag‘ini boshqa korxonaga dastlabki qiymati bo‘yicha qo‘yadi. Uning asosiy tamoyilari shundan iboratki, investitsiyalar qiymati sho‘’ba tizilmalarining moliyaviy ahvolidan qat’iy nazar o‘zgarmaydi, ulardan olinadigan dividendlar bosh jamiyat daromadi sifatida hisobga olinadi.
Bu usulni quyidagi hollarda qo‘llash tavsiya etiladi:
- sho‘ba jamiyatini keyinchalik yaqin kelajakda sotish uchun olingan va uni nazorat qilish ham vaqtinchalik bo‘lganda;
- sho‘’ba jamiyati uning bosh jamiyatiga mablag‘ o‘tkazish qobilyatini jiddiy darajada kamaytirilgan belgilangan uzoq muddatli muhim sharoitlar doirasida faoliyat yuritganda. Masalan, sho‘’ba jamiyatiga qarz bergan tashkilot tomonidan quyiladigan dividendlarni to‘lashda cheklashlar mavjud bo‘lishi mumkin.
2. Ulushbay ishtirok usuli. Bu usulni bosh jamiyat tomonidan sho‘’ba jamiyatiga sezilarli darajada ta’sir o‘tkazish va nazorat qilish hollarida qo‘llash tavsiya qilinadi, u quyidagilardan iborat:
- investitsiyalarning joriy qiymati sho‘’ba jamiyatining xo‘jalik faoliyati natijalariga bog‘liqlikda o‘zgaradi: u foyda olganda investitsiyalar qiymati oshadi, zarar esa kamayadi;
- bosh jamiyat investitsiyalardan foydani egalik ulushiga munosib ravishda aks ettiriladi: uning sho‘’ba jamiyatidagi ulushi qancha ko‘p bo‘lsa, bosh jamiyat balansida investitsiyalar qiymati shuncha ko‘p summaga oshiriladi;
- olingan dividendlar daromad sifatida qaralmaydi, balki investitsiyalar qiymatini kamaytirish tarzida ifodalaydi.
Aktsiyadorlik jamiyatining umumiy yig‘ilishi qaroriga binoan dividend pul mablaglari yoki boshqa qonuniy to‘lov vositalari bilan to‘lanishi mumkin.
Dividendlar hisoblanganida quyidagicha provodka beriladi:
Debet 8710 – “Hisobot davrining taqsimlanmagan foydasi (qoplanmagan zarari)”
Kredit 6610 – “To‘lanadigan dividendlar”
Hisobot yilidagi taqsimlanmagan foyda summasi dividendlar hisoblanganidan so‘ng 8720 – “Jamg‘arilgan foyda (qoplanmagan zarar)” hisobvarag‘iga o‘tkaziladi.
Foyda olingan holatda:
Debet 8710 – “ Hisobot davrining taqsimlanmagan foydasi (qoplanmagan zarari)”
Kredit 8720 – “Jamg‘arilgan foyda (qoplanmagan zarar)”
Zarar ko‘rilganda:
Debet 8720 – “Jamg‘arilgan foyda (qoplanmagan zarar)”
Kredit 8710 – “ Hisobot davrining taqsimlanmagan foydasi (qoplanmagan zarari)”.
To‘lov manbaida soliq solinmagan dividendlar tarzidagi daromadlar oluvchi yuridik shaxslar bankda ochilgan maxsus hisobvaraqda ushbu mablag‘larni jamlaydilar. Dividendlar tarzidagi daromadlar tushumi yuridik shaxsning buxgalteriya hisobida quyidagicha aks ettiriladi:
– hisoblangan dividendlar:
Debet 4840 – “Olinadigan dividendlar”
Kredit 9520 – “Dividendlar ko‘rinishidagi daromadlar”
– dividendlarni maxsus hisobvaraqqa kelib tushishi:
Debet 5530–“Boshqa maxsus hisobvaraqlar”
Kredit 4840 – “Olinadigan dividendlar”.
Dividendlar tarzida daromadlar olgan yuridik shaxslar maxsus hisobvaraqdagi mablag‘larni o‘z ustav kapitalini kapitallashtirishga yo‘naltirganda, jamlangan summa maxsus hisobvaraqdan hisob-kitob varag‘iga kapitallashuv summasi miqdorida o‘tkaziladi.
50-jadval
Do'stlaringiz bilan baham: |