TOSHKENT KIMYO TEXNOLOGIYA TOSHKENT KIMYO-TEXNOLOGIYA INSTITUTI SHAHRISABZ FILLIALI 22-20 GURUH TALABASI:PARDAYEV NABIJON MAVZU:Jamiyat haqidagi falsafiy ta`limotlar - REJA:
- 1.Jamiyat haqida tushuncha.
- 2.Qadimgi yunon mutafakkirlarini jamiyat haqida qarashlari.
- 3. jamiyatning moddiy va ma`naviy manfaatlari
- Jamiyat — tabiatning bir qismi, ya`ni ijtimoiy borliq bo’lib, odamlar uyushmasining mahsus shakli, kishilar o’rtasida amal qiladigan juda ko’plab munosabatlar yig`indisi, degan turlicha ta`riflar ham bor.
- Jamiyat muttasil ravishda rivojlanuvchi, takomillashib boruvchi murakkab tizimdir. Har bir yangi davrda jamiyat mohiyatini bilish zarurati vujudga keladi. Milliy mustaqillik tufayli jamiyat mohiyatini yangicha idrok etish ehtiyoji paydo bo’ldi. Prezident Islom Karimovning qator asarlarida jamiyat mohiyatini yangicha tushunishning uslubiy asoslari yaratildi.
-
- «Jamiyat» deyilganda, odatda hammaga tushunarli bo‘lgan atama va, hatto, tushuncha tasavvur etiladi. g‘ayritabiiylik shundaki, ko‘pincha bu xildagi tushunchani ta’riflash, uning salmog‘ini aniqlash juda qiyin.
- Masalaga tarixiy yondashilganda ko‘rinadiki, «jamiyat» tushunchasi alohida holda XIX- asrdan beri qo‘llaniladi. unga boshqa ilmiy tushunchalar orqali ifodalangan
- masalan, qadimgi yunon mutafakkirlari qarashlarida jamiyat nazarda tutilib shunday fikrlar ilgari surilgan: Empedokl (miloddan avvalgi 341–270-yillar) fikricha, «kishilar o‘z hayotini yo‘lga qo‘yish uchun ongli ravishda uyushadilar».
- Aflotunning fikricha (miloddan avvalgi 427–347-yillar), «kishilar ehtiyojlariga ko‘ra bir-biriga muhtojdir».
- Qadimgi yunonlar qarashlari markazida turli tomondan taxmin qilinishi mumkin va lozim bo‘lgan Olamning tarkibiy qismi sifatida kishilik dunyosi asosan axloq va davlat fenomenlari misolida tadqiq qilingan. ayni ana shu tushunchada kishilar hayotining boshqa sohalari ham o‘z aksini topgan.
- kishilik hayoti muammolarini keyinroq maxsus tadqiq etgan mutafakkirlar – J.Vikoning (1668–1744, «millatlarning umumiy tabiati to‘g‘risida yangi fanning asoslari»), I. Gerderning (1744–1803, «inson tarixi falsafasiga doir») asarlarida «jamiyat» atamasi ishlatilmay, «millat» va «insoniyat» tushunchalari qo‘llangan. XIX asrda O.Kont, G. Spenser va boshqalarning asarlarida uchray boshladi.
-
- Jamiyat moddiy va ma`naviy omillar birligidan iborat. Hozirga qadar adabiyotlarda moddiy va ma`naviy hayot bir-biridan keskin farqlanar edi. Moddiy hayot tadqiqiga ko’proq e`tibor berilar. Holbuki, jamiyatning tub mohiyati uni tashkil etuvchi inson mohiyati bilan uzviy bog’liq. Huddi inson tanasini uning ruhidan ajratib bo’lmagani singari, jamiyatning moddiy va ma`naviy jihatlarini ham bir-biridan ajratish va ularning birini ikkinchisidan ustun qo’yish mantiqqa ziddir.
- Prezident Islom Karimov asarlarida jamiyatning moddiy va ma`naviy manfaatlarini uyg`unlashtirish ijtimoiy taraqqiyot asosi ekani ta`kidlangan. Inson ma`naviyatini yuksaltirish orqaligina iqtisodiy rivojlanishga erishish mumkin. Shuning uchun ham hozirgi davrda aholi ma`naviyatini yuksaltirishga, milliy G’oya va mafkura asoslarini shakllantirishga katta e`tibor berilyapti.
- Zero, kishilar iqtisodiy jihatdan qashshoq bo’lgani ilmsiz bo’lmaydi, balki, aksincha — ilmsiz uchun bo’lgani uchun qashshoq bo’ladi. Shuning uchun yurtimizda halq ma`naviyatini yuksaltirish orqali iqtisodiy farovonlikni ta`minlashga katta e`tibor berilyapti
E`TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT!
Do'stlaringiz bilan baham: |