O’yin taktikasi va o’rgatish usullari
Tennischini har xil texnik usullarini amalga oshirish jarayonida juda qisqa sanalar ichida o’ng, chap tomonlaridan juda qattiq zarbalar ommalga oshiriladi. O’yinda murakkab va aniq xarakatlarni amalga oshirishda, asosan raqibni o’ynash usuli, sharni o’yinga kiritish usullari va sharni doska bo’ylab urib zarba berishga bog’liqdir. Bunda tennischi qanday usullar bilan xarakat qilishiga va qanday usuli bilan sharga zarba berishni amalga oshirishiga bog’liqdir. Tennischini asosiy xarakat usulini ikkiga bo’lish mumkin: yapniy sharni urishga tayyorgarlik ko’rishidagi xarakati va navbatdagi xarakatni amalga oshirishidagi xarakatlari xisoblanadi.
O’yinchi sharni o’yinga kiritishda 50-60 sm masofada tursa, sharni qabul qilayotgan o’yinchi esa stolda 60-80 sm masofada sharni qabul qiladi. Stolga yaqin turib o’ynash xujum qilish usulini yaxshi amalga oshirishga imkon bersa, o’yinchi stoldan qancha uzoq masofada bo’lsa oyoqlar xarakatini qiyinlashadi va sharni tezlik bilan urib qaytarishga va sharni har xil usullarda o’yinga kiritishni amalga oshirishda. O’yinda eng asosisi bu o’yinchini turish xolati xisoblanib, bunday xolatdan o’ziga qulay turishi xolatni qabul qilishga imkon beradi.Xar bir tennischini o’zi tanlagan turish usuli bo’lib bunda asosan o’yinchini bo’yiga, qo’lini uzunligiga va raketkani ushlash usullariga ham bog’liqdir.
Mustaqil tayyorlanish uchun savollar
Qachon, qaerda tennis o’yini paydo bo’lgan va qandnay nomlangan?
Tennis o’yinining mazmuni nimalardan iborat?
Qachon, qaerda Xalqaro tennis federatsiyasi tuzilgan va uning vazifalari nimalardan iborat?
Qachon, kim tomonidan o’yin nomini stol tennis deb o’zgartirish kiritilgan?
ITTF qaysi yili xalqaro Olimpiada qumsitasiga aozo bo’ldi?
Qaysi yili, nechanchi Olimpiada o’yinlari dasturiga tennis o’yinini kiritildi?
Stol tennis jixozlari va ularning o’lchamlari qanday bo’ladi?
Tarixda yuqori reytinga ega bo’lagan o’yinchilardan kimlarni bilasiz?
Tennis o’yinining qoidalari va jixozlarini o’zgarishi to’g’risida nimalarni bilasiz?
O’zbekistonda tennisni paydo bo’lishi va rivojlanishi to’g’risida nimalarni bilasiz?
11-mavzu:Harakatli o’yinlar. Harakatli o’yinni tashkil qilish va o’tkazish.
Harakatli o’yinlarni tashkil qilish va o’tkazishda g’oyaviylik, ilmiylik va o’yindan foydalanish rejaga asoslanganligini, tarbiyaviy, ta’limiy va sog’lomlashtirish natijalariga yo’naltirilganligi xisobga olish zarur. O’yinni o’tkazishda rahbarlik yoki yo’l ko’rsatuvchi roli pedagogga, tarbiyachi, yordamchilarga tegishli bo’lishi kerak. O’yin tarbiyaviy, ta’limiy va sog’lomlashtirishni katta ahamiyatga ko’proq uni boshqarishga bogliq bo’ladi. Bitta va shunga o’xshah o’yinlar yordamida turli-tuman axloqiy va jismoniy sifatlarni tarbiyalash mumkin. Birinchidan,shug’ullanuvchilarga o’yini ta’sir etishini aniqlanadi (mazmuni, harakatlanishi, o’yin qoidasi), ikkinchidan,metodik usullari bilan bola uni yordami bilan o’yinlarni egallaydi, uchinchidan, tashkiletish uslublari.O’yini mazmuni bolalar uyda, maktabda, bolalar bog’chasida bilim va malakalarini egallashi, atrofni o’rab turgan muxitga bog’liqdir. Shuning uchun har xil yoShdagi bolalarda o’yinda har xil o’yin mazmuniga ko’ra, xudi shunday uni o’tkazish usuli bo’yicha turlicha rivojlanadi. Bolani jismoniy rivojlanishi o’yin yordamida xohlagan yo’nalishda va Boshqa jismoniy mashqlarni turlari mumkin qadar faqat maqsadga yo’naltirilgan xolda va doimo pedagogik rahbarlik qilinganda amalga oshiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |