Toshkent kimyo-texnologiya instituti yangiyer filiali noorganik moddalar kimyoviy texnologiyasi fakulteti umumiy fanlar kafedrasi


O’yinda ishlatiladigan terminologiya



Download 14,81 Mb.
bet46/90
Sana14.07.2022
Hajmi14,81 Mb.
#798186
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   90
Bog'liq
Uslubiy ko\'rsatma

O’yinda ishlatiladigan terminologiya:
Clear – O’yinchi to’pni uzoqdan otib tushiradi
Drive – O’yinchi to’pni setkadan sal balandlikda o’tkazib uradi
Drop – Bunda to’p setkadan oshib o’tib, darrov yerga tushadi
Smash – To’pni qiya dioganal tez urish
Stop – Setka yaqinidan oldidan u tomonga urish
Points“ ochko sanash:
O‘yinchi har safar to’pni urganda 1 ochko oladi, u tomondan qaytarib ursa xam 1 ochko. Qaytarib urolmasa ochko yo’q. Hatolarga xam ochko y‘oq.
Ikkita taym o’ynaladi, har biri 21 ochkodan. Bitta tomon qaysi biri bo’lsa xam 11 ochkoga yetsa, 1 min. tanaffus beriladi.
Birinchi taymdan keyin kki minut tanaffus va tomon almashinadi. O’yinchi yutgan hisoblanadi, qachonki 21 ochko yig’sa va raqib tomondan kamida 2 ta ochko bilan farq qilsa, yani masalan 21:19. Agar 21:20 bo’lib qolsa, o‘yin davom etadi toki 2 ta ochko farq qilguncha, maksimal 30 ochkogacha o’ynaladi. Bunda agar 30:29 bo’lib qolsa, 30 yutgan hisoblanadi.
O’yinni yutish uchun ikkala taymni ham yutish kerak. Agar ikkala tomon ham bittadan taymni yutsa, uchinchi taym o’ynaladi. Ikkinchi taymdan keyin tomon almashib uchinchi taym boshlanadi. Bunda yana o’ziga hos narsa, biron bir tomon 11 ochkoga yetsa, tomon almashinadi va o’yin davom etadi.
O’yin boshida qura tashlanadi: kim birinchi otish va qaysi tomonda birinchi o’ynash uchun.
1949 yildan beri „Thomas Cup“ erkaklar jamoasi kubigi va 1957 yildan beri „Uber Cup“ ayollar jamoasi kubigi o’tkaziladi. 1989 yildan beri „Sudirman Cub“ erkak va ayollar aralash jamoasi kubik o’tkazilib keladi. 2003 yildan beri „Siderman Cub“ jahon chempionatidan ajralib
Bu chiroyli o‘yin ancha yil ilgari vujudga kelgan va uni fransuzcha «volan» (ya’ni «uchadi­gan») deb atashgan. Ammo bu o‘yin Yevropaga Sharqdan o‘tgan. Uni o‘tgan asrda Hindistondan ingliz gersogi olib kelgan. Gersogning yeri Badminton shahriga yaqin joyda bo‘lgan. Bu o‘yinni mana shu shahar nomi bilan ataydigan bo‘ldilar.
Badminton o‘yini tennisga o‘xshash. U tekis va qattiq maydonchada o‘ynaladi.
Badminton raketkasi vazni tennis raketkasi vazniga qaraganda 2–3 marta yengil. Raqib­larni bir-biridan ajratib turuvchi to‘r 155 santimetr balandlikka tutiladi. Maydoncha hajmi to‘rt kishi o‘ynaydigan o‘yin uchun 13,4x6,1 metr, ikki kishi o‘ynaydigan o‘yin uchun 13,4x5,2 metr bo‘lishi kerak.
O‘yin davomida raqiblar raketka bilan volan (patli koptokcha)ni yerga tushirmay to‘rdan oshirib raqib tomoniga qaytaradilar. Ochko (xol)lar soni xuddi voleyboldagidek 15 gacha sanaladi. Ayollar va bolalar 11 ochko (xol)gacha o‘ynaydilar. O‘yin 3 yoki 5 partiya (qur)dan iborat bo‘ladi.
Avvallari po‘kakdan tayyorlangan kichkina koptokcha volan o‘rnida ishlatilgan bo‘lib, havoda yaxshi parvoz qilishi uchun uning bosh qismiga g‘ozning 16 ta pati qadab qo‘yilgan. Hozirgi paytda badminton uchun volanlar plastmassadan tayyorlanadi va uning ko‘rinishi kichkina savatcha shaklida bo‘ladi.
Yaxshi o‘yinchi volanni urib qaytarganda, uni raqib maydoniga goh sekin tushirishi, goh raqib kutmagan joyga tushirishi mumkin. O‘yin juda shiddatli, keskin va tez o‘tadi. Badmintonni yalanglik, maysazor, cho‘milish joylarida ham o‘ynash mumkin.
2014 yil 26 fevral kuni Toshkentda professionallar o’rtasida badminton bo’yicha O’zbekiston chempionati ochildi. Mazkur sport tadbiri O’zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport vazirligi, Toshkent shahar xokimiyati va O’zbekiston badminton federatsiyasi tomonidan tashkil qilindi. Professionallar o’rtasida badminton bo’yicha O’zbekiston chempionati bir yilda bir marta o’tkaziladi. Mazkur chempionat esa joriy yilning 25 fevralidan 2 martigacha davom etadi.
CHempionatning ochilishida O’zbekiston badminton federatsiyasi raisi – O’zbekiston Respublikasi Davlat raqobat qo’mitasi raisi Aziz Abduhakimov barcha ishtirokchilarga katta zafarlar tiladi.
Ko’pchilik badmintonni quvnoq o’yin va uning asosiy sharti volanni iloji boricha ko’proq muallaq holda ushlashdan iborat deb biladi. Biroq bu o’yinning haqiqiy professionallari badmintonni yuqori atletik o’yin sifatida e’tirof etishadi.
Bugungi kunda dunyo miqyosida ushbu sport turining 500 millionadan ortiq ishqibozlari bor. Badminton Olimpiya sport turi deb tan olindi va 1992 yilda YOzgi Olimpiya o’yinlari tarkibiga kiritildi.
Agar tarixga nazar tashlasak, volan bilan o’ynash qadimgi YUnon davridan boshlangan – ya’ni 2000 yildan ortiq davrni o’z ichiga oladi. Bugungi kundagi badminton xindistonliklar tomonidan sevib o’ynaladigan “Pune” o’yinidan kelib chiqqan. Angliya gertsogi Bofort 182 yilda Xindistonga qilgan safaridan qaytarkan, o’zi bilan raketkalar va pat yopishtirilgan koptokchalar olib keldi. So’ngra unga tegishli bo’lgan Badminton deb nomlangan saroyda ushbu o’yinni ko’rsatdi. Tez fursatda pat yopishtirilgan koptok bilan o’ynash keng ommaga manzur bo’ldi va o’yinga “badminton” deb nom berildi.
1887 yilda badminton o’yining dastlabki qoidalari qabul qilindi. XX asrning boshlarida esa ushbu o’yin turi bo’yicha Xalqaro turnirlar o’tkazila boshlandi. 1934 yilda Xalqaro badminton federatsiyasi (IBF) tashkil etildi. 1967 yilda o’z ichiga 26 ta milliy federatsiyalarni birlashtirgan Evropa badminton ittifoqi tuzildi. Bugungi kunda uning tarkibiga jahonning 140 dan ortiq davlat kiradi.

Mustaqillik yillarida respublikada jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish sohasida sezilarli muvaffaqiyatlarga erishildi, milliy va xalqaro sport turlarini yanada rivojlantirishga katta e’tibor qaratilmoqda. Dunyo miqyosida ommabop va keng tarqalgan badminton bizning hamyurtlarimiz orasida ham sevimli sport turi hisoblanadi. Respublikada badmintonni yanada rivojlantirish, aholi o’rtasida sog’lom turmush tarzini tashviqot qilish, hamda sport mahoratini oshirish maqsadida, 2011 yil 26 avgustda O’zbekiston badminton Federatsiyasi tuzildi. SHu yilning sentyabr oyida esa bizning milliy federatsiyamiz Xalqaro badminton federatsiyasi va Osiyo badminton konfederatsiyasiga a’zo bo’ldi.


O’tgan qisqa davr mobaynida respublika mintaqalari va Toshkent shahrida badminton bilan shug’ullanish uchun baza va markazlar ishga tushirildi. Andijon, Xorazm, Navoiy, Buxoro viloyatlari va Toshkent shahrida yosh badmintonchilarni tayyorlash borasida sezilarli ishlar amalga oshirib kelinmoqda. Toshkent shahrida zamonaviy badminton kompleksini qurilishi yakunlanmoqda.
SHuni ta’kidlash joizki, bugungi kunda respublikada 20 mingdan ortiq kishi badminton bilan shug’ullanmoqda. Oldinga qo’yilgan maqsad – qit’alar aro va xalqaro musobaqalarda qatnashish va 2016 yilda bo’lib o’tadigan YOzgi Olimpiya o’yinlariga yo’llanma olishdir.
Bugungi chempionatda respublikamizning Andijon, Buxoro, Navoiy, Sirdaryo, Qashqadaryo, Jizzax, Farg’ona, Xorazm, Namangan viloyatlari va Toshkent shahridan sportchilar ishtirok etadilar
Musobaqalar quyidagi tartibda o’tkaziladi:
erkaklar (yakka);
ayollar (yakka);
erkaklar (juftlik);
ayollar (juftlik);
aralash (mikst).
Davra tizimlari bo’yicha shaxsiy birinchilik baxslarida ishtirok etgan sportchilar chiqishlari yakunida umumjamoa o’rni aniqlanadi. CHempionat g’oliblari va sovrindorlari tegishli darajadagi diplomlar, medallar va O’zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport vazirligining qimmatbaho sovrinlari bilan mukofotlanadilar.
SHuningdek, chempionat g’oliblari va sovrindorlari 2014 yil mobaynida o’tkaziladigan yirik xalqaro turnirlarda ishtirok etish uchun asosiy da’vogar bo’ladilar.

Download 14,81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   90




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish