Umumiy ma’lumot
Badminton to’p urish o’yini bo’lib, bittalik yani ikki o’yinchidan, ikkitalik yani to’rt o’yinchidan iborat o’yindir. Bu o’yin tennis o’yiniga juda o’xshab ketadi, lekin bir qancha farqli tomonlari bor. Badminton o’yin maydoni tennis maydonodan kichkinaroq. Urgich raketkasi og’rligi tennis raketkasidan ancha yengil. Badminton o’yin davomida patli koptok yerga tegishi mumkin emas, tennisda esa aksincha. Badminton koptogi patlar bilan o’ralgan bo’lib, bu narsa uni havoda yaxshi harakatlanishiga yani uchishiga sabab bo’ladi.
Badminton o’yini katta xatti harakat asosiy tezlik, diqqatni bir joyga jamlash va chaqqonlikni talab etadi. Qanchalik ko’p to’xtamasdan o’ynab mashq qilsa, shunchalik tajriba bu o’yinda oshadi. O’yinda yaxshi xujum qilish uchun, nafaqat yaxshi xatti xarakat, balki chaqqqon yugura olish xam kerak. O’yin davomida punkt va taym ga xisoblanadi. 2006 yildan beri Rally-Point-Methode bo’yicha hisoblab kelinadi. Bu metod bo’yicha kkita taymda 21 punktgacha o’ynaladi Xar bitta tomon urush usuli qat’iy nazar ,raqib hato qilsa, yani to’pni urolmasa, boshqa tomonga 1 Punkt yoziladi.
Qoyidagi narsalar hatoga kiradi: agar koptok setkadan oshib o’tmasa, yerga, devorga potologga tegsa, o’yinchi tanasi yoki raketkasi bilan setkaga tegib ketsa hato. Agar to’p otilganda setka ustidan sal tegib yerga tushmay, raqib tomonga o’tsa hato hisoblanmaydi.
Tarixi
Badminton o’yini kelib chiqishidan oldin shunga o’xshash patli koptok urish o’yinlar bo’lgan. Hindistonda g’orda bundan 2000 yil oldin ichik tahta bo’lakchalariga tovuq pati tiqib uriladigan o’yin tasviri topilgan. Yevropada barokko davrida Battledore and Shuttlecock yoki Jeu de Volant taniqli pat koptok o’yini aristokrat odamlarning bo’sh vaqtiidagi sevimli o’yinlaridan biri bo’lgan. Bu o’yinni maqsadi ikkita o’yinchi o’rtasida at to’pni bir biriga urib erga tushirmaslik bo’lgan. 1830 yilda musobaqa bo’lgan a bunda aristokrat Somerset oilasini ikkita a’zosi bir biri bilan o‘ynab2117 marta koptokni yerga tushirmasdan o’ynab o’sha davrda rekord qo’ygan.
Hozirgi kundagi badminton o’yinini angliyalik aristokrat oila Somerset avlodi gerzog Duke of Beaufort asos solgan. 1860 yilda o’zi yashaydigan shaharni Badminton deb nomlaydi va ozi yashaydigan qasrni Badminton House deb nomlaydi. 1872 yilda hindiston angliya koloniyasi (mustamlakasi) bo’lgan davrda, bitta angliya ofizieri hindistondan qaytib, Badminton House da Poona degan optok o’yinini tanishtiradi. Shu tariqa 1893 yil Angliyada Badminton jamiyati tuziladi. 1899 yil birinchi marta Angliyada badminton chempionati bolib otadi. 1920 yillarda badminton sport turi bo’yicha shimoliy yevropa, Fransiya, Australiya va shimoliy amerika davlatlariga tarqaladi va natijada 1934 yil iyulda xalqaro badminton federatsiyasi tashlik qilinadi (International Badminton Federation, qisqacha IBF) va 2006 Badminton World Federation (BWF) ga o’zgartiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |