KASBIY TA’LIM
METODIKASI
128
boshlang‘ich mehnat usullarini, ishlab chiqarish opperatsilarini bajarishni, ularni
mustaxkamlashni hamda mustaqil ish bajarish yo‘llarini ishlab chiqarishni ta’limi
ustasi-ustoz rahbarligida amalga oshiradi.
2. Ishlab chiqarish sharoitida ishlab chiqarish ta’limini amalga oshirish ancha
murakkab bosqich bo‘lib, bu davrda o‘quvchilar o‘quv ustaxonalarida olgan bilim
bilan malaka va ko‘nikmalarini takomillashtirishadi. YAngi jixozlar bilan tanishadi.
Ilg‘or ish tajribalar bilan tanishadi va o‘quvchilarga mo‘ljallangan ish normallari
asosida mustaqil ish bajarishadi. Natijada, ular mehnat jamoasi an’annalariga
hurmat, o‘z qo‘ligi ishonch, jamiyat oldidagi burch hamda o‘z kasbiga bo‘lgan
muhabbat fikrlash kabi xislatlar shakllanib boradi. Bu bosqichda o‘quvchilar
faoliyatiga ishlab chiqarish korxonasining ilg‘or ishchilari, ishchilarga rahbarlik
kilishadi. Ustoz esa ular bilan xamkorlikda o‘quvchilarning ishlab chiqarish ta’limi
dasturi materiallarining bajarilishini kuzatib boradi hamda birgalikda rahbarlik
qilali.
3. Uning yakunlovchi bosqich-bu bitiruv oldi ishlab chiqarish amaliyoti bo‘lib,
bu boskichda o‘quvchilar o‘z kasbiy bilim, malaka va ko‘nikmalarini
mustaxkamlashadi, yuqori ish umumdorligi eslatgan jihozlar, qurilmalar, uskunalar,
moslamalar bilan tanishadi va ularda ishlash yo‘llariga ega bo‘lishadi.
Ishlab chiqarish amaliyoti jarayonida bo‘lajak mutaxassislarining mutaxassis
sifatida ishlab chiqarishda ma’lum darajadagi aniq ishlarni bajarishlari, uskunalarga
xizmat ko‘rsatish, talab darajasida (me’yorida) ish bajarishadi va amalga oshiriladi.
Bu davrda ishlab chiqarish ustasining asosiy vazifasi o‘quvchilarni ish joyi bilan
ta’minlash, zarur bo‘lgan ishlab chiqarish vositalari, materiallar, asboblar,
texnikaviy jihozlar, ko‘rsatmali materiallar va boshqalar bilan tanishtiradi,
ta’minlash va ularning hamma ishlab chiqarish talablariga rioya qilish, bosqichlarini
kuzatish bo‘ladi.
Ishlab chiqarish amaliyotti har bir soha uchun har xil davrda, hajmda amalga
oshiriladi. Masalan xozirgi davrda sanoat sohasi uchun ishlab chiqarish, amaliyoti
uchun 648 soat ajratilgan. Bu ishlab chiqarish ta’limining ____ foizini tashkil qiladi.
YA’ni 18 hafta yoki 108 kun demakdir.
Ishlab chiqarish amaliyotini amalga
oshirish uchun ishlab, chiqarish
ustasi-ustoz amaliyot boshlanishdan eng kamida bir oy oldin unga tayyorgarlik
ishlarini amalga oshiradi. Buning uchun u quyidagi ishlarni bajarish kerak:
1. Ishlab chiqarish amaliyoti ob’ekti (korxona, zavod, fabrika, jamoa xo‘jaligi,
brigada va boshqalar) bilan tanishadi. Bu ob’ektlar bajariladigan ishlab chiqarish ish
jarayonining amaliyot dasturida ko‘zda tutilgan maqsadlarga mos kelishgan ya’ni,
dastur mazmunini amalga oshirishi imkoniyatlari aniqlandi. Ish joylari tanlanadi va
amaliyotni bajarish mumkinligini uning samaradorligi belgilanadi.
KASBIY TA’LIM METODIKASI
129
2. Korxona bilan ishlab chiqarish amaliyotini o‘tkazish bo‘yicha
shartnoma
tuziladi va bu shartnomada
«korxona» va
«o‘quv muassasi» ning o‘zaro shartlari
belgilanadi.
3. SHartnoma tuzilgandan keyin o‘quvchilarni ish joylariga taqsimlash va
ularni bir joydan ikkinchi joyga grafik asosida ishlashga o‘tish grafigi tuziladi.
4. Ishlab chiqarish amaliyotini boshlashdan oldin «korxona» xodimlari
tomonidan maxsus, instruktaj o‘tkaziladi. Bunda «korxona» da qanday yurib turish
kerakligi, uskunalar bilan ishlaganda qanday texnik xavfsizligi choralariga rioya
qilishni, korxonaning ish tartibi va qoidalari, ish o‘rinlarida o‘zlashtirish qanday
tutishni va boshqa talablar haqida yo‘riqnoma beradi.
5. Ishlab chiqarish amaliyoti odatda ishlab chiqarish korxonasi ekskursiyadan
boshlanadi va o‘quvchilarni korxona sexlari, uchastkalari bilan hamda
chiqariladigan maxsulotlar va ularga ishlatiladigan materiallar bilan tanishtiradi. Bu
vaqtda ishlab chiqarish korxonalaridan ilg‘or ishchilar yoki muxandislar ham
qatnashadi. SHu bilan birga ekskursiya oxirida korxonaning rahbari, o‘rinbosarlari,
jamoatchilar, ilg‘or tajriba egalari korxona haqida, uning an’analari tarixi
haqida so‘zlab beriladi.
6. Ustoz korxonadagi ish o‘rinlariga o‘quvchilarni biriktirib, ularning ishlarini
kuzatib boradi, kerakli instruktajlar beradi, zarur vaqtda o‘quvchilar ish joylarini
grafik asosida almashtiradi. Ishlab chiqarish amaliyotiga korxonadagi javobgar
shaxslar, tomonidan asosiy rahbarlik amalga oshiriladi. Agar ishlab chiqarish
amaliyoti jarayonida ba’zi kamchiliklar uchrasa bunday kamchiliklarni ustoz va
rahbarlar orqali barham beriladi.
7. Ishlab chiqarish amaliyoti natijasi bo‘yicha hisobot uchun materiallar
to‘plash uchun ustoz tomonidan ko‘rsatmalar berilib boriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: