Oddiy matematik ifodalarni hisoblash.
Matematik ifodalarni va injenering hisoblarini qog‘ozda qay tartibda amalga
oshirilsa, MathCAD amalliy paketida shu tartibda bajariladi. Birinchi bо‘lib
о‘zgaruvchilarning nomini (masalan: x,y,a) tanlanadi, sо‘ngra boshlang‘ich
qiymatlarni (masalan: x=5, y=3, a=10) kiritiladi. О‘zlashtirish operatori sifatida
barobar(=) belgisi ishlatiladi. Matematik ifodalar, injenering hisoblari ishchi varaqqa
kiritilib sо‘ng (=) belgisini о‘rnatilsa natija olinadi. Trigonometrik, standart
funsiyalarga, darajaga kо‘tarish amallariga murojaat qilinganida (Kalkulyator
panelidan foydalaniladi) funksiyaning argumentini qavs ichiga olishi zarur. Integral,
yig‘indi va kо‘paytmalarni hisoblashda “Математический анализ” panelidan
foydalaniladi. 1.4-rasmda arifmetik, algebraik, trigonometrik va integral hisoblash
amallarining natijasi keltirilgan. Bundan tashqari ba’zi bir grek harflariga (masalan e,π) о‘zgarmas qiymatlar briktirilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |