5.19 rasm. Nasadka turlari. a - yassi parallel; b - keramik fasonli va ularni joylash usullari (v-betartib; g-tartibli).
Gidrodinamik rejimlar. Аbsorbtsiya jarayonining samaradorligi gidrodinamik rejimlarga bogʼliq. Bu rejimlar uzatilayotgan suyuqlik miqdori (namlash zichligi) va gaz oqimining tezligi bilan belgilanadi. Qurilmada roʼy beradigan rejimlar nasadka gidravlik qarshiligini gaz oqimining sohta tezligiga bogʼlikdik funktsiyasi sifatida tasvirlanadi (5.20-rasm).
5.20 расм. Насадка гидравлик қаршилигининг колоннадаги газ тезлигига боғлиҳлиги.
1 - қуруқ насадка; 2 - намланган насадка.
1-rejim — yupqa qatlamli rejim gaz oqimining tezligi kichik va uzatilayotgan suyuqlik mikdori kam bulganda roʼy beradi. Suyuqlik nasadka boʼylab yupqa qatlam koʼrinishida oqib tushadi. Yupqa qatlamli rejim birinchi oʼtish nuqgasi (А nuqga, 5.20-rasm) da tamom boʼladi va u osilib turish nuqtasi deb nomlanadi. Bu rejimda fazalararo toʼqnashish yuzasi kichik va jarayon samaradorligi kamroq boʼladi.
2 - rejim osilib turish rejimi. Bunda fazalar qarama - qarshi yoʼnalishi harakati tufayli gaz va suyuqlik orasidagi ishqalanish kuchlari ortadi. Bu hol suyuqlikni nasadkadan oqib tushish tezligini sekinlashtiradi, yupqa qatlam qalinligi va undagi suyuqlik mikdori ortadi. Sh u bilan birga fazalar orasidagi toʼqnashish yuzasi koʼpaadi, jarayonning samaradorligi birmuncha katgaroq boʼladi. Bu rejim ikkinchi oʼtish nuqgasi (B) da tamom boʼladi.
Shuni taʼkidlash kerakki, osilib turish rejimida qatlamning sekin oqishi buziladi; uyurma va tomchilar hosil boʼladi, yaʼni barbotaj holatiga oʼtish sharoitlar tugʼiladi. Yuqorida qayd etilgan massa almashinish jarayonini intensivlashtiradi.
3-rejim - emulgatsion rejim nasadkaning boʼsh hajmida suyuqlik yigʼilishi natijasida paydo boʼladi. Suyuqlik yigʼilishi koʼtarilayotgan gaz va oqib tushayotgan suyuqlik orasidagi ishqalanish kuchi bilan ogʼirlik kuchi teng boʼlgunga qadar davom etadi. Natijada «gaz — suyuqlik» dispers sistemasi va tashqi koʼrinishi boʼyicha barbotajli (koʼpikli) qatlam yoki gaz suyuqlikli emulsiya hosil boʼladi. Maʼlumki, kurilma koʼndalang kesimida yuklangan nasadka qatlamining zichligi bir xil emas. Shuning uchun, qatlamning eng tor joylarida emulgatsion rejim paydo boʼlib boshlaydi. Gaz uzatishni oʼta aniq rostlash yoʼli bilan nasadka qatlamining butun balandligida emulgatsion rejim oʼrnatish mumkin. Kolonnaning gidravlik qarshiligi keskin ravishda ortadi (BC kesma).
Shuning uchun, yuqori bosimda ishlaydigan absorberlarda gidravlik qarshilikning taʼsiri sust yoki boʼlmagani uchun absorbtsiya jarayoni emulgatsion rejimda olib boriladi.
Emulgatsion rejim samarali rejim deb hisoblanadi. Bu rejimda fazalar toʼqnashish yuzasi katga boʼlgani uchun jarayon juda intensiv kechadi.
Аtmosfera bosimida ishlatiladigan absorberlarda gidravlik qarshilik juda yuqori boʼlgani uchun, ularni yupqa qatlamli rejimda ishlatish maqsadga muvofikdir.
Shunday qilib, har bir aniq sharoit uchun, eng optimal gidrodinamik rejim texnik - iqtisodiy hisoblashlar asosida topiladi.
Аgar, gaz oqimi tezligini emulgatsion rejim tezligidan ozgina oshirsak, tiqilib qolish hodisasiga duch kelamiz.
Tiqilib qolish holatiga toʼgʼri keladigan gaz tezligi prof. KasatkinА. G tomonidan keltirib chiqarilgan formula yordamida hisoblanadi:
(5.91)
bu yerda a nasadkaning solishtirma yuzasi, м2/м3; Vбx nasadkaning boʼsh hajmi, м2/м3; L va G — suyukdik va gazning massaviy sarflari; кт/c; wT tiqilib qolish tezligi, м /c.
Kolonnadagi gaz yoki bugʼning optimal tezligini ushbu kriterial tenglamadan aniqlash mumkin:
(5.92)
bu yerda
Do'stlaringiz bilan baham: |