Toshkent kimyo-texnologiya instituti shahrisabz filiali



Download 34,17 Kb.
bet2/2
Sana25.02.2022
Hajmi34,17 Kb.
#464863
1   2
Bog'liq
2 ҳафта 9-21 OOT MUSTAQILLIK DARSI bayonnomasi

Majoritar saylov tizimi - tegishli saylov okrugidan saylovchilarning eng ko‘p ovozini olgan nomzodlar o‘rtasida mandatlar taqsimlanishini ko‘zda tutuvchi saylov tizimidir. Majoritar saylov tizimi ko‘pchilik ovozi prinsipiga asoslanadi va bunda agarda nomzod saylov okrugidagi saylovchilarning yarmidan ko‘proq ovozini olgan bo‘lsa, unda u saylangan deb hisoblanadi. O‘zbekistonda mutloq ko‘pchilik ovozga asoslangan majoritar saylov tizimi qo‘llanadi. Bunday saylov tizimiga ko‘ra saylovchilarning yarmidan ko‘pi qo‘llab-quvvatlagan nomzod deputat etib saylangan hisoblanadi. Ushbu tizimda odatda ovoz berishda ishtirok yetuvchi saylovchilar sonining quyi chegarasi belgilanadi (O‘zbekistonda -33%). Faqat kamida ana shu ko‘rsatkichga erishilgandagina saylov bo‘lib o‘tgan deb e’tirof etiladi. Agar birorta ham nomzod mutloq ko‘pchilikning ovozini to‘play olmagan bo‘lsa, saylanganlik masalasi hal etilmagan bo‘ladi. Bunday joylarda eng ko‘p ovoz olgan ikki nafar nomzod bo‘yicha okrugda takroriy ovoz berish o‘tkaziladi. 
Majoritar saylov tizimining ijobiy jihati shundaki, saylovchilar bevosita nomzodning shaxsiga e’tibor beradilar, ular u bilan tanishadilar, uning o‘zi bilan muloqotda bo‘ladilar va faoliyati yuzasidan aniq nazorat o‘tkaza oladilar. 
Proporsional saylov tizimi - asosan parlamentga bo‘lib o‘tadigan saylovlarda qo‘llanadi. Bunda saylovchilar aniq bir shaxsga emas, balki partiyaga ovoz beradilar. Bu saylov tizimi ko‘ppartiyaviylikka asoslanib, unga ko‘ra, butun mamlakat yagona bir saylov okrugi etib tan olinadi va partiya uni yoqlab ovoz berganlarning ulushiga mos ravishda parlamentdagi joylarga ega bo‘ladi. Proporsional saylov tizimida siyosiy partiya deputatlikka nomzodlarni ro‘yxatini Markaziy saylov komissiyasiga oldindan topshiradi (hozirgi vaqtda Estoniya, Norvegiya, Polsha, Chyexiya singari mamlakatlar parlamentlari deputatlari saylovlari shu tizim asosida tashkil etiladi). 
Shuning uchun har bir fuqarodan saylov jarayonlarida yuksak mulohazakorlik va mamlakatda amalga oshirilayotgan o‘zgarishlarga dahldorlik tuyg‘usi talab etiladi. Negaki, xalq kimgaki yuksak ishonch bildirsa, ertaga u butun mamlakat taqdirini belgilab beruvchi jarayonlarni boshqaradi. Shu sababli mamlakatimiz aholisi joriy yilning kuzida kutilayotgan Prezident saylovi jarayonlariga har qachongidan katta qiziqish bildirayotgani tabiiy.
Har bir millatning, mamlakatning ertasi, kelajak taqdiri yosh avlodning qo‘lida ekanligi sir emas. Shu sababli, yoshlarning siyosiy ijtimoiy faolligi davlat ahamiyatiga molik masalalardandir. Shukurki, mamlakatimizda so‘nggi yillarda yoshlar siyosatiga e’tibor sezilarli darajada kuchaydi. 2016 yilning 14 sentyabrida “Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida”gi Qonun yangi tahrirda qabul qilindi. Ushbu qonun yillar davomida mavhum bo‘lib kelgan huquqiy tushunchalarga aniqlik kiritish bilan birga, yoshlarga oid davlat siyosatini yangi bosqichga ko‘tarishda muhim omil bo‘lmoqda. Joriy yilning 20 aprel’ kuni qabul qilingan “Yoshlarning tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash va bandligiga ko‘maklashish, ularni ijtimoiy himoya qilish hamda bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident farmoni bu boradagi ishlarning uzviy davomidir.
Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirish, ularning bandligiga ko‘maklashish, tadbirkorlik g‘oya va tashabbuslarini rag‘batlantirish, ular munosib daromad olishi uchun qo‘shimcha sharoitlar yaratish, bu borada olib borilayotgan ishlarni yangi bosqichga olib chiqish, shuningdek, 2017 – 2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini «Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili»da amalga oshirishga oid davlat dasturi ijrosini ta’minlash maqsadida ushbu hujjat mamlakatimizda yosh avlodga ko‘rsatilayotgan g‘amxo‘rlikning amaldagi yana bir yorqin ifodasidir.
2019 yili mamlakatimizda “Yangi O‘zbekiston – yangi saylovlar” g‘oyasiga monand o‘tkazilgan saylovlarda yoshlarning faolligi har qachongidan yuqori bo‘ldi. Saylovchilarning yagona elektron ro‘yxatiga kiritilgan saylovchilarning 7 million 162 ming 316 nafari yoki 34,7 foizini 30 yoshgacha bo‘lgan yoshlar tashkil etdi. 2 mln.ga yaqin 18 yoshga to‘lgan fuqaro saylovlarda ilk bor ishtirok etdi. Ayni paytda 30 yoshgacha bo‘lgan 14 nafar yigit-qiz siyosiy partiyalar tomonidan Qonunchilik palatasi deputatligiga nomzod sifatida ko‘rsatildi. Ulardan 9 nafari deputat etib saylandi. Shuningdek, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar hamda Toshkent shahar kengashlariga 26 nafar, xalq deputatlari tuman, shahar kengashlariga 291 nafar yigit-qiz deputat etib saylandi.
Yoshlar saylov jarayonlarining tashkiliy ishlarida ham doim faol. 2019 yilgi saylovlar jarayonlarida Qonunchilik palatasiga saylov o‘tkazuvchi okrug saylov komissiyalari a’zolarining 144 nafari hamda uchastka saylov komissiyalari a’zolarining 20 394 nafari 30 yoshgacha bo‘lgan yigit-qizlar edi. Joriy yil mamlakatimizda o‘tkaziladigan Prezident saylovida yoshlar faolligi o‘tgan saylovlardan ham ko‘proq bo‘lishi kutilmoqda.
Saylovchilarning qariyb uchdan bir qismsi yoshlar tashkil etayotgan sharoitda yoshlarga bo‘lgan yondashuvning zamonaviy usullarini joriy etish muhim ahamiyatga ega. Nafaqat saylov yoshidagi, balki hali saylov yoshiga yetmagan o‘g‘il-qizlarga ham mamlakatimizda barcha sohalarda, jumladan, milliy saylov tizimida amalga oshirilayotgan izchil islohotlarning yuksak samaralari haqida tushunchalar berish, ularni saylov jarayonlari bilan hozirdan tanishtirib borish zarur. 
Zotan, bugungi maktab o‘quvchisi ertangi faol saylovchidir. Bunda yoshlarni yosh kategoriyalari bo‘yicha saralab, segment-guruhlar bo‘yicha ishlash yaxshi natija beradi, degan umiddamiz. Ijtimoiy tarmoqlar hamda ommaviy axborot vositalari orqali yoshlarning saylov qonunchiligi bo‘yicha bilimini oshirish ham doim dolzarb masaladir. Shuningdek, ularga joylarda o‘tkaziladigan tadbirlar orqali saylov qonunchiligining o‘ziga xos xususiyatlari va mazmun-mohiyatini tushuntirish, yigit-qizlarni faol fuqarolik pozitsiyasida tarbiyalash g‘oyat muhim ahamiyatga ega. Bunday tadbirlar yoshlarimizning siyosiy ongini hamda bilimini yanada oshirishga ko‘mak beradi.
QAROR QILINDI

1. Bunday targ‘ibot ishlarining keng ko‘lamda olib borish saylovlarda yoshlarning siyosiy jarayonlarda faol ishtirok etishlarining garovidir ma’lumot uchun qabul qilinsin hamda alohida qayd etilsin.


9-21 guruhi murabbiyi: R.T.Bozorov



Download 34,17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish