TOSHKENT KIMYO-TEXNOLOGIYA INSTITUTI
SHAHRISABZ FILIALI
OZIQ-OVQAT MAHSULOTLARI TEXNOLOGIYASI YO‘NALISHI
24–2021 FOBMT guruhida
O’ZBEKISTON MUSTAQILLIGINING 30-YILLIGIGA BAG’ISHLAB O’TKAZILGAN
AXBOROT VA MURABBIYLIK SOATI BAYONNOMASI
13 sentabr 2021 yil. Shahrisabz shahri.
2021-yilgi umumxalq bayrami “Yangi Oʻzbekistonda erkin va farovon yashaylik!” degan gʻoyani oʻzida mujassam etgan tashkiliy-amaliy, madaniy-maʼnaviy tadbirlar ruhida oʻtkazilmoqda.
Jumladan 2021-yil 23-avgust kuni davlat rahbari tomonidan “O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 30 yilligi esdalik nishoni bilan mukofotlash to‘g‘risida”gi farmonni imzolanganligi va unga ko‘ra, ushbu esdalik nishoni bilan mamlakatni har tomonlama taraqqiy ettirish, uning jahon miqyosidagi shon-shuhratini oshirishga katta hissa qo‘shayotgan, davlat iqtisodiyoti va aholi farovonligini yuksaltirishda ibrat va namuna bo‘lib kelayotgan, jamiyatda tinchlik va barqarorlikni, millatlararo totuvlik va bag‘rikenglikni ta’minlash, yosh avlodni sog‘lom va barkamol insonlar etib voyaga yetkazish, ularni vatanparvarlik, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalashda alohida fidoyilik ko‘rsatayotgan fuqarolar mukofotlandi.
Prezident saylovi yuksak siyosiy tafakkur mahsuli - mamlakatimizni rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasida o'z ifodasini topgan ilg'or demokratik g'oyalarning ro'yobi, O'zbekistonning yuksak taraqqiyotiga xalq bildiradigan komil ishonchning amaldagi yana bir yorqin ifodasi bo'ladi.
2016 yil 4 dekabrdagi Prezident saylovidan buyon o‘tgan besh yil mobaynida xalqimiz, mamlakatimiz hayotida, jamiyatimizda, milliy saylov qonunchiligida ulkan o‘zgarishlar yuz berganligi, nufuzli xalqaro tashkilotlar hamda ekspertlar keng e’tirof etishganidek, bu davrda respublika hayotining ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy sohalarida xalq farovonligini yuksaltirishga yo‘naltirilgan dadil islohotlar amalga oshirildi.
Ilk bor O‘zbekiston Respublikasining saylov kodeksi asosida o‘tadigan Prezident saylovida konstitusiyaviy qoidalar va xalqaro saylov standartlariga binoan O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti, ya’ni davlat rahbari davriylik prinsipi asosida saylanishi ta’minlanishi, mamlakatimizda siyosiy partiyalar soni yana bittaga ko‘payib, partiyalararo raqobat sezilarli darajada kuchayganligi qayd etildi.
2021-yil 14-aprel kuni “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini o‘tkazuvchi uchastka saylov komissiyalarining faoliyati tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida” O‘zbekiston Respublikasi markaziy saylov komissiyasining 1066-sonli qarori imzolanganligi, Markaziy saylov komissiyasi tomonidan 2021-yil 24-oktabr sanasi O'zbekiston Respublikasi prezidenti saylovi kuni deb belgilandi.
Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko’lamli islohotlar filialimiz faoliyatida ham o’z aksini topgan bo’lib, bu o’zgarishlar va islohotlar bilan filial talabalari xabardor qilish muhim.
Talabalar uchun mustaqillik darsda O’zbekistonda oily ta’lim sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar, TKTI Shahrisabz filialining tashkil etilishi, filialda tayyorlanayotgan yo’nalishlar, talabalar uchun yaratilgan sharoitlar, filialda ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash istiqbolari, kredit-modul tizimining mazmun-mohiyati to’g’risida, filial ichki tartib qoidalari to’g’risida bayon etildi.
QAROR QILINDI
1. O’zbekiston Respublikasi mustaqilligining 2021-yilgi umumxalq bayrami 30-yillik “Yangi Oʻzbekistonda erkin va farovon yashaylik!” degan gʻoyani oʻzida mujassam etgan tashkiliy-amaliy, madaniy-maʼnaviy tadbirlar ruhida oʻtkazilayotganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin hamda alohida qayd etilsin.
2. 24-21 guruhdagi barcha talabalar Toshkent kimyo-texnologiya instituti Shahrisabz filialida qabul qilingan Filial ichki tartib qoidalari bilan tanishtirilsin.
3. 24-21 guruhdagi barcha talabalar yana bir bor kredit-modul tizimining mazmun-mohiyati bilan tanishtirlsin va bu haqda alohida qaydnoma qayd etilsin.
24-21 guruhi murabbiyi: A.A.Axmedov
Do'stlaringiz bilan baham: |