Glitseridlar alkogolizi.
Glitseridlar neytral metil
yoki etil spirti bilan
qo‘shib, hatto qaynatsa ham o‘zgarmaydilar. Biroq glitseridlar 80
0
C haroratda ikki
baravar ko‘p spirt va bir oz kaliy gidroksid qo‘shib aralashtirilsa, bir necha daqiqada
aralashmadan glitserin, yog‘ kislotalarning metil efirlari va bir oz glitseridlar
ajraladi. Reaksiya natijasining umumiy tenglamasi quyidagicha bo‘ladi va bu
glitseridlarning alkogolizi deyiladi:
СН
2
ОСОR СН
2
ОН
СН ОСОR
СН
3
ОН СН ОН
3RСООСН
3
СН
2
ОСОR
СН
2
ОН
Alkogoliz glitseridlar gidroliziga o‘xshash bo‘lib, farqi suv o‘rniga
spirt
ta’sir etadi. Alkogoliz ham uch bosqichda boradi. Bu reaksiyaning oraliq
mahsulotlarida yog‘ kislota qoldiqlari glitseriddagi o‘rinlarini 1-, 2- va 3- holatlar
orsida o‘zgartirishlari mumkin.
Glitseridlar gidrogenizatsiyasi
ular tarkibidagi to‘yinmagan yog‘
kislotalarga vodorodning birikish reaksiyasidir. Buning natijasida
suyuq moylardan
ma’lum erish haroratiga ega bo‘lgan qattiq yog‘lar (salomaslar) hosil bo‘ladi. Bu
jarayon sanoat miqyosida kukunsimon nikel yoki mis-nikel katalizatori ishtirokida,
180-240
0
C haroratda va 3-5 atmosfera bosimi ostida amalga oshiriladi.
Gidrogenizatsiya natijasida glitseridlarning takibi va xossalarini xarakterlovchi yod
soni, rodan soni kabi ko‘rsatkichlari o‘zgaradi.
Pereeterifikatsiya
bu ikki murakkab efir molekulalarining ya’ni
uchglitseridlarning yog‘ kislota qoldiqlari bilan almashinish reaksiyasidir.
Pereeterifikatsiya molekula ichida va molekulalararo bo‘lishi mumkin.
Pereeterifikatsiya turli glitseridlararo borishi mumkin. Bir atomli spirtdan hosil
bo‘lgan glitseridlararo pereeterifikatsiya quyidagicha:
RСООR
1
R
2
СООR
3
RСООR
3
R
2
СООR
3
Pereeterifikatsiya uch atomli spirt (glitserin) glitseridlari va bir atomli spirt
murakkab efirlari orasida ham borishi mumkin:
СН
2
ОСОR СН
2
ОСОR
2
СН ОСОR
R
1
СОО R
2
СНОСОR
R
1
СОО R
СН
2
ОСОR
СН
2
ОСОR
Triglitseridlar aro pereeterifikatsiya quyidagicha boradi:
СН
2
ОСОR СН
2
ОСОR
2
СН
2
ОСОR
2
СН
2
ОСОR
СН ОСОR
СНОСОR
2
СН ОСОR
СНОСОR
2
СН
2
ОСОR СН
2
ОСОR
2
СН
2
ОСОR
СН
2
ОСОR
2
Katalizatorsiz bu reaksiya 250
0
C va undan ham yuqori haroratda ma’lum
darajada termik parchalanish bilan boradi. Katalizatorlar pereeterifikatsiyani
tezlashtirib, uni pastroq haroratda termik parchalanish jarayonini oldini olgan holda
amalga oshirish imkoniyatini beradi. Katalizator
sifatida sulfat kislota,
sulfokislotalar, ishqorlar, alkogolyatlar, ayrim metallar (rux, qalay)
va sovunlar
tavsiya qilingan. Metallar ishtirokida bu reaksiya 210-230
0
C haroratda etarli tezlikda
boradi.
Pereeterifikatsiya jarayoni sanoatda yog‘lar tarkibidagi yuqori haroratda
eriydigan uch to‘yingan glitseridlar miqdorini kamaytirishda qo‘llaniladi. Buning
uchun yog‘ katalizator qo‘shib erituvchida (atsetonda), hosil bo‘layotgan uch
to‘yinmagan triglitseridlarni erituvchidan kristallanib ajralishini ta’minlovchi past
haroratda, pereeterifikatsiyalanadi. Natijada yog‘ tarkibidagi to‘yingan yog‘
kislotalarni yuqori haroratda eruvchi glitseridlar ko‘rinishida
ajratib miqdorini
kamaytirish va amalda to‘liq yo‘qotish ham mumkin.
Takrorlash uchun savollar
1.
Mevalarning energetik qiymati qanday aniqlanadi?
2.
Meva pishganda kimyoviy tarkibining o‘zgarishi qanday kechadi?
3.
Glitseridlar alkogolizi nima?
4.
Murakkab efir guruhi ishtirokidagi reaksiyalarni keltiring?
5.
To‘yingan va to‘yinmagan yog‘ kislotalarning kimyoviy xossalarini aytib
bering?
6.
Glitseridlar gidrogenizatsiyasi va pereeterifikatsiya reaksiyalariga misollar
yozing?