Texnik reglamentlarni ishlab chiqish tartibi Texnik reglamentlar O’z DSt 18.1:2010 “TJTSDT. Texnik reglament. ishlab chiqish, kelishish, tasdiqlash, rо‘yxatga olish va kiritish tartibi” ga muvofiq ishlab chiqiladi.
Texnik reglamentlarni ishlab chiqish tartibi quyidagilardan iborat: Texnik reglamentlar texnik reglamentlarni ishlab chiqishning tasdiqlanadigan dasturlarga muvofiq ishlab chiqiladi.
Texnik reglamentlarni ishlab chiquvchilar belgilangan tartibda:
Texnik reglamentlar ishlab chiqilishi xaqidagi xabarlarni e’lon qiladi;
Texnik jihatdan tartibga solinishi lozim bо‘lgan mahsulotlar, ishlar va xizmatlarning guruhlari hamda turlarini belgilaydi;
mahsulotlar, ishlar va xizmatlarning texnik reglamentlarda belgilanadigan talablarga muvofiqligini baholash usullarini belgilaydi;
ishlab chiqilgan texnik reglamentlarni kelishib oladi;
ishlab chiqilgan texnik reglamentlardan foydalanish erkinligini ta’minlaydi.
Texnik reglamentni ishlab chiquvchilar ishlab chiqilgan texnik reglamentlar rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran ikki oy ichida ularning muhokama qilinishini ta’minlaydi.
Texnik reglamentlarni qabul qilish tartibi. О‘zbekiston Respublikasida umumiy va maxsus texnik reglamentlar qabul qilinadi.
Davlat va xо‘jalik boshqaruvi organlari tomonidan ishlab chiqilgan Umumiy texnik reglamentlar ekspertizadan о‘tkazish uchun texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi vakolatli davlat organlariga ular faoliyatining yо‘nalishi bо‘yicha topshiriladi.
О‘zbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi tegishli ekspert komissiyasining xulosasi olinganidan keyin umuiy texnik reglamentlarni tasdiqlash uchun О‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga belgilangan tartibda yuboradi.
Davlat xо‘jalik boshqaruvi organlari tomonidan ishlab chiqilgan maxsus texnik reglamentlar ekspertizadan о‘tkazish uchun texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi vakolatli davlat organlariga ular faoliyatining yо‘nalishi bо‘yicha topshiriladi.
Texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi vakolatli davlat organlari, davlat boshqaruvi organlari о‘z faoliyatlarining yо‘nalishi bо‘yicha texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi tegishli ekspert komissiyasining xulosasi asosida maxsus texnik reglamentlarni tasdiqlaydi.
Tasdiqlangan umumiy va maxsus texnik reglamentlar rasmiy e’lon qilingan paytdan e’tiboran kamida olti oy о‘tgach amalga kiritiladi.
umumiy va maxsus texnik reglamentlarni e’lon qilish qonun xujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Texnik reglamentlarga rioya etish barcha yuridik va jismoniy shaxslar uchun majburiydir.
Texnik reglamentlar amalga kiritilgach, standartlashtirish bо‘yicha ularda kо‘rsatilgan mahsulotlar, ishlar va xizmatlarga doir ilgari qabul qilingan tegishli normativ xujjatlar majburiylik xusuiyatini yо‘qotadi hamda belgilangan tartibda qо‘llanishda ixtiyoriylik kasb etadi.